O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq siyosati iqtisodiyotni
modernizayiya qilish va texnik qayta qurollantirishda soliqlarning rolini oshirish,
ularning rahbatlantiruvchi funktsiyasini kuchaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish,
iqtisodiyotga soliq yukini pasaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish kabi
yo’nalishlarda olib borilmoqda. Ushbu ma’ruzaning beshinchi savolida
ko’rganimizdek sto’g’ridan-to’g’ri soliq stavkalarining pasaytirilishi, kichik
biznes sub’ektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimining joriy etilishi
iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsaktmoqda.
Soliq islohotlari to’g’ridan to’g’ri soliqlarning stavkalarini kamaytirish, resurs
to’lovlari va mulk solig’i bo’yicha tushumllarning davlat byudjetidagi ulushini
oshirishga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bunday imtiyozlar ichki investorlarga
ham berilishini ko’zda tutuvchi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va
texnologik qayta jihozlashni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlari
to’g’risida” gi Farmoni imzolanishi bilan iqtisodiyotga investitsiyalar jalb etishni
rag’batlantirish mexanizmini takomillashtirshda yangi bosqich boshlandi. Ushbu
farmondan ko’zda tutilgan maqsad “xo’jalik sub’ektlari tomonidan ishlab
chiqarishni muntazam modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta
jihozlash, uni yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportga yo’naltirilgan mahsulot
ishlab chiqarish imkonini beradigan ilg’or zamonaviy uskunalar bilan ta’minlashga
mqaratilgan samarali rag’batlantirish tizimini yaratish...” dir.
*
Farmonda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga uch yil mobaynida ishlab chiqarini
modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar
uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing ob’ekti qiymatini to’lashga
yo’naltirilgan mablag’lar miqdorida, tegishli hisobot davri uchun hisoblangan
*Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ишлаб чиқаришни модернизациялаш, техник ва
технологик қайта жиҳозлашни рағбатлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида” ги
Фармони.// Халқ сўзи., 2007 йил 15 март, №52.
amortizatsiya mablag’laridan foydalanish sharti bilan, foydadan olinadigan soliq
bazasini kamaytirish huquqi berilishi ko’zda tutilgan. Shuningdek ishlab
chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil muddatga mulk
solig’idan ozod etildi. Yagona soliq to’laydigan ishlab chiqarish mikrofirmalari va
kichik korxonalariga esa yagona soliq bazasinixarid qilingan yangi texnologik
jihozning qiymatiga teng. Ammo soliqqa tortish bazasining 25 foizidan ko’p
bo’lmagan miqdorga kamaytirish huquqi kiritildi.
Mazkur farmonda bojxona to’lovlari bo’yicha imtiyozlar ham belgilangan
bo’lib, bu imtiyozlar O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya
vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat
bojxona qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik jihozlar ro’yxatiga
muvofiq qo’llaniladi.
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati, soliq
mexanizmining investitsiyalar hajmini oshirishga, ularni ustuvor tarmoqlarga jalb
etishga, tarkibini takomillashtirish, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash
maqsadlariga tasirini yaxshilashga qaratilgan.