Psixiatriya
Psixiatriya (psixo ... va yun. Iatreia —
davolash) — klinik tibbiyot sohasi. Psixik
kasalliklarning kelib chikish sabablari,
belgilari va rivojlanish mexanizmlarini
oʻrganadi, ularning oldini olish, davolash
va bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishni
tashkil etish usullarini ishlab chiqadi.
Psixik kasalliklarni dastlab yunon
vrachlari oʻrgana boshlaganlar. Gippokrat
psixik kasalliklar ham boshqa kasalliklar
kabi tashqi muhitning organizmga salbiy
taʼsiri natijasida paydo boʻlishini birinchi
bor aytgan. Abu Ali ibn Sino ham asab va
ru-hiy kasalliklarni davolash ishiga
koʻpgina yangiliklar kiritgan. U psixik
kasalliklar haqidagi xurofiy
tushunchalarni (mas, bu kasalliklarni
jinlar keltirib chiqaradi degan fikr-ni) rad
etib, asab va ruhiy kasalliklar ham
boshqa kasalliklar kabi tashki muhitning
odam organizmiga salbiy taʼsiridan va
organizmning oʻzida roʻy beradigan
oʻzgarishlardan pay-do boʻladi deb
bilgan.
P. tibbiy fan sifatida 18-asr oxiri — 19-asr
boshlarida shakllandi. Shu paytdan
boshlab vrachlar psixik kasalliklarga
qarshi dorilar qoʻllashga, shu kasallikning
tabiiy sabablarini oʻrganishga kirisha
boshladilar. Psixik kasalliklarning
koʻpgina turi (jumladan, avvallari tuzatib
boʻlmaydigan turi) muvaffaqiyatli
davolanmoqda. Ilgarilari nogironlikka
chiqarib yuboriladigan oʻtkir psixoz bilan
kasallangan bemorlarni tuzatib yuborish
usullari ishlab chiqildi. P.
kasalxonalarining yoʻnalishi oʻzgardi. P.
ilmining keng rivojlanishi P. im-koniyatlari
koʻlamini oshirdi. Zamo-naviy P. oʻtkir
psixoz kasalligiga uch-ragan
bemorlarnigina emas, balki psixopatiya,
nevrozlarni, alkogolizmnn, kayfiyat
oʻzgaruvchanligi (emotsional
qoʻzgʻaluvchanlik) va uyqusizlikni ham
davolaydi.
P.ning tekshirish usullari oʻziga xos boʻlib,
boshqa tibbiy fanlardan birmuncha farq
qiladi. P. tibbiyot fanlari ichida eng keyin
rivojlangan fanlar qatoriga kiradi. Hozirgi
davrda uning mohiyati juda ham keng ,
chunki ruhiy bemorlardan tashqari har
qanday somatik kasalliklar ham ruxiy
faoliyatning maʼlum darajada buzilishi
bilan oʻtadi va shu bois P. asoslarini har
bir sohadagi vrach bilishi zarur.
P. umumiy psixopatologiya va xususiy
P.ga boʻlinadi. Umumiy psixopatologiya
ruhiy xastaliklarning umumiy alomatlari,
ularning kechishi va h.k.ni oʻrganadi.
Xususiy P. esa ru-hiy xastaliklarning
alohida turlarini koʻrib chiqadi, qiyosiy
diagnosti-kasi va davolash masalalarini
oʻrganadi.
Bundan tashqari, keyingi vaqtda P. dan
yangi tarmoqlar: bolalar P.si, oʻsmirlar P.si
va sud P.si, ijtimoiy P., narkologiya ajralib
chiqdi. P.da fiziologiya, psixologiya,
genetika va boshqa fanlarning erishgan
yutuqlari keng qoʻllaniladi.
Ruhiy bemorlarni davolash imkoniyatlari
kundankunga kengayib bormoqda. Mas,
20-asrning 50-yillaridan boshlab ruhiy
oʻzgarishlarni davolashda markaziy nerv
sistemasida sodir boʻladigan
jarayonlarga bevosita taʼsir etadigan
psixofarmakologik vositalar
qoʻllanmoqda.
Hozirgi zamon P.si fakat klinik fan boʻlib
qolmay, balki ijtimoiy va psixologiya
masalalarini hal qilishda ham ishtirok
etadi.
Oʻzbekistonda 1- va 2-ToshTI, Vrachlar
malakasini oshirish instituti, Pediatriya
tibbiyot instituti, Andijon, Samarqand
tibbiyot institutlarida P. ka-fedralari bor.
Uzbek olimlaridan X. Olimov, Sh. A.
Mirtolibov T. I. Ismoilov, A. U.
Shoyusupova, R. S. Tursunova, M. Xalilov
va boshqa P.ning eng dolzarb masalalari
ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Mirqobil Xalilov.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Manbalar
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Last edited 4 years ago by Ximik1991Bot
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Psixiatriya&oldid=1828523
"
dan olindi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |