Mavzu: Til va nutq.
Reja:
1. Til va nutq, ularning farqli tomonlari.
2. Nutqning turlari.
3. Til madaniyati va nutq madaniyati
4. Nutq faoliyati turlari
5. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti va nutqiy faoliyati.
Adabiyotlar:
1. T.Qudratov. Nutq madaniyati asoslari. Toshkent, “O`qituvchi” 1993.
2. E.Qilichev, B.Qilichev. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Buxoro,
2002.
3. N.Jo’maxo’ja.Istiqlol va ona tilimiz. T., “Ma’naviyat” 1998.
4. R.Qo`ng’irov, E.Begmatov, Yo.Tojiyev. “Nutq madaniyati va uslubiyat
asoslari”. T., 1992.
Til va nutq bir - biriga bog’liq hodisalardir. Til uchun nutq moddiy
materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi.
Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo’ladi. Tilda ruhiy va
moddiy material mavjud. So’z, morfema, fonemalarning kishi xotirasidagi
obrazlari ruhiy material hisoblanadi. Nutq tuzishda nomoyon bo’ladigan so’z
shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy materialdir. Bunda til bir tomondan
moddiy hodisa bo’lsa, ikkinchi tomondan ruhiy hodisadir, degan xulosa kelib
chiqadi. Tilning ruhiy hodisaligini uning ongda saqlanishi ko’rsatadi.
Biz xotiramizda saqlanayotgan qoidalardan tezkorlik bilan foydalanib,
biror fikrni yuzaga chiqarish uchun so’zlar va grammatik so’z birikmasi va
gaplarni hosil qilamiz. Masalan, ongimizda u kitobni qayerdan olganini bilish
fikri tug’ildi, deylik. Uni savol tariqasida shunday yuzaga chiqaramiz: Sen
kitobni qayerdan olding?
Bunda biz sen, kitob, qayer, ol leksemalaridan: -ni, -dan, -da, -ng
grammatikalaridan va so’roq gap modelidan hamda qoidasidan foydalandik. Bu
gapni aytish jarayonida ongimizdagi leksemalar alohida morfemalarni qabul
qilib, so’z shakllariga aylandi. Til ruxiy hodisadan moddiy hodisaga aylandi. Bu
jarayon tugashi bilan tilga tegishli narsalar yana alohidalik holiga qaytadi va
ongimizda avvalgidek saqlana beradi. Demak, ma`lum til jamoasidagi kishilar
ongida tovush obrazlari sifatida saklanadigan va hamma vaqt haqiqatga
aylanishga tayyor turgan so’z, fonema, turli lisoniy qoidalar, gaplarning
modellari tilga tegishlidir. Tilga oid narsalar chegaralangan miqdordadir.
Ularning soni turli tillarda turlicha bo’ladi. Qaysi tilda til vositalari
nisbatan ko’p bo’lsa, usha til boy til hisoblanadi. Jamoa hayotining butun
sohalarini o’zida qamragan til jamiyat taraqqiyoti bilan rivojlanib boradi.
Jamiyat extiyojiga javob bermay qolgan til elementlari iste`moldan chiqa boradi,
ular urnida yangi ifoda vositalari paydo bo’ladi.
36
Tilda paydo bo’lgan tushunchalar dastlab ayrim shaxslar nutqida
ko’rinadi, so’ng asta-sekinlik bilan butun jamoa ongiga singadi. Uni hamma bir
tushunib, talaffuz etadigan bo’lgach, u til ixtiyoriga o’tadi. Aks holda alohida
shaxsning nutqiga xos bo’lib qolaveradi. Masalan: o’zbek tilida so’zlovchi ba`zi
kishilar nutqida “dizayner” (biror yumushni bajaruvchi shaxs) so’zi
uchramoqda. Hali u butunlay o’zbek tilida gaplashuvchi kishilar ongiga singib
ketgan emas. Shunday ekan, u hali ayrim shaxslarning tiliga tegishlidir. Uning
o’zbek tiliga xos bo’lib qolish-qolmasligini kelajak ko’rsatadi.
Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda mavjudlikka
(haqiqatga) aylangan fikrdir. Nutq, nutq a`zolarining harakati jarayonida paydo
bo’ladi. Ruhiy hodisa bo’lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o’tgach,
haqiqatga aylanadi. Demak, nutq faoliyatining maxsulotidan, ma`lum shaklga
kirishishdan iborat.
Nutq ikki xil bo’ladi: ichki nutq va tashqi nutq .
Nutq kishi ongida ham hosil bo’lishi mumkin. Bunda hali reallashmagan
til unsurlaridan tashqil topadi. Bu ichki nutqdir. Kishilarning og’iz ochmasdan
fikrlashi, munozara yuritishi, o’ylashi ichki nutqqa misol bo’ladi.
Upkadan chiqayotgan havoning nutq organlariga ta`siri, shu ta`sir
natijasida ularning harakati bilan aniq tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq
tashqi nutqdir. Nutq harakatdagi tildir. Nutq tilga tegishli narsalarni ma`lum vaqt
bo’lagida bir- biriga qo’shadi, harakatga keltiradi. Nutq so’z shakllari, erkin
birikmalar, so’z tartibi va gaplardan tashkil topadi. Nutq jarayoni tugab, fikr
tinglovchiga etib borgach, nutq ham tugaydi. Demak, so’z shakllari, erkin so’z
birikmalari, so’z tartibi, gapning turli ko’rinishlari nutqnikidir. Tildagi ifoda
vositalari chegaralangan bo’lishiga qaramasdan nutq cheksizdir. Til vositalari
nutq ixtiyoriga o’tgach, ulardan cheksiz miqdorda gaplar tuzish mumkin. Nutq
jamoadagi yolg’iz kishi tomonidan yaratiladi va alohida shaxs va kishilarga
qaratilgan bo’ladi. Demak, nutq ijtimoiy hodisadir. U jamoadagi kishilarni
birlashtirish, ma`lum maqsad sari yo’naltirish imkoniyatiga ega. Jamiyat
taraqqiyotida nutq belgilovchi o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |