247
Mehnat ta’limi fani - о‘qituvchi rahbarligida о‘quvchilar tomonidan
bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bо‘lib, yakuniy
natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini
hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zaruriy amaliy
kо‘nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda
va shaxs farovonligi
yо‘lida mehnat faoliyatiga qо‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarini va
tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan о‘quv fani ekanligini barchamiz yaxsi
bilamiz
.
О‘quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etishda muammoli masalalar
va topshiriqlar berish orqali ularni faolligini, ta’lim samaradorligini oshirish
muxim xisoblanadi. Ta’lim oluvchilarni yangilikni loyihalash va yaratishni
uddalay olishga о‘rgatish juda muhimdir. Ammo ularning
ijodkorlk qobiliyatini
yuqori darajaga erishishlari uchun о‘z shaxsiy faoliyatlarini ijodiy loyihalashga
о‘rgatish yanada muhimroqdir. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda
о‘qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari,
muammoli о‘qitish, xususan, ta’limning noan’anaviy metodlari muxim o’rin tutadi.
O’quvchilarda ijodiy tafakkur – kreativlikni ular uchun qulay va qiziqarli
bo’lgan sohalarda namoyon etib tarbiyalash umuta’lim
muassasalari ustoz-
pedagoglarning
birinchi
galdagi
vazifasiga
kiradi.
Ko’pgina
hollarda,o’quvchilarning noan’anaviy, yangicha (nostandart) yondoshilgan ishini
ko’rgan odam buni faqat o’ta qobiliyatli yoki istehdodli odamgina bajara olishi
mumkinligi haqida o’ylaydi. Holbuki, odamlarni hayratga soluvchi bunday ishlarni
hamma ham bajara olishi mumkin. O’quvchilarda layoqat, iste’dod, kreativlik har
qancha hayratomuz bo’lmasin, ta’lim-tarbiyadan tashqaridagi faoliyatda kamol
topa olmaydi. Kreativlikni rivojlantirishning eng unumli yo’llaridan biri barcha
o’quvchilarni boshlang’ich sinf o’quvchiligi davridanoq mahsuldor ijodga va turli
kasblarhaqidagi qiziqarli ma’lumotlar berish bilan mashg’ulotlarga jalb etish,
o’quv mashg’ulotlarini
ijodiy tarzda tashkil qilish, turli xil noan’anaviy dars
usullaridan keng foydalanishdir.O’quvchining hissiy qobiliyatga egaligi uning
atrofdagilar bilan o’zaro munosabatlarni to‘g‘ri tashkil eta olishiga imkon beradi.
Zero, bu qobiliyat nafaqat o‘zligini tushunish, shu bilan birga atrofdagilarning o’y-
xayollari, ichki kechinmalari, orzu-o‘ylarini tushunish, ularni his qila olish, ruhan
yaqin bo‘lishiga imkon yaratadi.
Kreativ qobiliyatli bolalar bilan nafaqat ta’lim muassasasida,
shu bilan birga
oila muhitida ham doimiy ravishda ishlash, qulay pedagogik-psixologik shart-
sharoitlarni yaratib berishning muhimligini inobatga olgan holda pedagoglarning
oilalar bilan mustahkam aloqa o‘rnatishlari maqsadga muvofiqdir. Ushbu aloqa
doirasida ularning ota-onalariga o‘quvchilar qobiliyatini rivojlantirishga oid
maslahatlarning berilishi va maktab va oila hamkorligidagi ishlarning yo‘lga
qo‘yilishi, ularning ichki imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish,
kreativ
qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, o‘z kuchlariga ishonch va kelajakka ishonch
tuyg‘ulariga ega bo‘lishlariga yordam beradi.
Ta’lim oluvchilarda ijodiylik, ijodiy tafakkur – kreativlikni, ijodiy qobiliyat va
iqtidorni rivojlantirish uchun ta’lim jarayonida turli xil usullar, rivojlantiruvchi
248
texnologiyalar yordamida ular avvalo keng tafakkurni, irodaviy xususiyatlarni,
o’ziga nisbatan ishonch tuyg’usini, faollik va faoliyatni,
mehnat qilish
ko’nikmalarini, maqsad sari intilish xususiyatlarini tarkib toptirish lozim. Ana
shunda ta’lim-tarbiya maqsadlariga to’la ma’noda erishish mumkin. O’quvchilar
bu maqsadlar yo’lida o’z ustilarida tinmay izlanishlari, ijtimoiy munosabatlar
jarayonida faol ishtirok etishlari, o’z ichki tabiiy imkoniyatlarini faol ishga solgan
holda ijodiy qobiliyat va iqtidorlarini amalda keng namoyon qilishlari kerak.
Demak, o’quvchilarni o’quv mashg’ulotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini
ta’minlash va ular orqali kreativ qobiliyatlarini shakllantirishda samarali natijalarni
qo’lga kiritish mumkin. Shuningdek, televideniya yoki komp’yuterda internet
orqali berilayotgan ta’lim yoki fandagi eng so’nggi g’oyalar yoki texnologiyalar
(turli dizayndagi konstruktorlik ishlari) bilan tanishish orqali o’zlarining ijodiy
tafakkurlarini yanada rivojlantirishsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Chunki
bunday zamonaviy vositalar ma’lum darajada o’quvchilar ruhiyatini va aqliy
faoliyatini (aqliy mehnat) yuqori darajalarga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: