181
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
qon aylanish va nafas olish sistemalari va boshqa belgilarni yax-
shi rivojlanganligiga bog‘liq. hayvonlar seleksiyasida turli belgilar
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni
hisobga olish muhim, chunki biron belgi
bo‘yicha yuqori hosildorlik – muayyan eksterer belgilarga bog‘liq.
Chorvachilikda avlodlar soni kam bo‘lganligi sababli xo‘jalik ji-
hatdan foydali bo‘lgan belgilarga qarab yakka tanlash keng qo‘lla-
niladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarida bir zotga mansub hayvonlarni
o‘zaro chatishtirish
yoki bir-biridan uzoq, ya’ni begona zot yohud
turga mansub hayvonlarni chatishtirish olib boriladi. Begona zot-
larni chatishtirish bir necha foydali belgilar kombinatsiyasini hosil
qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunday duragaylash ke-
yinchalik qat’iy tanlash bilan qo‘shib olib
borilganda zotning xusu-
siyatlarini yaxshilashga imkon yaratadi.
hayvonlarning har xil zotlarini yoki o‘simliklarning navlari
hamda turlararo chatishtirishda hosil bo‘lgan birinchi avlod du-
ragayi hayotiy xususiyatlari bir muncha yuqori bo‘lishi va kuchli
rivoj lanishi bilan farq qiladi.
Bu
hodisa
duragay kuchi
yoki
geterozis
deyiladi. Bunda
ko‘pchilik genlar geterozigotali holatga o‘tadi va dominant gen-
larning qulay o‘zaro ta’siri vujudga keladi.
uy hayvonlarini sermahsul zotlarini yaratishda zotlararo va uy
hayvonlarining uzoq formalarini duragaylash orqali ko‘plab
zotlar
yaratilgan. Zotlararo chatishtirish orqali mayin jun beradigan aska-
niya rambulesi, hisor va qorako‘l qo‘y zotlari, ko‘p
sut beradigan
kostroma qoramol zoti, axaltaka ot zoti,
tovuqlarning broyler va
sertuxum zotlari, ipak qurtining zotlari yaratilgan.
uy hayvonlarini uzoq formalari duragaylash orqali ham xo‘jalik
uchun katta ahamiyatga ega zotlar yaratilgan. ularga misol qilib
mayin jun beradigan merinos qo‘y zoti bilan yovvoyi qo‘y arxarni
chatishtirish orqali arxaromerinos qo‘y zoti, baland tog‘li
hudud-
larda yashaydigan uy hayvoni qo‘tos bilan qoramol chatishtirilib
duragay olingan. olingan bu zotlar turli muhit sharoitida bemalol
yashay oladi va mahsuldorligi ham yuqori bo‘ladi.
182
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
1. o‘simliklar seleksiyasida qanday usullar qo‘llaniladi?
2. o‘simliklar seleksiyasida
duragaylashning qanday
usullaridan foydalaniladi?
3. o‘zbek olimlarining o‘simliklar seleksiyasi sohasidagi
ishlari haqida ma’lumot bering.
4. Geterozis nima?
Do'stlaringiz bilan baham: