Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet346/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



859 
To'rt takbiri fano surmoq baland
Har nekim g'ayri talabdur tashlamoq,
O'zni maqsad manzilig'a boshlamoq.
Qolmasa olam mato'idin jihat
O'zga na'v o'lg'ay sanga ul dam sifat.
Ganjdin etkay askar varoninga,
Zoti nuridin yorug'lug' joningga.
Ul yorug'lug' shavq o'tin tez aylagay,
Kim talab raxshin savlbukxez aylagay.
O'zda topqaysan talabni birga yuz.
Tog'lar bo'lg'ay sening oldingda tuz.
Joningga etkay talabning rohati,
Qolmag'ay ranju taabning shiddati: 
Durg'a topqon soyi ko'nglung xosliq,
Bo'lg'oy osonroq sanga g'avvosliq.
Lam'a ko'rgugon soyi mehri visol,
Aylagay shoming saharg'a intiqol.
Ollinga kelsa agar pili damon,
Ko'rgosen pasha hamonu ul hamon.
Gar yo'lungni tutsa yuz sheru palang,
Bo'lg'ay oldingda nechukim mo'ri lang.
Ajdahodin etmagan ko'nglungda ranj,
O'yla bo'lmish bo'lg'ay ul ma'shuf ganj.
Kufr ila imong'a urgaysun ilik,
Bu tama'dinkim ochilg'ay bir eshik.
Chun eshik ochildi ne kufru ne din,
Ichkari kirgach qutulding barcha din.
Kufru imon rohravga kesh eman,
Asl yo'lda bandi rohe besh emas" 
Nasriy bayoni. 
Talab vodiysiga qadam qo'ysang, oldingga har dam yuz ming dardu alam duch keladi.
Har dam unda yuz malollik, har nafas ming o'zga holat yuzlanadi. Istamoqlik azobi
ko'ngulni zor etadi, lekin topa olmaslik ruhni abgor etadi.
Bunda jonni kuydirish mahrumlik, vaslga erishish noma'lumlik bo'ladi. Mashaqqat va
kulfatlar jismingga nish sanchib, behad ulkan dard jismingni pora-pora qiladi. Sen noyob
durni qo'lga kiritishni xohlaysan, ammo uni topa olmaysan. Buning uchun dunyo
asboblarini tark etmoq zarurdir.
Solik o'z yo'lida g'ov bo

ladigan molu mulk'va boshqa narsalardan voz kechib,
foniylikning to'rt yo'lini baland ovozda ulug'lamog'i kerak. Bu yo'lda unga bo'lgan
ishtiyoqdan boshqa hamma narsani tashlab, o'zni maqsad manzili tomon boshlashi
lozim. Agar olam matosidan biron ashyo qolmasa, senda u dam o'zgacha sifatlar paydo
bo'ladi. U xazinadan vayroningga obodlik kelib, zoti nuridan joningga yorug'lik yetishadi.
Bu yorug'lik sendagi shavq o'tini tobora alangalatib, talab otingni uchqur qiladi. Bunda
o'zingda bir talab o'rnida yuz talab topasan. Bu payt tog'lar sening ko'zingga oddiy
daladek bo'lib ko'rinadi. Joningga talab rohati yetadi, mashaqqat chekish shiddati
sendan forig' bo'ladi. Ko'ngling dur topishga qanchalik muhabbat qo'ysa, sen uchun
g'avvoslik qilish shunchalik oson bo'ladi. Visol quyoshi jamolini ko'rsatgach, shoming
tongga ulanib ketadi. Agar bu payt oldingga mast fil kelsa ham sen uni pashsha kabi
nazar-pisand qilmaysan. Agar yo'lingni yuz sher yoki arslon to'ssa, ularni sen cho'loq
chumolidek ko'rasan. U xazinaga erishsang, ko'nglingga ajdahodan xavf yetmaydi.
Kufr va imondan qo'l yuvasan, shundan so'ng oldingda bir eshik ochiladi. Eshik
ochilib, ichkari kirganingda, unda na kufr, na din qoladi, ularning barchasidan qutulasan.
Chunki kufr yoki imon bu yo'lga kirgan kishi uchun maslak emas. Bular asl yo'ldagi
to'siqdan boshqa narsa emasdir. 
Hikoyat
- "Podshohe bor edi gardunjanob,
Maxzanu ganji sipohdek behisob.
Bor edi ul shahg'a bir Zebo o'g'ul,
Bo'lg'udek Yusuf oning oldida qul.


860 
Mehrixovar husn aro sharmandasi,
Kuyi tufrog'i uza afkandasi.
Sarv oning naxli qadig'a soyadek
Oy uzori mehrig'a piroyadek.
Ham quyoshdek yeng bila gardun sarir
Ko'zi har boqmoqta olamni buzib,
Ishq elig'a o'zga olam ko'rguzub,
Jon olib la'li takallum aylasa,
Jon berib lekin tabassum aylasa
Oshiqu shaydosi oning olame,
Olam ahli qatlidin ko'rmay g'ame.
Kofiru usruk ko'zi solib mudom,
Dinu iymon ahli ichra qatliom
O't yolindek raxsh hayronkim surub,
Ul choqin birla jahonni kuydurub.
Olam ahli volau shaydo onga,
Lek mufrit mozu istig'no anga 
Ko'z uchidin xalq sori chun boqib,
Zulmi tig'idin tuman ming qon oqib.
O'lsalar ofoq eli parvosi yo'q,
Balki aylab qatl istig'nosi-o'qi 
Kuyida yo'l topmayin paykinasim,
Onda esmoqdin yetib jonig'a bim. 
Gulshani sori esa olmay shamol,
Kim topib har barg guldin qo'shmol.
Bir kun ul sahroga surdi otlanib,
Yong'ali sahro fazosin aylanib.
Yuz tuman majnun edi dasht uzra zor,
Barcha ishqi shiddatidin beqaror.
Lek oning sori boqarg'a zahro yo'q.
Vaslig'a to'lib vale yaxshi yomon, 
Topmog'i lekin kishiga yo'q gumon.
Nogahon shahzodai farxunda far,
Soldi ul sahrodagi elga nazar.
Ko'zi tushti ikki zori xastag'a,
Ishq zanjiri bila vobastag'a.
Hukm chovushlarg'a qildikim yurung,
Ul iki devonavashni keltiring.
Surdi chun davlatsaro sori samand,
Yo'lida hozir ul ikki mustamand.
Ul birin mahbusi zindon ayladi,
Bu birin ollida sakbon ayladi.
Ul bo'lib bandilar ichra poyband,
Bu bo'lub zanjirlatg'a mustamand.
Bu baliyatda edilar muddate,
Tortar edilar bu yanglig' shiddae.
Dardmande aylandi bir kun savol,
Kim - "Nedur sizga bu mehnat ichra hol".
Bu dedi "Mehnat degan qaysi bo'lur,
Komu rohatdur mashaqqati ne bo'lur.
Menki ishqi ko'nglum ichra to'lg'ali,
Rozi erdim Kuyida it bo'lg'ali.
Garchi itlarga mulozim bo'lmish an,
Lek ul xayl uzra hokim bo'lmusham".
Ul dedikim ;-"Ishq etib ko'nglumga zo'r,
Rozi erdikim maqomim bo'lsa go'r.
Garchi holo band aromen ustuvor,
Vaslidin ko'nglum erur ummidvor".


861 
Bu hikoyatlarni shohi mahjabin,
Eshitur erdi nihon aylab kamin.
Chun talabda bo'yla sodiq etdilar,
Ishq tavrida muvofiq edilar.
Munsabit bo'ldi Shahi xurshidbash,
Ko'ngliga so'zlar bag'oyat keldi xush.
Fahm chun bu nav' ixlos ayladi, 
Ul ikovini mahrami xos ayladi.
Chun talabda sidqdin erdi asar,
Oqibat bu nav' toptilar samar" 
Hikoyatning nasriy bayoni
Bir qudratli podsho o'tgan edi. Uning xazina va boyliklari askarlari kabi son-sanoqsiz
edi. Bu shohning bir zebo o'g'li bor bo'lib, uning go'zalligi oldida hatto Yusuf ham qui
bo'larli darajada edi. Sharq quyoshi uning husnidan sharmanda bo'lgani uchun oyog'i
ostiga bosh qo'yardi. Sarv uning navnihol qaddiga soya kabi, oy esa uning yuzi
quyoshiga bezak bo'lgudek edi. U ham quyoshdek husn bilan olamni zabt qiluvchi, ham
oy kabi chehra bilan osmon baxtida jilvalanuvchi shoh edi. Ko'zi har boqishda olamni
buzar, ishq ahliga o'zga olam ko'rguzar edi. Agar la'li so'z boshlasa, jon olar, tabassum
qilsa, jon kirgizardi.
Butun olam unga oshiqu shaydo bo'lgan, agar u qatl etmoqchi bo'lsa ham kishilar
bundan g'am chekishmas edi. Kofir va mast ko'zi din va imon ahliga doim qirg'in keltirar
edi. Chaqmoqdek uchqur otini har tomonga choptirar, bu chaqin bilan jahonni
kuydirardi. Olam ahli unga maftunu shaydo bo'lgan, lekin u kishilarga haddan ortiq nozuistig'nolar qilar edi. U xalq 
sari ko'zining uchi bilan bir qiyo boqsa, zulmi tig'idan tuman
ming kishining qoni oqardi. Jahon elining o'lmog'iga u parvo qilmas, balki zulmu istig'no
bilan darhol qatl qilib qo'ya qolardi. Uning ko'chasiga borishdan hatto shamol ham jon
hovuchlar, u tomonga esmoqdan joniga qo'rquv tushar edi. Shamol uning gulshaniga
esa olmagani sababli u yerdagj gulbarglar gullardan tanbeh olardi.
Bir kuni u sahro kengliklarini aylanib qaytish uchun ot surdi. Dasht uzra yuz tuman
majnun zor yotar, ularning barchasi uning ishqi shiddatidan beqaror edi. Lekin uning
yuziga boqish uchun ularda imkon yo'q, u tomonga qarashdan ular bahramand bo'la
olmas edilar. Hamma yaxshi-yomon uning vasliga erishmoqni istar, lekin bunga
yetishmoq mumkin emas edi.
Nogahon saodatli shahzoda sahroda turgan elga nazar soldi. Ko'zi ular orasidagi ishq
zanjiriga mubtalo bo'lgan ikki xasta oshiqi zorga tushdi. Shahzoda o'z mulozimlariga
buyruq qilib, bu ikki devonasifatni huzurimga olib keling, dedi. Ular ikki mubtaloni
ushlab, podsho qasri tomon ot soldilar. Shoh ulardan birini zindonga mahbus qilib,
ikkinchisini o'ziga itboqarlik xizmatiga tayinladi. Unisi zindonda yotgan bandilar bilan
hammakon bo'lsa, bunisi zanjirlangan itlarga giriftor bo'ldi. Ular shu qiyin ahvolda bir
qancha vaqt o'tkazib, kulfat tortdilar.
Bir dardmand kishi ularning biridan:
- Azob-uqubat ichra sizning holingiz qanday kechmoqda? 

deb so'radi.
U dedi:
- Shu ham azob bo'ldimi? Turgan-bitgani rohat-ku! Mashaqqat chekish qayoqda
deysan? Ishqidan ko'nglim to'lgan holda uning ko'chasida it bo'lishga ham rozi edim.
Garchi men uning itlariga xizmatkor esam-da, uning itlariga boshliqman.
Unisi dedi:
- Uning ishqi ko'nglimga zo'r kelib, bundan agar mening turar joyim go'r bo'lsa ham
rozi edim. Garchi hozir zindonda kishanlangan holda yotgan bo'lsam ham, lekin uning
vaslidan ko'nglim umidvor.
Oy chehrali shoh ularning bu so'zlarini pana joydan rurib eshitmoqda edi. Ular shu
tarzda o'z istaklariga sodiq va ishq yo'siniga muvofiq edilar. Bu so'zlarni eshitgan quyosh
kabi shoh cheksiz xursand bo'lib, bu so'zlar uning ko'ngliga bag'oyat xush yoqdi. Ularga
katta ixlos ko'rsatib, ikkalasini o'zining eng yaqin mahramlariga aylantirdi. Ular o'z
talablarida sadoqatli bo'lganliklari uchun oqibatda ana shunday samaraga erishdilar. 
Xulosa 
Yuqoridagi hikoyatdan xulosa qilib shuni aytish mumkin:Talab vodiysiga qadam qo'ygan solik oshiqlikdan 


862 
keladigan jami sinallarga, mashaqqat va uqubatlarga tayyor turishi, ma'shuq vasli yo'lidagi qiyinchiliklarni baxt-u 
saodat deb qabul qilishi kerak, zero bu vodiyga qadam qo'yishdan maqsad Yaratganing vaslidir. Tasavvuf falsafasiga 
ko'ra bu dunyo-Haqning tajalliysi - Allohning jilolanishidir. Dunyodagi barcha mavjudod Allohning zuhuridir. Shu 
ma'noda inson ham o'zidagi manshu zarrani kashf etmog'i, buning uchun esa juda uzun va mashaqqatli yo'lni bosib 
o'tmog'i kerak. Bu yuqorida keltirilgandek, yetti vodiydir. Solik quyidagi vodiylarni birma bir bosib o'tadi :Talab, 
Ishq, Ma'rifat, Istig'no, Tavhid, Hayrat va Faqru Fano vodiysi.So'nggi vodiy Faqru Fano vodiysi, ya'ni yo'qlikka 
aylanib, Ollohga qo'shilmoqdir. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, Simrug'-Haqqa yetishish timsoli. Qushlar 
- Haq vasliga talabgor soliklar timsoli. Hudhud esa pe'ri komil obrazi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati
1.Alisher Navoiy. Lison ut -tayr. Mukammal asarlar to'plami. 20 jildlik - Toshkent :Fan, 1994.12-jild. 
2 Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (nariy bayoni bilan) - Toshkent :G'. G'ulom nomidagi nashriyot - matbaa uyi, 2005. 
3.Alisher Navoiy :qomusiy lug'at. 1-2 jildlar Ma'sul muharrir Sh. Sirojiddinov - Toshkent :sharq, 2006 
4.N.Komilov.Tasavvuf.-Toshkent :Muvarounnahr-O 
O'zbekiston, 2009. 
5.Mamadaliyeva Z. "Lison ut-tayr" obrazlari :razm va major olami - Toshkent :Tamaddun, 2014. 
6.Ziyonet.www.uz 
7.Kitob.www.uz 


863 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish