459
ettirildi. Shuning uchun ham Chingiz Aytmatov asarlari jahonning 191 tiliga o'girilib,
yetmish millionga yaqin nusxada chop etilgan. Albatta, bu raqamlar to'xtovsiz ko'payib
boraveradi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, Chingiz Aytmatovning deyarli barcha badiiy asarlari o‘zbek
tiliga tarjima qilingan. Chunki uning qalamidan tushgan obrazlar millatidan qat’i nazar,
hammaga yaqin va tushunarli. Sovet tuzumining o‘z davri va undan keyingi ob’ektiv
manzarasini, mohiyatini tasvirlashda Chingiz Aytmatovga teng keladigan adib yo‘q.
Biroq ulug‘ adibning bu estetik mulohazalari sotsialistik realizm yo‘l qo‘ygan
chegaralar ichida edi.
Chingiz Aytmatov yaratgan xarakterlarning ko‘pchiligi yakka, yolg‘iz, etim, o‘gay,
kimsasiz… Ularning biografiyasini bir qur ko‘zdan kechirib chiqsak, yozuvchi deyarli
barcha asarlarida ushbu motivga qayta-qayta murojaat qilganligini ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: