Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1.
Alan Duff and Alan Maley, Literature, Oxford University Press, 2001 
2.
Sandra Silberstein, Techniques and resources in teaching 
reading, Oxford University Press, 1994 
3.
Родина, Е. Ю. Using literature in teaching English / Е. Ю. Родина. — 
Текст: непосредственный // Молодой ученый. — 2010. — № 5 (16). — Т. 2. — С. 
188-192. — URL: https://moluch.ru/archive/16/1567/ 
4.
 
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/matbuot/hozirgi-
davr-matbuoti/matnshunoslik-davr- talablari-darajasidami-davra-suhbati-
2010 
5.
www.asian-efl-journal.com 
6.
www.insights-into-tefl.blogspot.com 
7.
www.literacynews.com/2009/12/using-literature-with-english-language 
8.
www.maria-spelleri-manatee-community.html 


247 
ФИО автора: 
Toshkent viloyati Olmaliq shahar
1 IDUM geografiya fani o'qituvchisi
Jumaboyeva Sayera Yulchiyevna
Название публикации:
«AFRIKA MATERIGINING GEOGRAFIK O'RNI VA 
RIVOJLANISH TARIXI» 
Annotatsiya
: ushbu maqolada asosiy qismi bepoyon cho`llardan iborat bo`lgan 
Afrika materigining geografik o'rni va rivojlanish tarixi haqida so`z yuritildi.
 
Kalit so`zlar: 
Afrika, ekvator, Geografik o‘rin, sersuv daryolar, sharqiy sohillar, 
Nil havzasi, 
 
Afrika tabiatining umumiy xususiyatlariga, undagi geografik zonalarning 
xarakteriga asoslanib Afrika materigi Past Afrika va Baland Afrika deb ataluvchi ikki 
qismga bo`linadi. 
Saxroi Kabir shimoldan janubga tomon 2000 km masofaga cho`ziladi. Maydoni 
8,7 mln. km.kv. bo`lib, Yevropa maydoning 1/3 qismiga barobar keladi va Avstraliya 
maydonidan 1 mln.km.kv. dan oshadi. 
Past Afrikada tekislangan keng xududlar ko`prok. Quruqlik maydonining 
kattaligi, xududning u qadar baland emasligi va Yevrosiyoga yaqinligi sababli, kenglik 
zonalarning yuzaga chiqishi uchun deyarli ideal sharoit bor. 
Atlas tog`laridan keyin tomon deyarli 2000 km masofada va materikning g`arbiy 
chetidan sharqiy chetigacha tropik cho`llar zonasi - Saxroi Kabir davom etadi. Saxroi 
Kabir tengi yo`q ajoyib o`lka bo`lib, uning chegaralarini relyefga qarab xech bir joyda 
aniqlab bo`lmaydi. 
Saxori Kabirdan janub tomonda Sudan savannalari va siyrak o`rmonlari bor. 
Shimoldan janubga tomon namlikning ortib borishi landshaftda o`simlik qoplamining 
qalinlashuvidan, avval, qurib qoladigan, so`ngra esa doimiy daryolarning paydo 
bo`lishida o`z ifodasini topadi. 
Asosiy xususiyatlari. Afrika ekvator o‘rtasidan va bosh meridian g‘arbidan kesib 
o‘tgan yagona materik, eng katta cho‘llar bor, eng issiq materik, eng yuqori harorat 


248 
kuzatilgan, sharqiy yarimsharning eng uzun va eng sersuv daryolari bor, eng yirik 
maymunlar, eng yirik sutemizuvchilar yashaydi, qirg‘og‘i eng kam parchalangan, 
quruqlikdagi eng katta Buyuk Afrika yer yorig‘i bor, har ikkala kengliklar bo‘yicha 
iqlim mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib joylashgan, chuchuk suvli eng uzun 
(750 km) va chuqur Tanganika (1470 m) ko‘li bor, olmos qazib chiqarishda dunyoda 
birinchi o‘rinda. 
Ma’lumki, Yer sharida okeanlar va materiklar turlicha taqsimlangan. Jumladan, 
Shimoliy yarimsharning 39% i, Janubiy yarimsharning esa 19% i quruqlikdan iborat. 
Agar globusni ko‘proq materiklar hududiga to‘g‘rilansa, „Materiklar yarimshari" hosil 
bo‘ladi. Ushbu yarimsharda quruqlik 53% maydonni egallaydi. Shularga asoslanib, 
keyingi paytda olimlar „Materiklar yarimshari"ni ajratishmoqda. 
Geografik o‘rni. Afrika - to‘rtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Ekvator 
Afrikani deyarli qoq o‘rtasidan ikkiga bo‘lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka 
nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan. Gibraltar bo‘g‘izi orqali Yev 
ropa, Suvaysh kanali orqali Osiyo qit’alari bilan tutashib turadi. Materikning shimoliy 
va g‘arbiy sohillarini Atlantika okeani suvlari, shimoli-sharqiy va sharqiy sohillarini 
esa Hind okeani suvlari yuvib turadi. Afrikaning qirg‘oqlari kam parchalangan bo‘lib, 
uzunligi 30500 km ga teng. 
Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qismining eni (Almadi va 
Ras-Xafun burunlari oralig‘i) 7500 km bo‘lsa, janubining eni 3000 km ga teng. Materik 
sharqida yirik Somali yarimoroli va Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar 
oroli joylashgan. G‘arbida yirik Gvineya qo‘ltig‘i bor. 
O‘rganish tarixi. Afrika materigi dastlab Liviya deb atalgan. Olimlarning fikricha, 
Afrika so‘zi eramizdan avvalgi II asrdan qo‘llanilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, 
materik nomi uning shimoli-g‘arbiy qismi (Tunis, Marokash yerlari)da yashagan 
qadimgi berberlarning afarik qabilasi nomidan olingan. 
Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Unda 3-4 mln yil avval odamlar 
yashaganligi arxeolog olimlar tomonidan aniqlangan. 6000 yil avval Nil daryosi 
vodiysining hosildor yerlarida ilk sivilizatsiya tarkib topgan. 


249 
Afrika tabiatini, aholisining urf-odatlarini, xo‘jaligini o‘rganishda mashhur 
marokashlik sayyoh Ibn Battutaning alohida o‘rni bor. U Afrikaning shimoliy va 
sharqiy sohillarini, Nil havzasini (1325-1349-y.), Sahroyi Kabirning g‘arbiy qismini, 
Niger daryosining yuqori oqimidan o‘rta oqimigacha o‘rgangan. 
XV asr yevropaliklarning Afrikani o‘rganishida muhim bosqich bo‘lsa-da, unga 
qora kunlarni — qullar savdosini keltirdi. 1487-yilda Bartolomeu Diash Afrikaning 
janubidagi Yaxshi Umid burniga qadar Atlantika okeani sohillarini o‘rgandi. 1497-
1498-yillarda portugaliyalik Vasko da Gama Afrikani janubdan aylanib o‘tib, 1498-yil 
20-mayda Hindistonning Kalkutta (Kolkata) portiga yetib keldi. U yevropaliklar uchun 
Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini kashf etdi. 
Afrikaning 
ichki 
qismi 
tabiatini 
o‘rganishda 
ingliz 
tadqiqotchisi D.Livingstonning xizmatlari katta bo‘ldi. U Kalaxari cho‘lini, Zambezi 
daryosini, Kongo daryosining yuqori oqimlarini, Nyasa, Tanganika ko‘llarini o‘rgandi. 
Zambezi daryosi dagi sharsharaga Viktoriya nomini berdi. Ingliz-Amerika 
ekspeditsiyasining boshlig‘i G.M.Stenli (1817-1877-y.) Zanzibar orolini, Viktoriya 
ko‘lini va Nil daryosining boshlanish irmog‘i Kagera ekanligini aniqladi, Lualaba va 
Kongo daryolarini quyi oqimiga qadar o‘rgandi. 
Afrika tabiati va xalqlari hayotini rus olimlaridan V.V.Yunker, Y.P.Kovalevskiy, 
A.A.Yeliseyev, N.I.Vavilovlar tekshirdilar. N.I.Vavilov tashkil etgan ekspeditsiya 
(1926-1927-y.) 6000 dan ortiq madaniy o‘simliklardan namuna oldi. U Efiopiya 
qimmatli qattiq bug‘doy navining vatani ekanligini aniqladi. 
Saxroi Kabir- Atlantika okeanining soxilida Afrika orqali Markaziy Osiyodagi 
Gobi cho`ligacha 1200 km masofaga cho`zilagan cho`llar mintaqasi Saxroi Kabirdan 
boshlanadi. Bu mintaqa uzunligining yarmi 6000 km Saxroi Kabirga to`g`ri keladi. 
Saxroi Kabir shimoldan janubga tomon 2000 km masofaga cho`ziladi. Maydoni 8,7 
mln. km.kv. bo`lib, Yevropa maydoning 1/3 qismiga barobar keladi va Avstraliya 
maydonidan 1 mln.km.kv. dan oshadi. 
Saxroi Kabirning shimoliy chegarasi Atlas tog`larining janubiy etaklaridan, sharq 
tomonda- shartli ravishda 30 shimoliy kenglikdan o`tadi. Saxroi Kabirning iqlimi cho`l 


250 
iqlimdir. Saxroi Kabir landshaftlarining asosiy xususiyatlari g`oyat quruq kontinental 
tropik havoning xukmronligiga aloqador. Quruqlikning asosiy sabablari shuki, Saxroi 
Kabir ustidagi dinamik maksimumda havo masallari pastga tushadi, bundan tashqari 
kondensatsiya satxi juda yuqori (5 km gacha) konvektiv oqimlar buncha balndlikda 
ko`tarilolmaydi. Saxroi Kabir jazirama bo`lganidan suv nixoyatda ko`p bug`lanadi. 
Yog`in-sochinning talaygina qismi yer betiga yetib kelmasdanoq bug`lanib ketadi. 
Shuning uchun namlanish koefitsenti amalda nolga barobar. 
G`arbiy Saxroi Kabir - Atlantika okeani, Axaggar tog`ligi va Alhamra o`tasidagi 
oblastp. Unda kristall jinslardan va cho`kindi svitalardan tarkib topgan pastroq 
tekisliklar ko`proq. Qadimgi asos sineklizasi keng Al- Joff botig`i va Atlas oldidagi 
bukilmalarning yaqinidagi tektonik xarakatda cho`kkan rayoni Ar-Rir botig`i platolar 
bilan o`ralgan. G`arbiy Saxroi Kabirda havo namligining yuqoriligi, xaroratning 
birmuncha pastligi va o`simliklarni ko`pligiga qarab Atlantika bo`yidagi 
akummulyativ tekislik ajralib turadi. Bu yerni janubida nixoyatda issiq bo`lib, 
o`simliklar deyarli yo`q. 
Markaziy Saxroi Kabirga Axagarr va Tibesti tog`liklari hamda ularga shimol va 
janub tomondan yondashgan rayonlar kiradi. 
Sharqiy Saxroi Kabirga Liviya, Arabiston va Nubiya cho`llari kiradi. Saxroi 
Kabirning boshqa rayonlardan Liviya cho`lining farqi shuki, uni vodiylar kesib o`tgan 
emas. Aftidan to`rtlamchi davrning xatto plyuvial eppoxalarida ham Liviya cho`li juda 
quruqligicha qolavergan va unga Tibestidan oqib tushgan daryolar qumlarga va shag`al 
tosh oqiziqlarga singib yo`k bo`lib ketgan. 
Sudan-Gvineya o`lkasi. Saxroi Kabirning janubiy chegaralaridan Gvineya 
qo`ltig`igacha. Kongo botig`ining shimoliy chekkasidan balandliklargacha cho`ziladi 
va Saxroi Kabir-Arabiston platformasining janubiy chekkasini egalaydi: yotiq tektonik 
bukilmalar va balandliklar bu joy uchun xarakterlidir. Sudanda tekislik relyefi umuman 
past bo`lgani xolda bukilmalar o`rta Niger, Chad ko`li va Oq Nilning o`rta oqimi 
botiqlarida yaqqolroq ko`rinadi, botiqlar to`rtlamchi davrda qum- gil yotqiziqlari bilan 
to`lgan. 


251 
Janubiy Sudanda yog`ingarchilik mavsumi 8-10 oy davom etadi, shu davrda 
Kuyosh ikki marta zenit orqali o`tgani munosabati bilan ikkita maksimum kuzatiladi. 
Mussoning namli sig`imi kamayganligi sababli janubdan shimolga tomon yog`in 
miqdori kamayadi: janubda 1800 — 1500 mm yog`in tushsa, shimolda 350 - 250 mm 
va undan ham ko`p tushadi. Ayniqsa Gvineya qo`ltig`ining qirg`oq bo`yidagi 
pastekisligida va Shimoliy qirlarning shamolga o`ng yon bag`irlarda yog`in ko`p (3000 
mm dan ortiq) bo`ladi. 
Gvineya zonasining daryo vodiylari bo`ylab uzok shimolga tomon galeriya 
o`rmonlari davom etadi. Ular doimiy yashil gigrofit daraxt turlaridan iborat. 
Qurg`oqchilik mavsumida bu daraxtlar suv tanqisligini sezmaydi, chunki ular grunt 
suvlaridan baxra oladi. Bu o`rmonda taxtaga o`xshash ildizga tayanadigan pandanus, 
yovoyi kofe uchraydi. 
Kongo botig`i va uning chekkasidagi balandliklar. Kongo botig`i Afrika 
platformasining tomomila berk eng yirik (maydoni 3 km.kv. ga yaqin) 
sineklizasidir. Bu botiq shimol, g`arb va janub tomondan qadimgi kristall poydevor 
antiklizalari halqasi, yaoni bir necha marta peneplenlashish natijasida tekislangan yassi 
tepali balandliklar: shimolda Azande balandligi, g`arbda Janubiy Gvineya balandligi, 
janubda Lunda-Katanga balandligi bilan o`ralgan. 
Kongo botig`i eng qadimgi (kembriydan oldingi) poydevori asosan kontinental 
svitalar bo`lgan qalin svitalar bilan ko`milgan. Bu svitalarning to`planishi yuqori 
paleozoyda boshlanib, uchlamchi davr oxirida Janubiy Afrikadagi Kalaxari qumlariga 
o`xshash qumlarning to`planishi bilan tugagan. 
Azande balandligi - dengiz satxidan 900 — 1000 m yuqori. U qadimgi kristall 
jinslardan tuzilgan peneplen bo`lib, qoldiq granit massivlari bor. G`arbda Azande 
balandligi zina shaklidagi Kamerun tog`ligiga qo`shiladi. Bu tog`likka qadimgi negiz 
shimoli- sharqiy yunalishdagi razlom bo`ylab lava bilan qoplangan. Kamerun vulkani 
ham o`sha razlomda paydo bo`lgan. Kamerun vulkani qirg`oq bo`yidagi 
pastekislikdagi tog`lik qarshisida tanxo qad ko`tarib turadi. 


252 
Janubiy Gvineya balandligi. Kongo botig`i ustidan zina-zina bo`lib ko`tariladi. 
Janubiy Gvineya balandligi ayrim massivlari bo`lak-bo`lakligi jixatidan chinakam 
tog`lik oblastlariga o`xshaydi. 
Lunda-Katanga balandligi-g`arbda kvarsitli baland Biye massivi bilan boshlanadi. 
Keng va butunlay yassi Lunda platosi massiviga yondoshib turadi. Janubiy 
balandlikning sharqiy qismi Katangadan iborat. Katanga-qadimgi granitlar va boshqa 
kristallardan tashkil topgan. 
Kongo botig`i iqlimning va landshaftning asosiy xususiyatlari bu botiqning 
ekvatorial va subekvatorial kengliklarda olgan geografik o`rnidan kelib chiqadi. 
Quyosh yil bo`yi zenitda yoki unga yaqin o`rinda turganligidan havo xar doim issiq 
bo`ladi. Havoning kuchli konvektiv oqimlari tufayli tushdan keyin va tunda jala 
quyadi. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish