Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

ФИО автора
O’rinova Shoxistaxon
Farg’ona viloyati Quva tuman 
1-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi 
Название публикации:
«ZARDO‘ZLIK SAN‘ATINING RIVOJLANISHI» 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada o‘zbek xalqining amaliy san‘atlaridan biri 
bo’lgan zardo’zlikning kelib chiqish tarixi, rivojlanishi va turlari o’rganilgan.
Kalit so’zlar. 
Zardo’zlik, zar, ip, igna, hunarmandchilik, naqsh, rasm solish. 
 
Zardo'zlikning tarixi eramizning I-III asrlariga to'g'ri keladi, - deydi zardo'z-usta 
Baxshulla Jumayev. - Tarixiy manbalarda arablar istilosi davrida lashkarboshilar 
zardo'z kiyimlar kiyishgani qayd etiladi. 1403 yilda ispaniyalik elchi Lui Gonzales 
Klavixo Amir Temur saroyida bo'lganida zardo'zi kiyimlarni ko'rib, hayratlangan. XVI 
asrdan boshlab esa Buxoro zardo'zlik markaziga aylangan. Sababi, zardo'zlik uchun 
kerakli hamma narsa shu yerning o'zida tayyorlanadigan, ishlab chiqariladigan bo'lgan. 
Oltin suvi yuritilgan iplar, zar tikiladigan, duxobalar to'qiydigan butun bir sanoat tizimi 
shakllangan. Keyinchalik Buyuk Ipak yo'li bo'ylab buxorolik usta-hunarmandlarning 
ishlari tarqalgan va dovrug'i butun dunyoga taralgan. 
Qadimda ham, hozir ham zardo’zlik bilan shug’ullanadigan hunarmandlarni 
«zardo’z» deb atashadi. O’zbekiston kashtachiligini noyob turi zardo’zlik san’atisiz 
to’la tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu san’at o’tgan asrning o’rtalarida Buxoroda gurkirab 
rivojlangan. U yerda mohir ustalar amir saroyining ustaxonalarida amir va uning saroy 
ahli kiyadigan dabdabali kiyimlarga pardoz berishgan. Zardo’zlik odatda erkaklarga 
mansub bo’lgan va ular o’z hunarini bolalariga meros qilib qoldirishgan. Zardo’zlik 
san’ati o’zining uzoq tarixiga ega bo’lib, deyarli barcha Sharq mamlakatlari uning 
vatani hisoblanadi. Zardo’zlik san’atining an’analari o’z davrida ham mavjud va 
mashhur bo’lgandir. Hozirgi Eronda esa XV-XVII asrlardagi zardo’zlik namunalari 
anchagina saqlanib qolgandir. 
Buxoro zardo’zi ashyolarining deyarli hammasi amir saroyining ehtiyoji uchun 
ishlatilgan, faqat juda oz miqdorigina sotish uchun bozorga chiqarilardi. U paytda 


521 
zardan tikilgan erkaklar kiyimlarini faqatgina xonga va uning qon- qarindoshlariga 
tegishli insonlar kiyar edilar. Hech kim, hatto eng katta amaldorlardan birortasi ushbu 
qimmatbaho kiymlarni o’ziga buyurtirishga haqqi yo’q edi. Ular bu kiyimlarni amir 
sovg’a qilgandagina kiyishlari mumkin edi. Ayollar va bolalarning zardo’z kiyimlarini 
esa faqatgina badavlat xonadon a’zolari kiyishga haqli edilar. Zar va kumush ip bilan 
erkaklar to’ni, salla, do’ppi, shalvar, poyabzallar, ayollarning ko’ylak, kamzul 
kaltacha, peshanaband, ro’mol, etik va tuflilari tikilgan. 
Mustaqillikka erishgan kunimizdan boshlab davlatimizning butun siyosati 
o’zligimizni qayta tiklash va mustahkamlashga qaratildi. Ayniqsa, mamlakatimiz ertasi 
bo’lgan yoshlarimizda bunday muqaddas his-tuyg’uni shakllantirishda ona tilimiz, 
ana’analarimiz va urf-odatlarimiz bilan birga milliy xunarmandchiligimiz ham muhim 
o’rin tutadi. 
1997-yil 31 martda O’zbekiston Respulikasi Prezidentining «Xalq badiiy 
xunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Farmonga asosan 
Respublika «Hunarmand» uyushmasi tashkil etildi va uning viloyatlarda hududiy 
bo’linmalari ochildi. Bu uyushma va uning hududiy bo’linmalarini tashkil etishdan 
maqsad, uzoq yillar mobaynida unutilib ketgan xalq amaliy san’ti va 
xunarmandchiligini tiklash, o’zbek milliy amaliy san’ati va xunarmandchiligini butun 
dunyoga tanitish edi. 
Zardo’zlik — qiziqarli va ijodiy ish bo’lib, u insonga ko’p quvonch keltirishi, 
bo’sh vaqtida ermak bo’lishi, insonni nafosat olamiga olib kirishi mumkin. Zar tikish 
usullarini o’zlashtirayotganda hamma narsa birdaniga yaxshi chiqmasligi mumkin, 
chunki zardo’zlik sabr-toqatli, e’tiborli, tartibli bo’lishni talab etadi. Chidamli bo’lish 
lozim. Kerakli malakalar egallagan sayin ish asta-sekin osonlasha boradi. 
Mohir zardo’z bo’lishni xohlagan har bir hunarmand quyidagi uch hunarni 
bilishi zarur bo’lgan: 
1. Rasm solish va naqsh chizish; 
2. Naqshlarni tushirish va qirqish; 
3. Qirqilgan naqshlarni zar ip bilan tikish va bezatish. 


522 
Zardo'zlarning ta`kidlashicha, qanday kiyim bo'lmasin, qaysi gul tanlanmasin, 
har birining o'z ma`nosi, o'z o'rni va mohiyati borki, uning tarixi uzoq o'tmishimizga 
borib tutashadi. 
Uy-ro’zg’orda ishlatiladigan zardo’zi buyumlar inson atrofidagi narsalar uchun 
mo’ljallangan bo’lib, insonga estetik zavq bag’ishlash va uning ijtimoiy mavqeini 
ko’rsatishga xizmat qilgan. Uy-ro’zg’orda ishlatiladigan zardo’zi buyumlarning 
quyidagi turlari mavjud: choy xaltai zardo’zi, muxr xaltai zardo’zi, pul xaltai zardo’zi, 
jildi soat, g’ilofi zardo’zi, tumorchai zardo’zi, so’zanai zardo’zi, chimildiki zardo’zi, 
joynomozi zardo’zi, choynakpo’shaki zardo’zi va hokazo. 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bu masalalar birinchidan, milliy 
an'analar va hunarmandchilikning davomiyligini ta'minlasa, ikkinchidan, yoshlarni 
hunarli qilish bilan birga ularda mеhnatga layoqat, ko’nikma hosil qiladi va bo’sh vaqti 
to’ldiriladi. Yana shogirdga ustozlik tarbiyasi bеrilib, milliy qadriyatlarga mos 
dunyoqarash va axborot xurujlariga qarshi immunitеt shakllanishiga ko’maklashiladi. 
Bunday mas'uliyatni anglash va shunga yarasha amaliy harakat esa partiyamizning 
jamiyatdagi nufuzi va mavqеini mustahakamlash bilan birgalikda mamlakatimiz 
ravnaqini ham ta'minlaydi. Ajdodlarimizning atrofimizni o'rab turgan olam, koinot 
yoritgichlari haqidagi qarashlari ham ularning tikish uslublarida o'z aksini topgan. Tilla 
suvi yuritilgan zar iplar ustalar tafakkurining yuksakligini ifodalaydi.

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish