“shoirlik kasb ham emas, hunar ham emas, da’vo!…”
91
degan
jumlalarini keltirib o’tish joizdir. Demak asl she’r tug’ilishi, o’z-o’zidan shoirga ham
borib taqalishiga yuqoridagi so’zlar isbotdir. Ana shunday asl shoirlarimizdan biri,
hech ikkilanmay ayta olamanki, o’zbek adabiyotiga chaqmoqday kirib, butun bir
she’riyat dunyosini ostin-ustun qilib tashlagan, va shu nomi bilan qalblarda abadiy
qolgan Usmon Nosirdir. Ha, Usmon Nosir shubhasiz qisqagina umri davomida
o’zining nomini manguga muhrladi. Uning oqqa ko’chirilgan qalb ovozlari, hamono
Usmon yodini abadiy saqlab, shodlik, abadiy yoshlikni, jo’shqin va qaynoq hayotni,
hurlikni sevuvchi yurakning shiori bo’lib kelmoqda:
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo’lsa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli tamom o’lsam.
Usmon Nosir shubhasiz qaynoqqalb shoir edi. Ammo tasodifni qarangki, qardosh rus
xalqining Usmonday qalbi shijoatga, yuragi joshqinlikka limmo-lim ijodkori ham
bor. U Sergey Yesenindir. Aynan Sergey Yesenin qalami ostida yozilgan ijod
mahsullarida ham huddi Usmon Nosirnikidek jo’shqin tuyg’ular, hayotni sevish
91
https://piima.uz/ru/news/sheriyat-shahzodasi-badia
490
uning har lahzasidan bahra olish, go’zal va shijoatga to’la yoshlik, isyonkor qalb
madh etiladi. Ahamiyatli jihati shundaki, bu ko’ngil yaqinligi o’z navbatida rus va
o’zbek adabiyoti o’rtasida ko’prik bo’lib xizmat qiladi. Bugun biz ikki ijodkorning
ijod yo’llariga nazar tashlar ekanmiz, yuqoridagi fikrlarimiz naqadar to’g’ri
ekanligiga amin bo’lasiz.
Ijodkorlar she’rni o’z farzandiday suyadi. Ular she’r emas, balki qalb
xonishlarini oqqa ko’chiradi:
She’rim! Yana o’zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gular sharmanda.
Bir men emas, xayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.
(Usmon Nosir)
Shoir she’rga oddiy buyumdek qaralishini hohlamaydi. Balki uni ham shaxs
darajasiga ko’taradi. Chunki she’riyat so’zlaydi. Dil tug’yonlarini, ko’ngil
nolishlarini. Aynan shuning uchun ham Usmon she’riyatni o’z jonidek ardoqlaydi.
Bunday yurak nolalarini biz Sergey Yesenin ijodida ham kuzatishimiz mumkin:
Shoir bo’lmoq-bu-ku tayin gap-
O’z joningni o’rtamoq faqat.
Xanjar urib nozik taningga,
O’zgalarga baxsh etmoq lazzat.
Ikkala ijodkor ham shoirlikni da’vo qilmaydi. Aksincha ular yuragidagi isyon ruhi
ularni she’r yozishga undaydi. Xo’sh, bu qanday isyon? Bu g’am-anduhlarga
qaratilgan isyon. Bu to’siqlarga mardonavor turishga bo’lgan isyon.
Bu zulmatga qaratilgan isyon. Bu erksizlikka qarshi, hurlikni madh etuvchi ko’ngil
isyoni. Bunday gozal isyonkor ruhni Usmon Nosirning “Nil va Rim” dostonida qul
obrazi timsolida uchratish mumkin:
Kimga yig’lab, kimdan madad kutsin bemor qul?
Erki qulfdir, xayoti qulf, bor xudolar qulf!
Kosasida suv yo’q, quruq xaltasi-non yo’q!
Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo’q.
Aynan shunday go’zal ruh obrazini Sergey Yesenining quyidagi ijod mahsulidan
anglab olsak bo’ladi:
Baxtlimanki, sevdim, intildim,
Quloch yozdim chechaklar aro.
Jonivorlarni ukam deb bildim,
Boshlariga urmadim aslo.
Usmon Nosir ham Sergey Yesenin ham umri davomida hayotni sevib uni kuylab
o’tdilar. Butun hayotlari to’siqlarga to’la bo’lsada, qalblarda hamisha bahor
491
tarannum etildi, go’zallik oshno bo’ldi. Ular yashadi, sevdi, dil torini baralla chaldi,
jo’shqinlik olovini sira o’chirmadi. Balki boshqa ko’ngillarda bu olovni alangalatdi.
Ularning qalami ruh shijoati va ozig’i, ularning qalami qalb malhami, ularning
qalami abadiy yoshlik va muhabbat kuyi. Ikkala shoirning ham she’rlariga e’tibor
beradigan bo’lsak, ularda hatto she’riy shakllar ham o’xshash. O’zbekiston xalq
shoiri Erkin Vohidov bu ikki ijodkorni bir-biriga qiyoslab shunday degan
Do'stlaringiz bilan baham: |