Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

ФИО автора
Ўзбекистон Республикаси Судьялар Олий кенгаши ҳузуридаги 
Судьялар Олий мактаби тингловчиси
 
Абдиев Хуршидбек Каттабекович 
Название публикации:
«VASIY VA VASIYLIKDAGI SHAXS O'RTASIDA 
MANFAATLAR TO'QNASHUVI» 
Annotatsiya: 
maqolada Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi, amaldagi qonun 
hujjatlari va xalqaro huquq normalari asosida vasiylikning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish haqida fikrlar bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: 
vasiylik, qonun, huquq

me’yoriy huquqiy hujjatlar, voyaga 
yetmaganlar, sud. 
 
Mamlakatimizda vasiylik va homiylikka muhtoj shaxslarning huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali, ko‘p bosqichli tizimi yaratilgan. 
Ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar 
bosqichma-bosqich ko‘rilyapti. Avval respublikamizda vasiylik va homiylik bilan 
bog‘liq huquqiy munosabatlar asosan “Fuqarolik kodeksi”, “Oila kodeksi”, Vazirlar 
Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Nizom va 
boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinib kelinardi.
Biroq, shiddat bilan rivojlanayotgan davr mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatlarni 
bugungi kun talabiga moslashtirishni talab etdi. Qolaversa, hujjatlar tahlili vasiylik va 
homiylikka muhtoj barcha toifadagi, ayniqsa, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz 
yoki muomala layoqati cheklangan, deb topilgan shaxslar hamda sog‘ligi tufayli 
vasiylik va homiylikka muhtoj shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylikni amalga 
oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish zarurligini ko‘rsatdi. 
Shuningdek, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, vasiylik va homiylik bir oy muddat 
ichida tayinlanishi, vasiylik va homiylikka muhtoj shaxslarni oldindan joylashtirish 
shakllari aniq belgilanmagani ularning mulkiy va boshqa huquqlari buzilishiga olib 
kelayotgandi. Bundan tashqari, vasiylik yoki homiylikka olishni istagan shaxslarni 
saralash, ularning pedagogik-psixologik va ijtimoiy tayyorligini aniqlash bo‘yicha aniq 
mezonlar mavjud emasligi vasiylik va homiylikka muhtoj shaxslarning moslashishida 
muayyan muammolarni vujudga keltirayotgan edi. 
Shu va boshqa muammolarni bartaraf etish maqsadida davlatimiz rahbari 
tomonidan 2021 yilning 2 yanvar kuni imzolangan «Vasiylik va homiylik 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ahamiyati haqida so‘z yuritish 
o‘rinlidir. Qonunga ko‘ra, vasiylik - o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga etmaganlarga, 


445 
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga ta’minot, ta’lim-tarbiya 
berish, shuningdek, shaxsiy hamda mulkiy huquq va manfaatlarini himoya qilishning 
huquqiy shaklini ifodalaydi. Homiylik esa o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha 
bo‘lgan voyaga yetmaganlarga, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb 
topilgan voyaga etgan shaxslarga, shuningdek, voyaga etgan muomalaga layoqatli 
bo‘lsa-da, sog‘ligi tufayli o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirolmaydigan 
shaxslarga (ularning iltimosiga ko‘ra) ta’minot, ta’lim-tarbiya berish, shaxsiy hamda 
mulkiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy shaklini bildiradi. 
Ayniqsa, qonunda vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning 
huquq, majburiyat va javobgarliklarini, vasiylik va homiylikning samarali 
mexanizmlarini belgilash, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, vasiylik va 
homiylikka olingan shaxsga tegishli mol-mulkni saqlash va boshqarish bilan bog‘liq 
qoidalarni takomillashtirish, vasiy va homiylarning javobgarliklarini belgilash kabi 
munosabatlarni tartibga solish nazarda tutilgani ahamiyatlidir. Qonunda vasiylik va 
homiylik mexanizmlari xalqaro me’yor va zamon talablariga muvofiqlashtirilgan. 
Shu bilan birga qonun jamiyat va davlatning alohida qo‘llab-quvvatlashiga 
ehtiyojmand aholi manfaatlarini har tomonlama hisobga olish, ifodalash va himoya 
qilishga qaratilgan. Unda asosiy tushunchalar, davlat siyosatining yo‘nalishlari, davlat 
organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vazifalari va vakolatlarini belgilab 
beruvchi me’yorlar aks etilgan. 
Chunonchi, qonunning 19-moddasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik tuman, shahar 
hokimining qarori bilan belgilanadi. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj 
bo‘lgan shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega 
bo‘lmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi bo‘yicha belgilanadi. Ota-ona 
yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq 
muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarning vasiyligida yoki 
homiyligida va nazorati ostida qoldirilgan bo‘lsa, mazkur shaxslarning bolaga nisbatan 
vasiyligi yoki homiyligi belgilanadi. Qonunda belgilanishicha, voyaga etgan fuqarolar 
faqat o‘z roziligiga ko‘ra vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin. Tuman, shahar 
hokimi vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning yozma arizasiga muvofiq 
vasiy yoki homiyni tayinlaydi. 
Shuningdek, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari 
cheklangan; sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan 
deb topilgan, sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o‘z 
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki lozim 
darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiste’mol qilganligi, farzandlikka 
olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi, surunkali alkogolizm yoki 
giyohvandlikka mubtalo bo‘lganligi oqibatida bekor qilingan, o‘z zimmasiga 
yuklatilgan majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud 


446 
o‘z huquqlarini suiste’mol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini 
bajarishdan chetlashtirilgan, qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar 
mazkur qonunga muvofiq vasiy yoki homiy etib tayinlanishi ta’qiqlanadi. Qonunda 
vasiylik va homiylikni tugatish, vasiy va homiyni o‘z majburiyatlarini bajarishdan 
ozod qilish hamda chetlatish, vasiylikdagi va homiylikdagi shaxslarning mulkiy 
huquqlarini himoya qilish, vasiylik va homiylik sohasidagi nazorat kabi masalalar ham 
belgilab berilgan. Muxtasar aytganda, vasiylik va homiylikka muhtoj shaxslar, avvalo, 
yordam hamda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj kishilardir.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 32-moddasi 1-qismiga 
binoan, vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli 
bo‘lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. 
Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham 
belgilanadi.
Vasiylar va homiylarning bunga tegishli huquq va burchlari qonun hujjatlari 
bilan belgilanadi. Vasiylik va homiylik o‘z huquq va manfaatlarini o‘zlari mustaqil 
himoya qilishga qiynaladigan yoki eplay olmaydigan fuqarolarni himoya qilish 
usulidir. Voyaga yetmaganlar uchun esa vasiylik va homiylik ularni oilada 
tarbiyalanishi uchun imkoniyatdir. Umuman olganda esa, vasiylik va homiylik 
tarkibiga fuqarolik, oila, ma’muriy huquq qoidalarini olgan kompleks huquqiy institut 
hisoblanadi.
Vasiylik va homiylikni quyidagi ikki ma’noda tushunish mumkin:
1) keng ma’noda (fuqarolik-huquqiy) – bu muomala layoqatining yetishmagan 
qismini to‘ldirish va voyaga yetmagan hamda muomalaga layoqatsiz shaxslarning 
huquq va manfaatlarini himoya qilish usuli;
2) tor ma’noda (davlat organining xizmat vazifalari) – ota-ona qaramog‘idan 
mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularni 
tarbiyalashdir.
Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Vasiyning vasiylikdagi shaxs bilan munosabatlari mulkiy va shaxsiy aloqalar 
bilan bog‘liq. Vasiyga vasiylikdagi shaxsga nisbatan ota- onaning o‘z bolasiga nisbatan 
hokimiyat huquqi tegishli bo‘ladi va vasiyning vasiylikdagi bolaning shaxsiga 
nisbatan bevosita majburiyati – unga tarbiya berish hisoblanadi.
2. Vasiylikdagi shaxsning mol-mulkiga nisbatan munosabat vasiylikdagi 
shaxsning vakili sifatida harakatlarni amalga oshirish huquqlarini ifoda etadi. Bunda 
birinchi navbatda, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini uning ehtiyojlari uchun 
sarflash, shuningdek, uning mol- mulkini saqlashga e’tibor qaratiladi.
3. Vasiyning uchinchi shaxsga nisbatan munosabati bir tomondan vasiylikdagi 
shaxsga nisbatan hukmronlik huquqiga ega subyekt sifatidagi, ikkinchi tomondan 
vasiyning vasiylikdagi shaxs qonuniy vakili sifatidagi maqomidan kelib chiqadi.


447 
4. Vasiylik bir emas, bir nechta vasiy tomonidan ifodalanganda va ba’zan vasiy 
bilan birga, homiy ham tayinlanganda, vasiylar o‘rtasida, shuningdek, vasiy va homiy 
o‘rtasida munosabat yuzaga keladi.
5. Vasiyning vasiylik idorasi bilan munosabati, bu holda vasiy vasiylik 
idorasining nazoratida bo‘ladi va undan topshiriq, farmoyishlar oladi.
“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida” gi Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, vasiylik 
– o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan etim bolalarni va ota- onasining qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan 
fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy 
nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
joylashtirishning huquqiy shakli;
homiylik – o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan etim bolalarni va 
ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan 
muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, 
ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shaklidir.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar – alohida 
g‘amxo‘rlikka, shuningdek, o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya 
qilinishiga muhtoj bo‘lgan etim bolalar va ota- onasining qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo‘lgan hamda 
bolalarning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning 
ta’minoti, tarbiya va ta’lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda
yashayotgan bolalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga 
etgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati 
cheklangan fuqarolar hisoblanadi.
Vasiylik va homiylik bo‘yicha faoliyat:
tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil 
etish bo‘limlari tomonidan – voyaga yetmaganlarga nisbatan;
tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan – sud tomonidan muomalaga 
layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga nisbatan;
tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
markazlari tomonidan – sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan 
voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladi.
Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan 
shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa, 
vasiyning yoki homiyning yashash joyi bo‘yicha belgilanadi.
Qonunchilikka ko‘ra muayyan toifadagi shaxslar vasiy yoki homiy etib 
tayinlanishi mumkin emas va ular quyidagilardir:


448 
- ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari cheklangan 
shaxslar;
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb 
topilgan shaxslar;
- sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o‘z zimmasiga 
yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinganlar 
bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka 
mubtalo bo‘lganligi oqibatida bekor qilingan bo‘lsa;
- o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi yoxud o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganligi uchun vasiy yoki homiy 
majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
- qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan shaxslar (“Vasiylik 
va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasi).
Qonunchilikka binoan vasiylar o‘z vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili 
bo‘lib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab barcha zarur bitimlarni 
tuzadi.
Homiylar o‘z homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo‘lib, homiyligidagi 
shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida 
ko‘maklashadi, shuningdek, ularni uchinchi shaxslar tomonidan bo‘ladigan 
suiiste’molliklardan muhofaza qiladi.
Bunday shaxslarning huquq va manfaatlari xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq 
keladigan qonun orqali himoya qilinishi, vasiylik va homiylik bilan bog‘liq 
munosabatlarning tizimlashtirilishi jamiyatda ijtimoiy adolat mustahkamlanishida 
o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish