Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

 
 Anotation:
in this article, the owner Amir Temur,Timur, Temurbek and the great 
commander and warrior, who owns several names, talks about our ancestor, who can 
say that he is a person worthy of attention and honor in all respects.The article covers 
how this honor has a name and deserves the name of a person,his life and the fact that 
his walks and good qualities are an example to all the younger generation of the 
present.Today,it is the duty of our pedagogical teachers to guide the student youth so 
that we can show them as an example and direct them to truthfulness,Justice, purity 
and other qualities.
 
 
Tayanch. Iboralar. Sohibquron, Pirlar, Barkamollik, Yetuklik, Iroda, Shajara, Ulug, 
Основание. Фразы. Сахибкурон, Пиры, Совершенство, Зрелость, Воля, 
Родословная, Величие, 
Base. Phrases. Sahibquran, Pir, Perfection, Maturity, Willpower, Genealogy, Great, 
Pirsiz kirma jangohga hech dam, 
Iskandari zamon bo’lsang ham. 


430 
Maxdumi A’zam 
SOHIBQIRON AMIR TEMUR PIRLARI 
Amir Temur, Temur, Temurbek (to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘oy ibn Amir 
Barqul) Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi 
Yakkabog‘ tumani) O‘tror shahri, Samarqandda dafn etilgan) — o‘rta asrning yirik din 
va davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va 
madaniyat homiysi. Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir 
Tarag‘oy esa barlos urug‘ining oqsoqollaridan hamda Chig‘atoy ulusining e’tiborli 
beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois 
Amir Temurning otasi amir Tarag‘oyni ham yilda bir marotaba Ili daryosi bo‘yida xon 
tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday 
yig‘inlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Ali Yazdiyning 
ta’kidlashiga ko‘ra, “ulamo va sulaho va muttaqiylarg‘a mushfiq va mehribon erdi va 
bularning majlisiga borur erdi…”. Tarag‘oybek piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa 
chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri bo‘lgan. 
Bir rivoyatga ko’ra, Xoja Shamsuddin Amir Temurning tavalludini va jahongirlik 
saodatini oldindan karomat qilgan. Unda aytilishicha, amir Tarag’ay bir tush ko’radi. 
Tushida unga shamshir beribdilarki, uning shu’lasidan butun olam munavvar bo’libdi. 
O’sha holda qo’lidan chor tarafga favvora yanglig’ suv otilib, yerni qoplabdi. 
Bundan mutaassir bo’lgan amir darhol piri Xoja Shamsuddin huzuriga kelib, tushini 
aytib beribdi. Xoja bir zum o’yga botib, bunday debdi:»Ey amir Tarag’ay, sening 
nasling xonadoni saltanat bo’lg’ay va ul saltanatni sendan tug’ilajak farzand tiklag’ay. 
Ul farzand olamni shamshir birla zabt aylagay va zamona, tobe’lar va xaloyiq andin 
mamnun bo’lg’ay». 
Boshqa bir rivoyatga ko’ra, Amir Temurning muborak ismini ham Xoja Shamsuddin 
qo’ygan. Bu xususda «Tarjimai hol» asarida amir Tarag’ay tilidan aytilgan hikoya 
mavjud. Unda yozilishicha, amir Tarag’ay aqiqa marosimi vaqtida farzandini xoja 
huzuriga olib boribdi. Amir xonaqohga kirgan paytda Shayx Shamsiddin Qur’oni 
karimning "Mulk" surasining 16 – oyatini 


431 
متنمأء نم يف ءامسلا نأ فسخي مكب ضرلأا اذإف يه ومت 
o’qiyotgan ekan, Xoja shunda bosh ko’tarib aytibdiki: «Ey amir, ushbu mukarram 
oyatdagi «tamuru» so’zi sharafiga farzandingga Temur ismini berdik!» 
Amir Temurning yoshlikdanoq mashhur din ulamolari va shayxlarga e’tiqodi baland 
bo‘lib, buni padari buzrukvori Amir Tarag‘aydan o‘rgangan edi. 
Sohibqironning bir necha pirlari bo‘lgan, ularni ikki guruhga ajratish mumkin. 
Birinchi guruhga ruhoniyatli pirlar, ya’ni Sohibqiron tug‘ilgunga qadar yashab 
o‘tishgan tabarruk zotlar – Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixi Xoja Ahmad 
Yassaviy, Sulton Burhoniddin Qilich, Shayx Nuriddin Basir (Qutbi Chahordahum), 
Shayx Burhoniddin Sog‘arjiy va Shayx Safiuddin Yoqub Ardabiliylardir. 
Sohibqironning mazkur zotlar ruhlariga ehtirom ko‘rgizib, har biriga alohida 
maqbaralar tiklagani, avlodlarini e’zozlab kelgani ularni o‘ziga pir tutganining isboti 
bo‘la oladi. 1397-yil kuz oylarida Amir Temur Toshkent sari ravona bo‘ldi, undan o‘tib 
Yassiga bordi va Xoja Ahmad Yassaviy mozorini ziyorat qildi. "Bu aziz Muhammad 
Hanifa o‘g‘lonlaridin turur, alayhi va ala olihi vassalom", – deydi Sohibqiron pir 
turbatini tavof aylar ekan. "Buyurdikim, – deb yozadi Sharafiddin Ali Yazdiy 
"Zafarnoma"da, – ul mozor ustiga imorati oliy soldilar va bir ulug‘ toq (gumbaz) 
bog‘ladilarkim, ko‘k bila so‘zlashur erdi...". 
Ikkinchi guruhga Sohibqironning zamondoshlari, Ulug‘ amir bevosita e’tiqod etgan 
va irodat yo‘lini bergan pirlar – Shayx Shamsiddin Kulol, Shayx Zayniddin Abu Bakr 
Toybodiy, Mir Sayyid Baraka hisoblanadilar. Ba‘zi manbalarda Mir Amir Kulol 
hazratlari ham Amir Temur shayxlaridan bo‘lgan, taxminan, 1363 yilda tanishadi deb 
keltirilgan. Amir Temur hazratlariga pirlari tomonidan bir necha ikromlar tortiq 
etilgan. Jumladan, Shayx Zayniddin Abu Bakr Toybodiy Amir Temurga «Kuch-
adolatda» so‘zlari o‘yib yozilgan tillo uzuk, Mir Sayyid Baraka esa birinchi 
uchrashuvdayoq saltanat timsoli bo‘lgan nog‘ora va bayroq tuhfa qilgan edilar. 
O‘zining ruhiy madadi, ko‘magi bilan hamisha Sohibqironga kamarbasta bo‘lgan Mir 
Sayyid Baraka to so‘nggi nafasgacha Sohibqiron Amir Temur bilan birga 
umrguzaronlik qildi. 


432 
Sohibqiron shariat arkonlarini mustahkamlash, islom dini qonun-qoidalariga qatʼiy 
rioya qilinishiga alohida eʼtibor berdi. Islom dinini yoyishga butun kuch-quvvatini 
sarfladi. Tarixda islom dini va uning qonun-qoidalarining otashin homiysi sifatida nom 
qoldirdi. 
Temur piri murshidlar, ruhoniy (maʼnaviy) ustozlarga oʻz saroyining toʻridan joy 
berdi. U har vaqt oʻzi ham shariat qonun-qoidalariga qatʼiy amal qildi. Tarixchi Ibn 
Arabshohning qayd etishicha, shayx Shamsiddin Kuloldan olgan duosini Sohibqiron 
doimo oʻz muvaffaqiyatlarining eng birinchi sababi deb bilgan. 
Amir Temur pirlaridan biri, asli Makka shahridan boʻlgan Sayyid Baraka 1370-yilda 
Balx qalʼasi egallanishidan oldin Temurning oldiga keladi. Ulugʻ shayx Sayyid Baraka 
Temurga hokimiyat ramzi hisoblangan nogʻora va bayroq tutqazib, uning porloq 
kelajagidan bashorat qiladi. 
Bundan tashqari, Sayyid Baraka oʻz duosi bilan Sohibqironning gʻanimlarga qarshi 
kurashida ham uni qoʻllab-quvvatlaydi. Masalan, Ibn Arabshohning maʼlumot 
berishicha, 1391-yilda oʻrta asrlardagi eng yirik janglardan biri – Qunduzcha jangi 
oldidan Sayyid Baraka duo qilib, omad tilagani uchun Amir Temur undan gʻoyatda 
mamnun boʻlgan. 
1391-yil 18-iyun – jang kuni erta tongda Sohibqiron qoʻshini koʻz oʻngida otdan 
tushib, Allohdan madad tilab ikki rakat namoz oʻqiydi. Har ikki tomondan 500 mingga 
yaqin jangchi ishtirok etgan muhoraba Sohibqiron gʻalabasi bilan yakunlanadi. 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish