Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Leyn Puulning
fikrlari biz uchun qimmalidir: “Boburning xotiralari bir 
askarning harbiy yurish va chekinishlari haqidagi oddiy kundalik daftar emas, bu 


307 
xotiralarda Sharq adabiyotini juda yaxshi bilgan, nozik va bilimdon kuzatuvchi, 
odamlarni sinchiklab o‘rganadigan, ular haqida xolis va odil fikr yurita oladigan 
mutaassir qalb egasining dunyo haqidagi shaxsiy taassurotlari va nozik fikrlari 
berilgan.” 
Uning o‘z qiyofasini chizishdagi samimiyligi, fazilat va nuqsonlarini ham 
mardona tasvirlash, ochiqko‘ngillilgi, haqqoniyligi va ajoyib hazilkash tuyg‘ulari bu 
go‘zal xotiralarning qadri va ahamiyatini yanada oshiradi. 
Faktik materiallarning ko‘pligi, boyligi, aniqligi va to‘laligi, tarixiy 
voqealarning asosan obyektiv, beg‘araz va rostgo‘ylik bilan bayon etilishi, xronologik 
izchillik, ifodaning soddaligi va ravonligi “Boburnoma” ning tarixiy manba sifatidagi 
afzalliklarini tashkil etadi. Ko‘pchilik tarix kitoblarida tarixiy faktlar afsona va 
rivoyatlar bilan, diniy hadis va hurofiy safsatalar bilan qorishib ketar edi. “Boburnoma” 
da esa bunday emas. Uning asosini bevosita tarixiy faktlar, voqealar tashkil etadi. 
Asarda dastlab muhim bir voqea hikoya qilinad, so‘ng voqea sodir bo‘lgan joyga tavsif 
beriladi.Uning geografik o‘rni, o‘simlik va hayvonot dunyosi, xalqining urf-odatlari, 
yirik inshootlari o‘quvchiga tanishtiriladi. Bo‘lib o‘tgan voqeaning asosiy 
ishtirokchilari xususida batafsil ma’lumot beriladi. Chunonchi, muallif ularning 
tug‘ilgan 
yili 
nasl-nasabi, 
shakl-u 
shamoyili, 
xulq-atvori urushlari, viloyati, avlodi, xotinlari, umarosi haqida bilganlarini bayon 
qiladi. Misol uchun Bobur otasi haqida shunday deydi: Sakkiz yuz oltmishinchi yili 
1455-yili Samarqandda tug‘ildi. Sulton Abusaid mirzoning 4-o‘g‘li edi…..Sulton 
Abusaid dastavval Kbulni Umarshayx mirzoga berdi. Temurbek katta Umarshayx 
mirzoga Farg‘ona viloyatini berganidek, Sulton Abusaid o‘g‘li Umarshayx mirzoga
Andijon viloyatini berib, Xudoyberdi Tug‘chi Temurtoshni bekota qilib yubordi. Past 
bo‘yli, yumaloq soqolli, sarg‘ish yuzli, norg‘ul kishi edi. Hanafiy mazhabida pokizaesh 
vaqt na iymonli kishi edi. Besht vaqt namozni tark qilmas edi. Yaxshi savodi bor edi. 
G‘oyat saxovati bore di. Xulqi ham saxovaticha bore di. Xushxulq, hazilkash, gapga 
chechan va shirinso‘z edi. Shijoatli va mardona kishi erdi. Uch marotaba saf tortib 
urush qilgan. Avval Yunusxon bilan Andijonning shimol tarafi-Sayhun daryosining 
yoqasidagi Takasekretku degan yerda. Mag‘lub bo’lib qo‘lga tushdi. Yunusxon 


308 
yaxshilik qilib viloyatiga ruhsat berdi. Yana Samarqand tumanlarini talon-taroj etib 
kelayotgan o‘zbaklar bilan Turkistonda muzlagan Aris suvini kechib jang qilib, g‘alaba 
qozondi. Yana bir marta Sulton Ahmad mirzo bilan Shohruxiya va O‘ratepa orasida, 
Xavos 
degan 
kentda 
urushib 
yengildi…..Mirzodan 
3 o‘g‘il , 5 qiz qoldi…” 
Ayrim tarixiy kitoblarda tarixiy voqealar tendensioz ravishda, birovlarni maqtab 
ko‘kka ko‘tarish, ikkinchi birovlarni kamsitib ko‘rsatish ruhida bayon etilar edi. 
“Boburnoma” da esa tarixiy voqealar asosan obyektiv bayon etiladi. Ko‘pchilik tarix 
kitoblarida voqealar murakkab uslub va g‘aliz til bilan bayon etilar va shu orqali 
“badiiylashtirilar” edi. “Boburnoma” da esa sodda uslub, ravon shirali va boy til bilan 
yozilgan, jonli manzaralar, portret va xarakterlar, original badiiy til vositalari bilan 
badiiylashtirilgan asardir. Bobur tarixiy voqealarni sanab o‘tish yoki ular haqida 
ma’lumot berish bilan cheklanmaydi, balki u tarixiy voqealarning manzarasini, tarixiy 
shaxslarning portreti va xarakterini yoritadi, tabiat lavhalarini chizadi, maroqli va 
jozibali badiiy uslub bilan turli xil sarguzashtlarni rivoyat va latifalarni hikoya qiladi, 
xalq yumori, xalq maqollarini sheriy parchalar bilan bezatadi. “Boburnoma” dagi 
voqealr turli situatsiya va konfliktlar bilan rivojlanib boradi. Voqealar butun bir 
kompozitsiya 
atrofida 
ekspozitsiya, 
kulminatsiya 
va 
yechim 
atrofida 
uyushadi.Voqealar bevosita va bilvosta ishtirok etuvchi Bobur obrazi orqali ulanadi. 
O‘ziga xos syujet yaraladi. Shu sababli “Boburnoma” juda yengil o‘qiladi.
Bobur asarda nafaqat shoir, adib sifatida emas balki, geograf, olim, tabiatshunos, 
etnograf, tilshunos, san’atshunos sifatida namoyon bo‘ladi. tabiat manzalarini 
nihoyatda go‘zal va jozibador tasvirlaydi.Joylar tasviri ‘‘Boburnoma’’da tarixiy 
voqealarni, kishilarning sarguzashti, hayoti va faoliyatini bayon etishda ekspozitsiya 
vazifasini o’taydi.Masalan Bobur 1494-yilgi voqealarini bayon etishda otasining 
halokati va taxtga chiqib amakisining qo’shinini chekinishga majbur qilishdan oldin 
Farg;ona viloyati va uning yetti shahrini tasvirlaydi; 
Farg’ona viloyati yetti iqlimdindur. Ma’muraning kanorasida voqe bo’lub tur. 
Sharqi Qoshg’ar, g’arbi Samarqand, janubi Badahshonning sarhadi tog’lar…… 
Muxtasar viloyattur,oshliq mevasi faravon, girdogirditog’ voqe’ bo’lubtur.G’arbi 


309 
tarafidakim, Samarqand va Xo’jand bo’lg’ay, tog’ yo’qtur. Ushbu jonibtin o’zga hech 
jonibtin qish yog’I kela olmas. Sayhun daryosikim, Xo’jand suyig’a mashhurdur, sharq 
va shimoli tarafidin kelib bu viloyatning ichi birla o’tub g’arb sari oqar, Xo’jandning 
shimoli Fanokatning janubi tarafidinkim, xolo Shohruhiyaga mashhurdur, o’tub yana 
shimolg’a mayl qilib, Turkiston sari borur. Turkistondin xili quyiroq bu daryo tamom 
qumg’a singar , hech daryog’a qotilmas. 
Yetti pora qasabasi bor, beshi Sayhun suyining janub tarafida, ikki shimol 
jonibida. Janubiy tarafdag’I qasablardan biri Andijondurkim, vasatta voqe’ bo’lubtur, 
Farg’ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig’I vofir, mevasi farovon, qovun uzumi yaxshi 
bo’lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. Movarounnahrda 
Samarqand va Kesh qo’rg’onidin so’ngra mundin ulug’roq qo’rg’on yo’qtur….. 
Bobur boshqa qishloq, shahar,viloyat va mamlakatlarning tasvirini ham shunday 
go’zal tasvirlaydi.U tabiat va iqlimi har xil bo’lgan o’lkalarda bo’lgan , shu sababli 
ham ularni tasvirlashda ham tabiat manzalariga juda katta e’tibor beradi. Ularning 
nozik tomonlarini topa oladi , xuddi bir rassomday jonli bo’yoqlar bilan peyzajlar 
chizadi.Masalan u 1503-1504 yil voqealari haqida so’zlayotganda, Afg’onistondagi 
Obi Istoda degan joyining tabiat manzalarini shunday go’zal tasvirlaganki , xuddi o’sha 
yerda sayr qilayotganday bo’lasiz go’yo. 
Bobur jang tasvirlarini ham, yig’ilishlarni ham va boshqa tasvirlarni ham juda 
mahorat bilan tasvirlagan. Bobur tog’ va daralar , ko’l va daryolar, xilma-xil o’simlik 
va hayvonlar, joylarning yer osti boyliklari, xalqlarning urf-odati , tili, san’ati va 
adabiyoti, ayrim so’zlarning etimologiyasi va boshqa-boshqalar bilan qiziqadi, 
bularning barchasini erinmay kuzatadi, o’rganadi. Turli kishilardan ma’lumotlar 
to’playdi.Movarounnahr . Xuroson, Afg’oniston, Hindistonning tabiati ilm-fani, san’at 
,adabiyoti va boshqa jihatlari bilan ‘‘Boburnoma’’da to’la va mukammal 
tasvirlangan.obur ayrinm nomlar va so’zlarning etimologiyasini ham keltirib 
o’tadi.Banokat 
shahri 
Shohruxiya 
deb 
atalishini 
Sirdaryo 
bo’yida 
joylashganini,Andijon atrofida o’sadigan bir o’t bo’ta bo’ta o’sgani uchun uni bo’tka
o’ti deb atalishini va yana boshqa etimologik ma’lumotlarni keltirib o’tadi. 


310 
Bundan tashqari asarda bir necha yuz tarixiy shaxslar, ularning faoliyati 
tasvirlanadi.Asarda aks etgan tarixiy shaxslar haqidagi ma’lumotlar har qanday tarixiy 
asarlarda ham topilmaydi.Shu xususiyati bilan ham ushbu asar olimlarni lol qoldirdi. 
Agar ‘‘Boburnoma’’ yozilmaganida biz Xusayn Boyqaro va Alisher Navoiy shaxslari, 
haqida hayotlari ,ijodlari haqidagi tasavvurlarimiz anchagina sayoz va tor bo’lib qolar 
edi.Alisher Navoiy haqidagi ma’lumotlar ‘‘Boburnoma’’da juda aniq tasvirlangan va 
bu ma’lumotlar juda qimmatli hisoblanadi, chunki undagi ma’lumotlar boshqa tarixiy 
asarlarda uchramaydi.Hattoki ,Xondamirning ‘‘Makorim ul-axloq’’asari ham 
ma’lumotlarning boyligi, aniqligi, muhimligi bilan ham ‘‘Boburnoma’’dagi 
ma’lumotlar bilan tenglasha olmaydi. 
‘‘Boburnoma’’da bizga tanish va notanish bo’lgan forsiy va turk shoir, adib va 
olimlari haqida ham ma’lumotlar hamda asarlaridan namunalar va ularning tahlillari 
berilgan.Shunday qilib, ‘‘Boburnoma’’da turli toifa va turli qiyofadagi qanchadan-
qancha kishilarning hayoti va faoliyati bayon etilgan.BObur bu kishilarni shunchalik 
hayotiy, aniq va ravshan tasvirlaganki. ‘‘Boburnoma’’ni o’qiyotganimizda, ingliz 
olimi Elfinston aytganidek, ‘‘biz ularning orasida yashagandek bo’lamiz, va ularning 
xarakterlarini bilib olganimizdek, aft-basharalarini ham ko’ra va bila olamiz.’’ 
Asrlar mobaynida ham o’z ahamiyati va qadrini yo’qotmaydigan butun dunyo 
olimlarining nigohida turadigan ushbu asar adabiyotimizning yorqin va o’chmas 
yulduzi bo’lib qoladi.Biz yoshlar bu asarni har gal o’qiganimizda undan yangi va yangi 
qimmatli ma’lumotlarni olar ekanmiz, Bobur mirzoning donishmandligiga yana bir bor 
qoyil qolamiz. 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish