Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/61
Sana23.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#607166
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

Kant ijodining ahamiyati shundaki, u bilimlarimizning ikki tomonlamaligini, ya'ni ular 
nafaqat tajribada olingan, aposterior manbalarga, balki aprior, transsendent manbalarga ham 
tayanishini aniqladi

I.Kant gnoseologiyasining ontologik xususiyat kasb etuvchi yana bir muhim tamoyili 
uning transsendent bilish nazariyasidan kelib chiqadi va dunyoning, uni tashkil etuvchi barcha 


narsalarning umumiy tuzilishini tushuntiradi. 
Kant fikriga ko‘ra, inson ongi kabi, dunyodagi 
barcha narsalar ham ikki tomonlamadir. Birinchidan, bu qarshimizda narsaning eng yorqin 
tomoni sifatida namoyon bo‘luvchi, sezgilarimiz uni shunday idrok etuvchi «biz uchun narsa» 
yoki hodisa sifatidagi narsa. Ikkinchidan, bu biz sezgilarimiz bilan idrok etishga qodir 
bo‘lmagan «o‘zidagi» narsa, narsaning bizga «qorong‘i», yashirin, teran tomoni yoki “noumen” 
sifatidagi narsa.
Ayni shu sababli bizning dunyo, narsalar va inson haqidagi bilimimiz hyech qachon 
to‘liq, mutlaq bo‘lmaydi, balki doim nisbiy, noto‘liq bo‘lib qoladi. Dunyo va inson nima, degan 
savollar doim boqiy, falsafiy masalalar bo‘lib qoladi. Kant bilish nazariyasining asosiy 
tamoyillari ana shulardan iborat.
Shunday qilib, Kant o‘z bilish nazariyasida bilim, fan va madaniyatning rolini yanada 
yuksakroq darajaga ko‘tardi. Uning bilish nazariyasidan ong nafaqat dunyoni passiv aks ettiradi, 
balki insonga tabiatan berilgan sezish va idrok etishning aprior shakllari yordamida uni faol 
o‘zgartiradi, yaratadi, bunyod etadi degan xulosa kelib chiqadi. Kant bilish faoliyatining 
xususiyatini dunyoni aniq aks ettiruvchi ko‘zguga emas, balki chizgan rasmlari nafaqat 
dunyoning o‘zini, balki ijodkorning tabiatini ham aks ettiruvchi rassomga o‘xshatish lozim.
Ayni zamonda, Kant bilishning muayyan chegaralari ham mavjudligini qayd etadi. «Men 
yaratgan bilish nazariyasi inson aqlini uning imkoniyatlari chegarasi haqida ogohlantiruvchi 
chegara posboni yoki aqlning dimog‘dorligi deb ataluvchi xavfli kasallikka qarshi dori bo‘lib 
xizmat qilishi lozim»,
41
deb yozadi. 
Kant ta'limotidan inson bilimlari majmui bilishning insonga berilgan aprior shakllari 
yordamida narsalarning biron-bir qismi, tomoni, jihatinigina o‘ziga xos tarzda aks ettiradi, bu 
narsalar ko‘z o‘ngimizda doimo namoyon bo‘ladi, biroq o‘zining asl mohiyatini hyech qachon 
ko‘rsatmaydi, «o‘zidagi narsa» bo‘lib qoladi, degan xulosa kelib chiqadi.
Kant ta'limoti bilishning ijodiy tabiatini yoritib, inson bilimining taraqqiyotini, olimlar, 
yozuvchilar ijodini rag‘batlantirdi, biroq shu bilan bir vaqtda u inson bilimlarining nisbiyligi, u 
yoki bu g‘oyalar yoki nazariyalarni mutlaqlashtirish, shuningdek ularning yaratuvchilarini 
ilohiylashtirish xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish