Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Uning maqadi, tarkibiy qismlari, uzluksiz ta`limning moxiyati. Rivojlangan davlatlarning kasb ta`limi tizimi



Download 382,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana23.05.2022
Hajmi382,78 Kb.
#606944
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Uning maqadi, tarkibiy qismla



Murodova Zarnigor 
Husenova 105-guruh 
PUZ-171 
Passport seriya: 
AA6030800 


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Uning maqadi, tarkibiy qismlari, uzluksiz 
ta`limning moxiyati. Rivojlangan davlatlarning kasb ta`limi tizimi 
 
 
Tayanch so`z va atamalar 
 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, uning maqsadi, tarkibiy qismlari,
fanning maqsadi va vazifalari. 
Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi» (
1997 yil 29-avgustda qabul qilingan
) qabul qilingach, ta`lim tizimi
tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-
hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu 
birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan o`quv 
yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-hunar 
kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy 
dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat 
intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash kabi 
vazifalarni qo`yadi. 
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni 
o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan 
demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. 
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy 
o`zgarishlar ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha 
yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga 
oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy 
talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat 
ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir. 


Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. 
Kasb ta`limi metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, 
O`zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllana boshladi. Bunga asosiy sabab esa 
o`rta umumta`lim maktablariga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» 
predmetining kiritilishi bo`ldi.
Informatika va axborotlar texnologiyalari bilan bog`liq bo`lgan fanlarni 
o`qitish metodikasi bo`yicha ilmiy izlanishlar professorlar M. Z. Ziyoho`jaev, A. A. 
Abduqodirov, dotsent T. R. Azlarov va boshqalar tomonidan olib borilgan va bu 
sohada muayyan yutuqlarga ham erishilgan. 
O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimiga yangi bo`g`in, o`rta-maxsus va kasb-
hunar ta`limining kiritilishi bilan 
informatika yo`nalishidagi fan o`qituvchilari
uchun 
informatika o`qitish metodikasini yaratish kabi dolzarb muammoni hal qilish lozim 
bo`ladi. 
Bunda asosiy muammolar: 
Uzluksiz 
talim 
SHaxs 
Davlat va 
jamiyat 
Ishlab
chiqarish 
Fan 


-informatika yo`nalishlarida maxsus fanlarni o`qitishning maqsadi va vazifalari 
qanday; 
-o`quv predmeti sifatida fanlarning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak; 
-fanlardan o`quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o`quvchilarga 
yetkazilishi kerak;
-fanlardan o`quv materialini to`liq va chuqur o`rganish uchun qanday usul, shakl va 
vositalardan foydalanish lozim. 
Ma`lumki, har qanday fanni o`qitishda dastavval quyidagi an`anaviy savollar 
uchligi qo`yiladi:
- fanni nima uchun o`rganish kerak (ya`ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)? 
- nimani o`rganish kerak (ya`ni, mazmunni aniqlash)? 
- qanday o`rgatish kerak (ya`ni, ta`limning samarali usul va vositalarini aniqlash)? 
Kasb ta`limi metodikasi fani o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi o`qituvchilarini 
kelgusi kasbiy faoliyatida har tomonlama tayyorlashni amalga oshirish uchun chuqur 
ta`lim berishga qaratilgan. U predmet sifatida informatika yo`nalishidagi, o`rta 
bo`g`indagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etuvchi bo`lajak o`qituvchilarni 
kasbga yo`naltirish bo`yicha nazariy bilimlar berishga asoslangan. Zamonaviy 
ta`limda bu eng avvalo talabaning ijtimoiy hayot faoliyatida ongli, aqlli va 
madaniyatli munosabatda bo`lishga o`rgatishdir. «Ma`lakaviy ta`lim metodikasi» fani 
bir necha mutaxassislik fanlari bilan bog`liq bo`lgani uchun u bu fanlarning 
metodologiyalariga asoslanadi va ta`lim-tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. 
Ma`lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. 
Bundan tashqari malakaviy ta`lim metodikasi fiziologiya va psixologiya tomonidan 
o`rnatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi. 
Ma`lumki, metodika bu- metod va usullar yig`indisi bo`lib, qandaydir 
harakatni amalga oshirishdir. SHunday jumlalar mavjud: o`qitish metodikasi, 
o`rgatish metodikasi. Bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqli bo`lib, o`qitish bu 
o`rgatuvchining faoliyati. O`qitish metodikasi- o`quv predmeti sifatida bo`lg`usi 


muhandis-pedagog oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi. «Qanday va nimani o`qitish 
kerak?», «Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak?».
Ta`lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan, uning zamonaviy fanlar 
tizimida tutgan o`rni va vazifalaridan, jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan 
holda fanning asosiy maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin: 
o`quvchilarda komp yuter savodxonligini rivojlantirish; 
o`quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari 
haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o`zlashtirib olishlarini ta`minlash; 
o`quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko`rinishini shakllantirishda axborot 
jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion 
texnologiyalarning rolini ochib berish;
hayotida komp`yuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko`nikmalarini 
shakllantirish; 
YUqoridagi masalalardan hech biri qolganlaridan uzilgan holda, alohida hal 
etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda, bir-biri bilan chambarchas bog`liq holda 
amalga oshirilishi lozim, chunki o`quvchilar tomonidan yo`nalish fanlari asoslarini 
mustahkam egallash natijasida ularni tafakkurini tarbiyalash, ilmiy va kasbiy 
dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin.
O`quvchilarni to`g`ri va chuqur xulosalar chiqarishga, mantiqiy mushohadalar 
qilishga o`rgatish, ularda har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondashishga 
olib kelib, turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko`rsata olishlariga imkon beradi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, OʻzRning kadrlar tayyorlash milliy dasturi — 1997 
y. 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I. A. 
Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi taʼlim sohasini tubdan 
isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan toʻla xalos etish, yuqori 
malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, 
yuksak maʼnaviy va axloqiy talablariga javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan 
iborat. K.t.m.d. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997 y. avg .) qoidalariga 


muvofiq holda tayyorlangan boʻlib,milliy tajribaning tahlili va jahon miqyosi taʼlim 
tizimidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar 
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda 
moʻljalni toʻgʻri ola bilish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish 
va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Dastur 
kadrlar tayyorlash milliy modelini roʻyobga chiqarishni, har tomonlama kamol 
topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, taʼlim va kasb-hunar dasturlarini ongli 
ravishda tanlash va keyinchalik puxta oʻzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, 
psixologik-pedagogik va b. tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila 
oldida oʻz javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligida 
ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modeli qator noyob, takrorlanmas oʻziga 
xos xususiyatlarga ega. U Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy 
taraqqiyotini taʼminlay oladigan dadil, mustaqil fikrli, malakali, bilimli mutaxassis, 
ayni paytda ezgu insoniy sifatlarga ega kadrlarni tayyorlash maqsadini koʻzlaydi. 
K.t.m.d. I. Karimov tomonidan ijtimoiy ongga kiritilgan, davlatni, jamiyatni 
rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi tushunchadir. 
Dastur 5 boʻlimdan iborat: Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh 
qilish omillari; Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni roʻyobga chiqarish 
bosqichlari; Kadrlar tayyorlashning milliy modeli; Kadrlar tayyorlash tizimini 
rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari; Milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir 
tashkiliy chora-tadbirlar. 
Dasturning 1-boʻlimida OʻzR davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning oʻziga xos yoʻlini tanlashi kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini 
qayta tashkil etish zarurligi, bu hol qator chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etishni, 
lekin sodir etilgan oʻzgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlay olmagani 
qayd etildi. Shuningdek, bu boʻlimda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh 
qilishning muhim omillari bayon etilgan. 
Dasturning 2-boʻlimida uning maqsadi, vazifalari va dasturni roʻyobga chiqarish 
bosqichlari aniq ifoda etilgan. Maqsad va vazifalarni roʻyobga chiqarish 3 
bosqichdan iborat boʻlib, 1-bosqichi (1997—2000 y.lar)da mavjud kadrlar tayyorlash 
tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va 
rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy 
shart-sharoitlar yaratish, 2-bosqich (2001—2005 y.lar)da milliy dasturni toʻliq 
roʻyobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiyiqtisodiy 


sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish, 3-bosqich (2005 va undan 
keyingi yillar)da toʻplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash 
tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish nazarda tutiladi. 
Dasturning 3-boʻlimida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari 
shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz taʼlim, fan va i.ch.dan iborat ekanligi koʻrsatilgan. 
Bunda shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subʼyekti va obʼyekti, taʼlim 
sohasidagi xizmatlarning isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchisi, davlat va 
jamiyat esa, taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va 
nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning 
kafillari sifatida bayon qilingan. Uzluksiz taʼlim esa, malakali raqobatbardosh kadrlar 
tayyorlashning asosi boʻlib, u maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus 
va kasb-hunar taʼlimi (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari), oliy taʼlim 
(bakalavriat va magistratura), oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim (aspirantura, 
adʼyunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik), kadrlar malakasini oshirish va 
ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlim turlarini oʻz ichiga oladi. Fan 
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi hamda ulardan foydalanuvchi, ilgor 
pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchidir. I.ch. kadrlarga boʻlgan 
ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan 
qoʻyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini 
moliya va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash jarayonining qatnashchisidir. 
Dasturning 4-boʻlimida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy 
yoʻnalishlari bayon qilingan. Bular taʼlimning uzluksizligini taʼminlash, pedagog va 
ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirishning zamon talablariga moslashuvchan, taʼlimning yuqori sifatli va barqaror 
rivojlanishini koʻzlovchi tizimini vujudga keltirish, taʼlim jarayonini mazmunan isloh 
qilish, yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-
tarixiy anʼanalariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan 
samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy 
etish, iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarni aniqlashdan iborat. Shuningdek, 
uzluksiz taʼlim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat taʼlim 
muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish qamda ularni izchil rivojlantirishni 
davlat yoʻli bilan boshqarish, kasb-hunar taʼlimi sifatini nazorat qilish tizimini 
shakllantirish, taʼlim tizimini moliyalashni takomillashtirish, mavjud taʼlim 
muassasalarini kapital taʼmirlash va yangi taʼlim muassasalari qurish, ularni normativ 
talablarga muvofiq, zamonaviy texnika va texnologiyalar darajasini hisobga olgan 
holda jihozlanishini taʼminlash, taʼlim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga 


keltirish, taʼlim xizmati koʻrsatish bozorini rivojlantirish, taʼlim sohasida ijtimoiy 
kafolatlarni taʼminlash hamda bu sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, fan 
bilan taʼlim jarayoni aloqalarini, i.ch. va taʼlim tizimi integratsiyalashuvini, taʼlim va 
kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ham taʼlim tizimini 
rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridir. 
Dasturning 5-boʻlimida milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-
tadbirlar belgilangan. 
Dasturdan OʻzR Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va nutklarida taʼlim masalalari 
boʻyicha qayd etilgan tamoyillarning barchasi oʻrin olgan. Dastur qabul qilinganidan 
soʻng respublika butun taʼlim tizimini tubdan isloh qilishning aniq strategik 
yoʻnalishiga ega boʻldi va bu borada bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 
respublikaning 24 maktabida umumiy oʻrta taʼlimning 23 oʻquv predmeti mazmunini 
yangilash, oʻquvchilar bilimini baholashning yagona reyting tizimini joriy etish 
yuzasidan tajriba-sinov ishlari oʻtkazildi. Ularning natijalari asosida umumiy oʻrta 
taʼlimning barcha sohalaridan davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari, yangi 
darsliklar ishlab chiqildi. Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari tarmogʻini barpo 
etish hamda ularni samarali ishlashi uchun barcha shartsharoitlar yaratish boʻyicha bir 
qancha ishlar amalga oshirildi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibida oʻrta 
maxsus, kasb-xunar taʼlimi markazi barpo etilib, litsey va kollejlar shu markaz 
ixtiyoriga oʻtkazildi. 2000 y.gacha bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha 251 davlat taʼlim 
standartlari ishlab chiqildi, dasturning kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash yoʻnalishi boʻyicha 71 oʻqituvchining chet ellarda, 980 oʻqituvchining chet 
el oʻqituvchilarini jalb etish yoʻli bilan malakasi oshirildi. Dastur muvaffaqiyat bilan 
rivojlanib, OʻzR ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolishiga ishonchli kafolatdir.

Download 382,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish