Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga
undash
har xil usullar va vositalar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu
insonni yoki uning yaqinlarini bunday tashkilot faoliyatida qatnashish
uchun jismoniy majburlash bo‘lishi mumkin. Undashni kishining jamoat
birlashmasida, ko‘proq diniy tashkilot faoliyatida qatnashgandan so‘ng,
uning gunohlari va boshqalar kechirilishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan
amalga oshirish mumkin. Ko‘p holatlarda jamoat birlashmalari va diniy
tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash moddiy rag‘batlantirish (pul,
narsa, mulk va boshqa qimmatbaho narsalar) vositasida amalga oshiriladi.
Undan tashqari, undash targ‘ibot, tashviqot yo‘li bilan va shu singari
tashkilotlar faoliyatida qatnashishga chaqirish orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, jamoat birlashmalari faoliyatida qatnashishga undash
tashviqot, targ‘ibot, chaqiruvlar shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Tashviqot
ko‘pincha taqiqlangan yoki g‘ayriqonuniy diniy tashkilotlar
yoxud jamoat birlashmalarining asosiy g‘oyalari hamda ular faoliyatida
ishtirok etishga chaqiruvchi og‘zaki va yozma shaklda chop etgan holda
keng ko‘lamdagi aholi qatlami orasida olib boriladi.
Targ‘ibot
(lot. propaganda — targ‘ib qilish) — aholi o‘rtasida mazkur
birlashmalarning faoliyatiga taalluqli g‘oya, fikr, ta’limot va bilimlarni
tarqatish va tushuntirish, keng ommaga g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatishdir.
Chaqiruvlar
deganda, muayyan doiradagi shaxslar orasida ma’lum bir
jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga
undash maqsadida tashqi tomondan insonlarda bu haqda iliq tuyg‘ular
uyg‘otishga, ularning ongi, irodasiga ta’sir o‘tkazish, g‘ayriqonuniy jamoat
birlashmalari va diniy tashkilotlarning o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga
erishish, ularning faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, yangi
ishtirokchilar jalb qilishga qaratilgan harakatlar tushuniladi.
Ushbu tahlil qilinayotgan moddani kvalifikatsiya qilishda jamoat
387
birlashmalari va diniy tashkilotlarning g‘ayriqonuniy faoliyat yuritishi
muhim omil hisoblanadi. Ushbu jamoat birlashmalari yoki diniy
tashkilotlar sud qarori bilan tugatilgan yoki ular o‘rnatilgan qonunlarga
rioya qilmaganligi sababli tegishli organlar tomonidan ro‘yxatga
olinmagan bo‘ladi.
(Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarning qonuniyligi haqida JK
216-moddasi tahliliga qarang.)
O‘zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi
Qonunida asosiy umumiy prinsip sifatida belgilanishicha: «Jamoat
birlashmalari o‘z a’zolari (qatnashchilari)ning ixtiyoriyligi, teng
huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida
tuziladi va harakat qiladi». Ushbu prinsipga asosan, O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
ixtiyoriy ravishda har xil jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lishi mumkin va
ularni jamoat birlashmalariga majburlash yo‘li bilan kiritishga hech
kimning haqqi yo‘q. Qonunchilik diniy tashkilotlarning ham faoliyatini
shu tartibda qat’iy belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi — dunyoviy davlat. Davlat dinni va
odamlarning e’tiqodini hurmat qilib va tushunib, insonning vijdon
erkinligini tan oladi, dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikka, diniy
udumlarda, rasm-rusumlarda qatnashish-qatnashmaslik huquqini beradi.
Lekin, shu bilan birga, odamlarni e’tiqodni tanlashda, diniy tashkilotlarda
qatnashganda ta’sir qiladigan har qanday g‘ayriqonuniy ta’sirlardan
himoyalaydi. Shu sababli, har qanday g‘ayriqonuniy diniy tashkilotlarga
undash taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi insonning
birlashish va vijdon erkinligi huquqlarini tan olib hamda bunday birlashma
bo‘lishi kerakligini o‘rnatib, jamoat birlashmalariga qatnashishga undashni
taqiqlaydi.
Ushbu sharhlanayotgan moddada aybdor shaxsning qilmishini
kvalifikatsiya qilishda ushbu aybdor shaxsga nisbatan bir yil davomida
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
202
1
-moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlik qo‘llanganini aniqlash zarur.
Faqat ma’muriy preyuditsiya bo‘lgan taqdirda, ya’ni aybdor shaxsga
388
nisbatan shunga o‘xshash qilmishi uchun ma’muriy jazo qo‘llangan bo‘lsa
hamda ushbu qilmishni ma’muriy jazo qo‘llangandan so‘ng bir yil
davomida sodir etsa, u JK 216
1
-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka
tortilishi mumkin.
G‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida
qatnashishga jinoiy undash formal tarkibli jinoyatdir. Ushbu jinoyatni
Do'stlaringiz bilan baham: |