Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Mansabdor shaxs tomonidan uz xizmat vakolatini suiiste’mol



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Mansabdor shaxs tomonidan uz xizmat vakolatini suiiste’mol 
qilishga 
lavozimni egallab turgan vaqt davomida vakolatlarni suiiste’mol 
qilish kiritiladi. Mansabdor shaxs o‘ziga kerakli bo‘lgan qarorga erishish 
340 


maqsadida o‘z xizmat vakolatlaridan emas, balki xizmat yoki shaxsiy 
aloqalari, egallab turgan lavozimning obro‘sidan foydalansa, jinoyat 
tarkibi bo‘lmaydi. 
Sharhlanayotgan modda bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning zaruriy 
belgisi hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish natijasida 
fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga 
yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy 
ziyon yetkazish hisoblanadi. 
Jinoyat ko‘p miqdorda zarar yoxud fuqarolarning huquqlari yoki qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat 
manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilgan paytdan boshlab 
tugallangan 
hisoblanadi. Fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga yetkazilgan zarar 
miqdorini e’tirof etish to‘g‘risidagi masala muayyan ish holatlari bo‘yicha 
tergov organlari va sud tomonidan hal qilinadi. 
«Fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon 
yetkazish moddiy zarar tarzida ham, boy berilgan foyda tarzida ham, 
shuningdek, turli xil manfaatlarga boshqacha zarar yetkazishda, hokimiyat 
organlarining obro‘siga putur yetkazishda, og‘ir jinoyatlarni yashirishda va 
hokazoda ifodalanishi mumkin»
1

Jiddiy ziyon 
baholanadigan tushunchadir, shu bois uni 
rasmiylashtirilgan miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash mushkul va u faqat 
moddiy ziyondan iborat deb qaralmasligi lozim. Ayni paytda aksariyat 
hollarda mansabni suiiste’mol qilishning oqibati mulkiy ziyon yetkazish 
bo‘lib, uni aniqlashda moddiy ziyonning hajmi, moddiy obyektlarning 
qiymati, mulkiy foyda olishning imkoni, shunga o‘xshash boshqa ko‘pgina 
omillarni inobatga olish zarur, chunki ularning yig‘indisi fuqarolarning 
huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat 
yoki jamoat manfaatlariga yetkazilgan zararning jiddiyligidan guvohlik 
1
Қаранг
:
 
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1998 йил 17 апрелдаги «Иқтисодиёт соҳасидаги 
жиноий ишлар бўйича суд амалиётида юзага келган айрим масалалар тўғрисида»ги 11-сонли қарори 
(Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2002 йил 14 июндаги 10-сонли, 2002 йил 25 октябрдаги 28-
сонли ва 2006 йил 3 февралдаги 5-сонли қарорларига асосан киритилган ўзгар- тириш ва қўшимчалар билан) // 
Тўплам, 1-жилд. — 123-124-б.
341 


beradi. Zararning jiddiyligi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklarini poymol qilish hamda davlat hokimiyati tegishli idoralarining 
nufuzi va ishonchining pasayish darajasi bilan aniqlanishi mumkin. 
Yetkazilgan zararning jiddiyligi davlat tashkilotlari, muassasalari, 
korxonalari, jamoat birlashmalari va hokazolar faoliyatidagi 
boshboshdoqlikda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Mansabdor shaxs 
tomonidan inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari 
buzilishini ham jiddiy ziyon deb hisoblash zarur. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish