Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

qo‘shimcha bevosita obyekt 
bo‘lishi mumkin. 
Jinoyatning 
predmeti 
o‘rmonlardagi daraxt, butazorlarning har xil 
turlari hamda o‘rmon fondiga kirmaydigan yoki kesish taqiqlangan 
daraxtlar, butazor, ekinzor va boshqa dov-daraxtlardir. 
Ekin 
deganda, daraxt ko‘chatlari, buta o‘simlik va boshqa o‘simliklar, 
sun’iy o‘tqazilgan daraxt ko‘chatlari hamda unib chiqmagan urug‘lar 
tushuniladi. 
O‘rmon 
— yer, daraxt, buta va boshqa o‘simliklar, hayvonlar, 
305 


parrandalar, mikroorganizmlar va boshqa tabiat unsurlarining jamidir. 
Obyektiv tomondan 
JK 198-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyat 
olov bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lmaslik natijasida ekinzor, 
o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoxud ularni nobud 
qilish, ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga 
sabab bo‘lishida ifodalanadi. 
Ekinzor, o‘rmon va boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish 
— bu 
ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qisman zarar yetkazish, ya’ni 
muayyan sarf-xarajatlar va kuch ishlatib ularning dastlabki holatini tiklash 
imkoniyati bo‘lgan hollar. 
Ekinzor, o‘rmon va boshqa dov-daraxtlarni nobud qilish 
— bu 
ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarning batamom yonib ketishi va 
h.k. 
Olov bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lmaslik 
o‘rmon ichida 
yoki o‘rmon yaqinida yong‘in xavfsizligi qoidalariga yoki o‘rmonda 
bo‘lish, unda xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish 
qoidalariga rioya qilmaslikdan iborat harakatlarda namoyon bo‘ladi. 
JK 198-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat, agar olov bilan 
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lmaslik natijasida ekinzor, o‘rmon yoki 
boshqa dov-daraxtlarga ko‘p miqdordagi zarar yetkazilsa yoki ular nobud 
qilinsa yoxud boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqsa, 
tugallangan 
jinoyat deb 
topiladi. 
Etkazilgan zarar miqdorini baholashda o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari 
xizmatiga murojaat etish zarur, ular yong‘inga duchor bo‘lgan maydonni, 
daraxtlar maydonini, navlarini va hokazolarni hisobga olishlari kerak. 
Etkazilgan zarar miqdorini baholashda sud yong‘in maydoni, yong‘inda 
nobud bo‘lgan daraxtlar (etilgan, etilib kelayotgan) miqdori, yong‘inda 
nobud bo‘lgan yoki shikast etgan o‘rmon massivlaridagi o‘rmon 
kategoriyasi, daraxtlarning navi va ularning xo‘jalik, maxsus, ilmiy va 
boshqa qimmatini hisobga olgan holda har bir muayyan holatdan kelib 
chiqishi kerak. Undan tashqari, masalan, suvni tartibga soluvchi va tabiatni 
muhofaza qilish xususiyatiga ega bo‘lgan, sun’iy o‘stirilishi qiyin bo‘lgan 
tog‘ archali o‘rmon massiviga shikast yetishi yoki ularning nobud bo‘lishi 
306 


yoxud qo‘riqxonalarda o‘suvchi, respublikada mevachilikni o‘rganish va 
rivojlantirish uchun selektsiya-genetika fondini tashkil etuvchi subtropik 
va boshqa qimmatli yovvoyi o‘simliklarning nobud bo‘lishi ko‘p 
miqdordagi zarar sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak. 
O‘rmonga shikast yetkazish va uni nobud qilish bilan yetkazilgan zarar 
miqdori ularning har xil turlari salbiy oqibatlarini hisobga olgan holda 
belgilanadi. Zarar miqdoriga daraxtlarning amaldagi narxi bo‘yicha 
hisoblangan talafot bahosi, nobud bo‘lgan o‘rmon o‘rniga yangi o‘rmon 
ekini va yosh o‘rmonni o‘stirish, hududni tozalash uchun ketadigan 
xarajatlar kiradi. Zarar summasiga yong‘inni o‘chirishga ketgan barcha 
xarajatlarni ham kiritish mumkin. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish