Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Atmosfera havosi 
— atmosferaning turar joy, ijtimoiy va ishlab 
chiqarish binosi hamda ishlab chiqarish hududidan tashqarida bo‘lgan, 
yerning evolyutsiyasi davomida shakllangan yerga yaqin qavati 
gazlarining tabiiy aralashmasi. Ularning ifloslanishi mehnatni muhofaza 
qilish va ishlab chiqarishdagi xavfsizlik qoidalarini buzish kabi jinoyat 
tarkibini keltirib chiqarishi mumkin. 
Obyektiv tomondan jinoyat 
yer, suv yoki atmosfera havosining 
buzilishi, ifloslanishi va tabiiy xususiyatlarining boshqacha tarzda 
o‘zgarishidan iborat harakat yoki harakatsizlik, jinoiy oqibat, harakat bilan 
kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishda ifodalanadi. 
Yer, suv, atmosferaning ifloslanishi va buzilishi 
deganda, o‘zini o‘zi 
tozalashga bo‘lgan tabiiy qobiliyatini pasaytiradigan fizik, kimyoviy, 
biologik xususiyatlarga ta’sir tushuniladi. 
Yerning buzilishi 
— uning unumdor qavatining buzilishiga va qirilib 
ketishiga olib keluvchi harakat (harakatsizlik). 
Ifloslantirish 
— yerga xarakterli bo‘lmagan fizik, kimyoviy, biologik 
modda, organizmlarni kiritish. 
Suvning ifloslanishi 
deganda, suv tarkibining (fizik, kimyoviy va 
boshqa) o‘zgarishlari tushunilib, buning oqibatida suv tozaligi belgilangan 
normativlardagidan ko‘ra ko‘proq ifloslanadi. Odatda, suvning ifloslanishi 
suvga sanoat ishlab chiqarishi chiqindilari oqizilishi, zaharli biologik 
moddalar, zaharli kimyoviy dorilarni saqlash qoidalari buzilishi va h.k.lar 
natijasida sodir bo‘ladi. Oqibatda suvning ifloslanganlik darajasi ortib, 
insonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Suvning kamayishi 
deganda, yuzaki va sizot suvlarning zaxiralari izchil 
qisqarib borishi va ular sifatining yomonlashuvi tushuniladi. 
Yuzaki va sizot suvlar, ichimlik suvi bilan ta’minlash manbalari 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish