7-§. Muhit omillari va ularning tasnifi tayanch bilimlaringizni qo‘llang



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.05.2022
Hajmi0,66 Mb.
#605515
1   2   3   4
Bog'liq
7-8-9-10

Kun uzunligi (fotoperiod)
o‘simlik va hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. 
Fotoperiod kun uzunligi bo‘lib, u yil fasllari bilan belgilanadi. Kun uzunligining 
o‘zgarishi natijasida yil fasllarining almashinishi sodir bo‘ladi. Yer sharining 
Quyosh atro da harakatlanishi va Yer o‘qining orbita tekisligiga nisbatan burchak 
ostida joylashganligi yil fasllari almashinishining asosiy sababi hisoblanadi. 
Kun uzunligi organizmlardagi ziologik jarayonlar va mavsumiy 
bioritmlar uzviyligini belgilovchi omil sanaladi. Kun uzunligining o‘zgarishi 
o‘simliklar va hayvonlar uchun signal vazifasini bajaradi.
Bu omil 
o‘simliklarning o

sishi, gullashi, meva tugishi, xazonrezgilik, tinim davriga 
o

tish kabi muhim biologik jarayonlarni boshqaradi. Hayvonlarning tullashi, 
migratsiyasi, ko‘payishi ham kun uzunligi
bilan belgilanadi.
Organizmlarning yorug‘likka nisbatan ehtiyojiga ko‘ra 
tasni .
Tirik 
organizmlarning yorug

likka ehtiyoji turlicha. O

simliklar yorug

likka bo‘lgan
talabiga ko

ra quyidagi ekologik guruhlarga ajratiladi.
Yorug‘sevar o‘simliklar
 
ko‘p miqdorda quyosh energiyasini qabul qiladi. Bu o‘simliklar dasht, cho‘l, 
o‘tloq kabi ochiq joylarda o‘sadi. Yorug‘sevar o‘simliklarga o‘t o‘simliklardan 
zubturum, daraxtlardan saksovul, gledichiya, qarag‘ay, qayin, shumtol, yapon 
saforasi, madaniy o‘simliklardan makkajo‘xori, oqjo‘xori (sorgo), shakarqamish 
kabilar kiradi. Yorug‘sevar o‘simliklarning shox-shabbasi bir-biriga soya 
solmasdan o‘sadi. Bu o‘simliklarning barg plastinkalari qalin bo‘lib, sirti mum 
bilan qoplangan, xloroplastlarga boy, barg og‘izchalari ko‘p bo‘ladi. 


50
Soyaga chidamli o‘simlik
lar 
– yorug‘ joyda yaxshi o‘sadi, lekin 
yorug‘likning yetishmovchiligiga ham bardosh bera oladigan o‘simliklar. Bu 
guruhga nastarin, lipa, qulupnay, binafsha kabi o‘simliklar misol bo‘ladi. 
Soyasevar o‘simliklar – o‘rmonlarning quyi yaruslarida va suv havzalarining 
tubida o‘sadigan o‘simliklar. Bu o‘simliklar kuchli yorug‘likni yoqtirmaydi. 
Soyasevar o‘simliklarga yo‘sin, plaun, qirqquloq, qirqbo‘gim, qizil va 
qo‘ng‘ir suvo‘tlar kiradi. 
O‘simliklarning yorug‘likka bo‘lgan talabini yaxshi bilgan holda Yer 
sharining turli joylaridan keltirilgan madaniy va manzarali o‘simliklarni 
ko‘paytirish mumkin (13–14-rasmlar).
Hayvonlar yorug‘likka bo‘lgan talabiga ko‘ra quyidagi ekologik guruhlarga 
ajratiladi: 
kunduzgi,
kechqurungi va tungi
hayvonlar. Bu hayvonlarning 
Shakarqamish
Oqjo‘xori
Makkajo‘xori
Anturium
Monstera
Giasint
14-rasm. 
Yorug‘sevar manzarali o‘simliklar.
13-rasm. 
Yorug‘sevar madaniy o‘simliklar.


51
faolligi sutkaning yoritilganlik darajasiga bo‘g‘liq. Kunduzgi hayvon turlari 
ko‘pchilikni tashkil etadi (asalari, qaldirg

och, quyon), ularning hayotiy 
faoliyati sutkaning yorug

vaqtida faol kechadi. Tungi hayvonlar (bo

ri, 
ukki, chirildoq, suvarak)
tunda faol harakatlanib, oziq izlaydi.
Kechqurungi 
hayvonlar (ko

rshapalak, may qo

ng

izi) o‘z faoliyatini quyosh botgan g

ira-
shira vaqtda boshlaydi.
Hayvonlarning rang ajrata olish qobiliyati ham 
sutkaning qaysi vaqtida faol bo‘lishiga bog

liq.
Yirtqich sutemizuvchilar, 
yirtqich qushlar ranglarni farq qilmaydi, kunduzgi hayvonlardan primatlar, 
to

tiqushlar, kolibrilar ranglarni ajrata olish qobiliyatiga ega.
Yer yuzining turli kengliklarida kun uzunligi bir xil emas. Ekvatorda 
kun uzunligi yil davomida deyarli bir xil, taxminan 12 soatni tashkil etadi. 
Ekvatordan qutblarga borgan sari kun uzunligi yil fasllariga qarab farqlanadi.
O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi, rivojlanishi kun uzunligiga bog‘liq. 
Bu hodisa 
fotoperiodizm 
deyiladi. 
Fotoperiodizm 
kun uzunligining mavsumiy 
o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari hisoblanadi. 
Fotoperiodizm yorug‘likning intensivligiga emas, balki sutkaning yorug‘ va 
qorong‘i vaqtlarining almashinish davriyligiga bog‘liq. Fotoperiodizm tirik 
organizmlardagi morfologik, ziologik, biokimyoviy jarayonlarning kun 
uzunligiga bog‘liq ravishda ritmik o‘zgarishlaridir. 
Kun uzunligiga nisbatan javob reaksiyasiga ko‘ra o‘simliklar ekologik 
guruhlarga ajratiladi. 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish