~ 6 ~
boʻlgan pul miqdori tushuniladi. Pul taklifi hajmini bilish (oʻlchash)
uchun
quyidagi agregatlardan foydalaniladi:
– bank tizimidan tashqari muomaladagi banknotalar va tangalar (naqd
pullar);
– M0 + banklardagi talab qilib olguncha omonatlar;
– M1 + banklardagi oʻrta muddatli omonatlar;
– M2 + banklardagi uzoq muddatli omonatlar.
Foydalaniladigan pul agregatlarining miqdori va tarkibi dunyo mamlakatlari
boʻyicha farq qiladi. AQSH va Rossiyada pul taklifini hisoblash toʻrtta, Yaponiya
va Germaniyada uchta, Buyuk Britaniya va Fransiyada ikkita agregat boʻyicha olib
boriladi.
Pul-kreditistlar deb ataluvchi bir qator iqtisodchilar pul massasining oʻsish
sur’atlari oʻzgarishi inflyatsiya va inqirozlarni keltirib chiqaruvchi yagona muhim
sabab deb bilishadi. Jumladan, pul-kreditizm asoschisi
Milton Fridman fikriga
koʻra: “Pul-kredit siyosati qisqa muddatli davrda real iqtisodiyotga kuchli ta’sir
koʻrsatadi. Ammo uzoq muddatli davrda pul taklifidagi oʻzgarishlar eng avvalo
narx darajasiga ta’sir etadi” Ularning fikrini isbotlash yoki inkor qilish mushkul,
chunki ularning oʻzi nimani pul deb hisoblash masalasida toʻliq kelishuvga
erisholmayaptilar11.
Pul miqdorini oʻlchashda muammo shundan iboratki,
zamonaviy
iqtisodiyotda turli xil aktivlar bir vaqtning oʻzida u yoki bu darajada pulning
barcha uchta funktsiyasini (muomala vositasi, qiymat oʻlchovi, jamgʻarish vositasi)
bajarishidadir. Shuning uchun pulning oʻzi va boshqa likvidli aktivlar oʻrtasidan
chegara tortishda aniq asoslarga ega emasmiz.
M1 toʻlov vositasi sifatidagi pulining an’anaviy tarifiga eng yuqori darajada
mos keluvchi aktiv hisoblanadi. M2 va M3 belgilangan muddatda qaytariladigan
oʻrta va uzoq muddatli omonatlarni ham oʻz ichiga olganligi sababli,
ulardan
istalgan paytda foydalanish imkoni, faqatgina foiz koʻrinishdagi jarimalar toʻlash
hisobidan boʻlishi mumkin.
Pul massasi quyidagilarning oʻzaro harakatlari bilan belgilanadi:
1. Markaziy bank – bank tizimini boshqaradi va pul-kredit siyosati uchun
javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
~ 7 ~
2. Banklar (depazitar tashkilotlar) – aholi va tashkilotlarning omonatlarni
qabul qiladi yoki ularga qarz beruvchi moliyaviy vositachilar: tijorat banklari,
oʻzaro jamgʻarma banklar, kredit uyushmalari.
3. Aholi – alohida
shaxs yoki firmaning banknota, tanga yoki banklardagi
depozitlar shaklida pulga egalik qilishi. Iqtisodiyotdagi pul massasi (M) aholi
qoʻlidagi naqd pullar (CU) va bank depozitlari (DEP) yigʻindisiga teng:
M = CU + DEP.
Pul bazasi (BASE) bank tizimidan tashqari aholi qoʻlidagi naqd pullar va
bank zahiralari (RES = markaziy bankdagi banklar depozitlari + banklar
omboridagi naqd pullar) yigʻindisiga teng:
BASE = CU + RES.
Iqtisodiy nazariyaga koʻra, pul-kredit siyosatining
bosh maqsadi shunday
boʻlishi kerakki, u eng yuqori darajada jamiyat manfaatlariga mos kelsin. Pulkredit
siyosatining eng soʻnggi maqsad(lar)i qonunchilikda belgilanadi va jamoatchilikka
tushuntirib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: