O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/147
Sana19.05.2022
Hajmi0,75 Mb.
#604661
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

84-modda. Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Ko‘chmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga
kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ huquq egasining iltimosiga ko‘ra amalga oshirilgan ro‘yxatdan
o‘tkazishni ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquq yoki bitim to‘g‘risida hujjat berish yoxud ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlashi shart.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan
huquqlar haqidagi axborotni har qanday shaxsga berishi shart.
Axborot, ro‘yxatdan o‘tkazish qayerda amalga oshirilganidan qat’i nazar, ko‘chmas mol-
mulkni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi har qanday organ tomonidan beriladi.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqni yoki u haqda tuzilgan bitimni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishni rad etish yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat
qilinishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish asoslari qonunchilik
bilan belgilab qo‘yiladi.
(84-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
85-modda. Korxona
Butun korxona mulkiy kompleks sifatida ko‘chmas mulk hisoblanadi.
Butun korxona yoki uning qismi olish-sotish, garovga qo‘yish, ijara hamda ashyoviy
huquqlarni belgilash, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq boshqa bitimlarning obyekti bo‘lishi
mumkin.


Mulkiy kompleks bo‘lgan korxona tarkibiga uning faoliyati uchun mo‘ljallangan hamma mulk
turlari, shu jumladan yer uchastkalari, binolar, inshootlar, uskuna, inventar, xomashyo, mahsulot,
talab qilish huquqi, qarzlar, shuningdek korxonani, uning mahsuloti, ishlari va xizmatlarini aks
ettiruvchi xususiy alomatlarga (firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari) bo‘lgan
huquqlar va boshqa mutlaq huquqlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa, kiradi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish