1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152
bozor iqtisodiyotiga oʻtishning
birinchi bosqichida 
quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qoʻyilganligi 
ta’kidlanadi: - totalitar tizimning ogʻir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish; - Respublikaning oʻziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor 
munosabatlarining negizlarini shakllantirish.

Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim 
yoʻnalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: - oʻtish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, 
islohotlarning qonuniy-huquqiy 
negizini mustahkamlash; - mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini 
xususiylashtirish, 
qishloq xoʻjaligida va xalq xoʻjaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini 
vujudga keltirish; - ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning 
barqarorlashuvini ta’minlash. 
Respublikada bozor munosabatlariga oʻtishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va 
ijtimoiy sohada yuz bergan tub oʻzgarishlar uning oʻz taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi 
bosqichga oʻta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. SHu bilan birga isloh qilishning 
birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yoʻnalishlarini aniq 
belgilab olish imkonini berdi. 
Ikkinchi bosqichda 
investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni 


amalga oshirish va Shuning negizida iqtisodiy oʻsishni ta’minlab, bozor munosabatlarini toʻliq 
joriy qilish maqsad qilib qoʻyiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich 
uchun quyidagi bir qator vazifalar ajratib koʻrsatildi: - davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida 
boshlangan ishni oxiriga yetkazish; - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy 
barqarorlikni 
ta’minlash; - milliy valyuta-soʻmni yana ham mustahkamlash; - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan 
oʻzgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan 
tayyor mahsulot ishlab chiqarishga oʻtish.


Karimov I.A. Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida. T.: «Oʻzbekiston», 1995, 19-bet. 
Oʻtish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy 
himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam koʻrsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan 
yoʻl davom ettiriladi. 
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab oʻtganlaridek, hozirgi bosqichda 
«erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham 
siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir»
5
. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq 
vazifalarni amalga oshirishni koʻzda tutadi: - iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida 
erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan 
oʻtkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; - xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish 
va shu asosida amalda mulkdorlar 
sinfini shakllantirish; - mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yoʻnaltirilgan 
sarmoyalarni 
keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada 
kuchaytirish; - kichik va oʻrta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustivor oʻrin olishiga erishish; - mamlakatning 
eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning 
jahon iqtisodiy tizimiga keng koʻlamda integratsiyalashuvini ta’minlash; - iqtisodiyotda mamlakatimiz 
iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga 
qaratilgan tarkibiy oʻzgarishlarni izchil davom ettirish. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish