107
-
V gruppa – juda og‘ir jismoniy mehnat turi bilan shug‘ullanuvchi insonlar - 4500-
5000 kkal.
2.
Oziqa moddalarning koloriyalik darajasi hisobga olinadi.
3.
Oziqa moddalarning izodinamikasini o‘rganish, ya’ni oqsil, yog‘ va uglevodlarni
bir-birini o‘rnini bosish xususiyati. Ularning energetik ko‘rsatgichlarini hisoblash
orqali o‘rin almashtirib iste’mol qilishni inobatga olish. Ammo bunday almashtirilish
qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Chunki oziqa moddalar energetik ahamiyatdan
tashqari plastik ahamiyatini yodda tutish zarur.
4.
Ozuqa moddalar ratsionida har bir guruhga mos oqsil, yog‘ va uglevodlar bo‘lishi
kerak. Masalan, 1 guruhdagi insonlar uchun 1 sutkalik ratsionda 80- 120 g oqsil, 80-
100 g yog‘, 400-600 g uglevodlar bo‘lishi kerak. Ozuqa ratsionidagi oqsil miqdori
katta ahamiyat kasb etadi. Organizdagi oqsil miqdorini meyoriy ko‘rsatgichlari azot
balansi bilan aniqlanadi.
5.
Ozuqa ratsionidagi oqsil, yog‘ va uglevodlar nisbati 1:1:4 bo‘lishi kerak.
6. Ratsion tuliqligicha organizmni vitamin, mineral tuzlar va suvga bo‘lgan
ehtiyojini qoplashi zarur.
7.
Ovqat tarkibida sifatli va sifatsiz oqsillar bo‘lishi kerak.
8.
Ozuqa ratsioni tarkibiga iste’mol qilinadigan
umumiy oqsilning uchdan bir
nisbatida hayvon oqsili iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
9.
Oziqa moddalarning o‘zlashtirilish darajasini ham inobatga olish zarur.
10. To‘qlik hissini beruvchi ovqat hajmini inobatga olish ham katta ahamiyatga
ega.
11. Surilish jarayonidagi meyor to`g‘ri ovqatlanish bilan ham belgilanadi.
12.
Iste’mol qilinadigan ozuqa tarkibidagi kaloriyalarni sutka bo‘ylab taqsimlash to‘g‘ri
bajarilishi kerak.
13.
Hayvon oqsillariga boy ovqatni kunning birinchi yarmida, sutli va sabzavotli
mahsulotlarni esa kunning ikkinchi yarmida iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
Oziqa ratsionini tuzishda ovqatning ko`rinishi va undan taralayotgan hid ham katta
ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim.
108
Tana haroratini boshqarilishi - termoregulyatsiya
deyiladi.
Fiziologik
mexanizmiga qarab kimyoviy va fizikaviy termoregulyatsiyalar farq qilinadi.
Kimyoviy termoregulyatsiya
- organizmda issiqlik hosil bo‘lishini tezlashti-
rib yoki sekinlashtirib boshqaradi.
Fizikaviy termoregulyatsiya
- organizmdan issiqlik uzatilishini o‘zgartirib
amalga oshadi. Boshqa muhit harorati organizmdagi moddalar almashinuviga ta’sir
etib, haroratni pasayishi, sovishi moddalar almashinvini tezlashtirib, issiqlik hosil
bo‘lishi ko‘payadi. Sovuqlik ta’sirida moddalar
almashinuvini kuchayishi
muskullardagi sovuqlik sezuvchi reseptor ta’sirlanib, reflektr ravishda muskul
titray boshlaydi va energiya sarfi kuchayadi. Kimyoviy termoregulyatsiyada
muskullardan tashqari jigar, buyrakda ham sovuqlik ta’sirida moddalar
almashinuvi bir necha marta tezlashadi. Tashqi muhit harorati ko‘tarilganda
issiqlik hosil bo‘lishi
sekinlashib, unda fizikaviy termoregulyatsiyani o‘rni
muhimdir. Issiqlik ta’sirida moddalar almashinuvi bir muncha pasayib, bu
organizmni qizishdan saqlay olmaydi. Termoregulyatsiyada asab sistemasi asosiy
o‘rin egallab, oraliq miyaning gipotalamus qismida issiqlik almashinuvining
boshqaradigan markaz bo‘lib reflektor va gumoral ta’sirlardan qo‘zg‘aladi.
Muayyan retseptorlar ta’sirlanib impuls markazga uzatilib, markazni qo‘zg‘alishi
muskul va organlardagi
oksidlanish jarayonlarni, tomirlar sig‘imi, ter ajralishini
o‘zgartiradi va issiqlik hosil bo‘lishi va uzatilishi o‘zgaradi. Oraliq miyadagi
gipotalamusga igna sanchilib, markaz shikastlansa hayvonda termoregulyatsiya
buzilib, tana harorati 2,5-3
o
C ga ko‘tariladi (ilova: 49-rasm).
Gomoyoterm
hayvonlar gipotalamusi olib tashlansa payqiloterm hayvonga o‘xshab qoladi.
Gipofiz, qalqonsimon va buyrak usti bez gormonlari moddalar almashinuvining
intensivligiga ta’sir etib termoregulyatsiyani o‘zgartiradi. Termoregulyatsiyada
bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining ishtiroki to‘g‘risidagi dalillar bor.
Hozirgi vaqtda ilm-fan rivoji jadal sur’atlar bilan borar ekan, bu oziq-ovqat
sanoatiga xam o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Peshtaxtalarda ko‘rinishi
benuqson bo‘lgan ammo transgen yo‘llar bilan olingan oziq-ovqatlarning ko‘payib
borayotganligini ko‘rish mumkin. Transgen maxsulotlar nima va ularning inson
109
salomatligi uchun ta’siri qanday degan savollar har bir insonni o‘ylashga majbur
qiladi. Transgen maxsulotlar bu DNK tarkibigan unga xos bo‘lmagan gen kiritilgan
maxsulotlar bo‘lib, ular o’simlikning tashqi muxitning noxush ta’sirlari va
zararkundalarga
qarshilik
qilish
qobiliyatini
oshiradi.
Masalan,
sut
maxsulotlarining
saqlanish muddati uzayadi, kartoshkaning kalorado qo‘ng‘iziga
chidamliligi ortadi va bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Ammo,
insonlarni bu genlar va ular kiritilgan oziqa maxsulotlarining organizmdagi
moddalar almashinuviga ta’siri ko‘proq qiziqtiradi. Olimlarning fikrlariga ko‘ra
bunday maxsulotlar tarkibiga viruslarga qarshi genlarning kiritilishi nafaqat
o‘simlik balki ularni iste’mol qiluvchi organizmning ham kasalliklar va viruslarga
nisbatan qarshilik qobiliyatini oshishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda gen
injenerligi yutuqlari farmatsevtikada ham keng qo‘llanilmoqda. Masalan, insulin,
interferon va boshqa gormonal preparatlar shular jumlasidandir. Ammo olimlar
transgenlarning uzoq muddatli ta’siri va ular oqibatida organizmdagi o‘zgarishlar
to‘g‘risida qarama-qarshi fikr bildirmoqdalar. Shu sababli ularning organizmga va
xususan inson genomiga ta’siri to‘g‘risida ishonchi dalilar keltirilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: