11
bilan o‘lchanadi.
Tug’lish ko’rsatkichlarini tavsiflashda tug‘ilishning umumiy koeffitsiyentidan
foydalanilib, u muayyan davrda tug‘ilganlar umumiy miqdorining o‘sha davrdagi
aholining o‘rtacha soniga bo‘lgan
mutanosibligini ifodalab, quyidagi formula
yordamida hisoblanadi:
n
=
N
𝑡xP
x1000
Bu yerda:
n -
(tug’ilishning umumiy koeffitsienti;
N
—
organilayotgan davr mobaynida tirik tug’ilganlarning
umumiy miqdori;
t
— o‘rganilayotgan davr davomiyligi (yillar);
P — o’rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni.
Agar koeffitsient bir yil uchun hisoblansa, u holda
t
= 1 bo’ladi.
Masalan: 2009-yili O'zbekislonda tug’ilganlar soni 649700 kishini, doimiy aholi
soni 28000800 kishini tashkil etgan. U holda respublikada tug‘ilishning
umumiy
koeffitsienti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
n
=(649700/28000800)*1000=23,2‰
Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti, ayniqsa, statistik qayd qilish tizimi sust
rivojlangan hududlarda keng qo’llanilib, axborotni hisoblashning oddiyligi bilan
izohlanadi. Tug’ilishning umumiy koeffitsientining asosiy kamchiligi — aholining
yosh-jinsiy tarkibi bilan uzviy bog‘langanligi, aniqrog‘i, surat va maxraj o'rtasidagi
aniq namoyon bo‘lgan farqdir. Uning suratida reproduktiv yoshdagi ayollarda
tug‘ilgan bolalar soni tursa (ularning jami aholidagi ulushi 25 % dan 30 %gacha
bo'ladi), maxraj esa jami aholi (erkak, ayol, bolalar, mehnatga qobiliyatli yoshdagi
aholi va qariyalar) soniga teng. Bu yerdagi asosiy
muammo qariyalar soni bilan
bog‘liq, ya’ni tug‘ilislming keskin kamayishi aholining quyidan keksayishiga olib
keladi. Shu tariqa, tug‘ilishning yosh guruhlari bo‘yicha intensivligi teng bo‘lganda
aholi tarkibida qariyalar salmog‘i oshgan sari tug‘ilish umumiy koeffitsienti
pasayib boradi.
12
Tug‘ilishning umumiy koeffitsientidagi surat va maxraj o‘lchamlarini bir-
biriga yaqinlashtirish va maxrajdan tug‘ilishga bog‘liq bo‘lmagan aholi
qatlamlarini chiqarib tashlashga qaratilgan urinishlar natijasida tug‘ilishning
maxsus koeffltsienti paydo bo‘lgan; ushbu koeffitsient tug‘ilishlar
soni va
reproduktiv yoshdagi ayollar soni mutanosibligini ifoda etib, quyidagi formula
yordamida hisoblanadi:
F=
𝑁
𝑊
15−49
1000
Bu yerda: W
]5
-
49
—
reproduktiv yoshdagi ayollar soni;
N
—
organilayotgan davr mobaynida tirik tug’ilganlarning
umumiy miqdori;
Keltirilgan formuladan ko‘rinib
turibdiki, ushbu ko‘rsatkich tug‘ilishning
umumiy koeffltsienti bilan uzviy bog‘liq, ya’ni tug‘ilishning umumiy
koeffitsientida kasr maxrajida jami aholi qo‘yilsa, maxsus koeffitsientda esa
reproduktiv yoshdagi ayollar miqdori ishlatiladi. Agar
reproduktiv yoshdagilar
doirasida eng ko‘p bola tug‘adigan ayollar (30 yoshgacha) ko‘proq bo’lsa,
tug‘ilishning maxsus koeffltsienti yuqori, aksincha,
aholi tarkibida reproduktiv
salohiyati tugab boradigan yoki tugagan avlodlar ko‘p bo‘lsa, u holda tug‘ilishning
maxsus koeffltsienti past boladi. 1-jadvalda tug‘ilishning maxsus koeffltsientini
baholash mezoni keltirilgan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: