16-mavzu XVI-XVII asr birinchi yarmida Italiya va Germaniya Reja



Download 275,87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.05.2022
Hajmi275,87 Kb.
#602456
Bog'liq
4.3-MAVZU XVI-XVII asr birinchi yarmida Italiya va Germaniya



16-MAVZU XVI-XVII asr birinchi yarmida Italiya va Germaniya 
Reja:
1.
XVI asr boshlarida Germaniyaning siyosiy tuzumi 
2.
Iqtisodiy tuzum 
3.
Germaniya shahar va qishloqlarida tabaqaviy kurash 
4.
XVI asr Germaniyada katolik cherkovining umumiy ahvoli 
5.
Germaniyada dehqonlar urushi 
6.
XVI asr ikkinchi yarmi va XVII asr birinchi yarmida Germaniya xo’jaligi 
7.
1494-1559 yillardagi Italiya urushlari 
8.
Iqtisodiy ahvol 
9.
Qishloq xo’jaligi 
10. Italyan davlatlarining ijtimoiy-siyosiy tarkibi 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Iqtisodiy tushkunlik, savdo va sanoat, siesiy tarqoqlik, 
Savonarola chiqishi, «talon-taroj kuni», Buyuk gumanistik madaniyat markazi, keyingi italьyan 
Uygonish davri namoyandalari, italьyan fani, Mazanьello qo’zg’oloni, Sitsiliyadagi xarakat. 
Asosiy matn: 
XVI asr boshlarida Germaniya Yevropada tashkil topgan yirik imperiya Muqaddas Rim 
imperiyasining asosiy qismi hisoblanar edi. Bu imperiya 1486 yili o’zining rasmiy nomini oladi: 
“German millatining Muqaddas Rim imperiyasi”. Imperiyaga Germaniyadan tashqari 
Niderlandiya, Belьgiya, Lyuksemburg, Avstriya, CHexiya, Burgundiya grafligi va boshqa 
hududlar kirgan. Bundan tashqari, SHvetsariya, SHimoliy va O’rta Italiya hududi ham rasman 
imperiya tarkibiga kirar edi.
Germaniya hukmdori saylangan qirol hisoblanardi. Bu masalada Rim papasiga murojaat 
qilish shart emasdi. Maksimilian I Gabsburg (1493-1519) papa tomonidan toj kiydirilishdan bosh 
tortadi. Mamlakat tarqoq holidaligicha qoladi. XVI asr dastlabki o’n yilligida imperiya 7 knyazь-
kurfyurst
1
, 70 arxiepiskoplik, 120 atrofida graflik, 65 ta imperiyaga qarashli va erkin 
shaharlardan iborat bo’lgan. Bundan tashqari, o’zlarini mustaqil deb hisoblagan mingdan ortiq 
ritsarlar ham bo’lgan. Papadan yorliq olgan va atigi bir qishloqqa ega bo’lgan ritsarlar ham 
o’zlarini mustaqil deb hisoblaganlar
2
.
Imperiyaning quyi amaldorlari o’z vakillari bo’lgan kurfyurstlar orqali reyxstagda 
ishtirok etish huquqiga ega bo’lganlar. Reyxstagda ovoz berish huquqiga ega bo’lgan 
kurfyurstlar birinchi tabaqaga, butun dunyoviy va diniy ruhoniylar ikkinchi tabaqaga, 
shaharliklar esa uchinchi tabaqaga mansub bo’lganlar.
Germaniyaning o’sha davrdagi boshqaruv tizimiga xos narsa ikki xillikda edi: reyxstagda 
knyazlar imperatorga munosabatda bo’ysunuvchi amaldor sifatida namoyon bo’lsalar, o’z 
hududida monarx edilar. Qonun chiqaruvchi organ bo’lgan landtaglar XV asr oxiri - XVI asr 
boshlarida shakllangan. Yuqori tabaqa hisoblangan kurfyurstlar hal qiluvchi ovozga bo’lsalar, 
oddiy knyazlar va shaharliklar unchalik mavqega ega emasdilar. Reyxstag va landtaglar 
tinchlikni saqlash, moliyaviy yig’imlar, qonunlar qabul qilinardi. Yakuniy qaror reyxstagda 
qabul qilinar, landtagda esa qonunlar hududlar misolida qiyoslanardi. Landtaglarda shaharlarning 
roli yuqori bo’lib, reyxstagda ular qaror qabul qilishdagina kerak bo’lar edi
3
.
Germaniyada shaharlar boshqaruvi bboshqa hududlardan o’ziga xosligi bilan ajralib 
turardi. Odatda magistrlar saylovida bir yil muddatga burgomistr, mansabdor shaxslar va 
sudьyalar saylanardi. XVI asr davomida “imperiya” va “erkin” shaharlar orasidagi farq deyarli 
yo’qolib ketgan edi. SHaharlar atrofidagi hududlari bilan birgalikda o’zlarini deyarli mustaqil 
deb hisoblar edilar. Bu davrda Germaniya hududi aholisi 500 dan 2000 gacha bo’lgan shaharcha 
va shaharlar bilan to’la edi. SHaharlar katta qishloqlardan deyarli farq qilmas, xo’jaligi asosan 
yarimagrar edi. XVI asr boshlarida shaharlarning umumiy soni taxminan 3000 ta edi. Eng ko’p 
1
Курфюрст – Муқаддас Рим императорини сайлаш ҳуқуқига эга бўлган немис князлари. 
2
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 73. 
3
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 74. 


aholisi bo’lgan shaharlar ham Yevropaning o’rta kattalikdagi shaharlari bilan teng edi, xolos. 
Janubiy Germaniyadagi savdo-hunarmandchilik markazlari bo’lgan Augsburg va Nyurnbergda 
40-45 ming atrofida aholi yashardi. Germaniyaning cherkov markazi hisoblangan Kyolьn 
shahrida 35-40 ming atrofida aholi yashagan
4
. Port shaharlar Lyubek va Ganzada 25 ming aholi 
yashagan. Gamburg, Magdeburg, Strasburgda yanada kam aholi yashagan. 15 ta shahar aholisi 
10 mingdan 20 ming kishigacha bo’lgan.
XVI asr Germaniyada boshqaruv markazdan ham, mahalliy organlardan ham amalga 
oshirilmasdi. Boshqaruv okruglar bo’yicha hududiy hisoblangan. Okruglar tuzilishi sababi 
bo’linib ketgan hududda yirik boshqaruvni tashkillashtirish, qaroqchilar va tinchlikni 
buzuvchilarga qarshi kurashishni osonlashtirish uchun tashkil etilgandi. Bu davrda nemis 
boshqaruv ba’zi o’zgarishlarga qaramasdan, eski ikki toifali boshqaruv tizimi: imperiya va 
mahalliy boshqaruv tizimini saqlab qoldi.
XVI asr boshlarida Germaniya aholisi 12 mln bo’lsa, asr ikkinchi yarmiga kelib 14-15 
mln kishi atrofida bo’lgan. Germaniya xo’jaligi asosan agrar xarakterga ega bo’lib, aholining 90 
% i qishloqlarda yashagan
5
.
XVI asr boshlarida Germaniya aholisining asosiy qismini qaram dehqonlar tashkil qilar 
edi. Ularning haq-huquqlari to’laligacha xo’jayinlarining irodasiga bog’liq hisoblanardi. 
SHaharlarda, jumladan yirik shaharlarda ham, tsex ishlab chiqarishi hunarmandchilikning asosiy 
tashkil qilardi. TSex magistratlariga patritsiylar xonadonining a’zolari boy byurgerlarning 
vakillari kirar edi.
XVI – XVII asr boshlarida ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi va mehnat taqsimoti 
xalqaro savdo aloqalarining sezilarli rivojlanishiga olib keldi. Savdo yo’llarida joylashgan 
Germaniya jahon savdosida markaziy o’rinni egallab turardi. To’g’ri, golland va ingliz 
savdogarlariga raqobatiga bardosh bera olmagan shimoliy german yerlari, xususan Ganza XVI 
asr oxirlaridan tanazzulni boshidan kechiradi, Buyuk geografik kashfiyotlar esa jahon 
savdosining tez orada Atlantik okeani qirg’oqlariga siljishidan dalolat berardi. SHunga 
qaramasdan XVI asr o’rtalarigacha SHimoliy Italiya va uning vositachiligida butun SHarqning 
G’arbiy Yevropa bozorlari bilan aloqalari german yerlari orqali o’tardi. Nemis shaharlari, 
ayniqsa Augsburg, Nyurnberg va Reyn bo’yi hamda yuqori Dunaydagi boshqa ba’zi shaharlar 
Yevropa savdosining yirik markazi bo’lib qolaverdi. Nemis savdogarlari Yevropaning savdo 
portlarida imtiyozga egaligidan va jahon savdosi yangi yo’nalishidan ham yaxshigina foyda 
olishardi. Germaniyaning xalqaro roli shunda ifodalanardiki, o’sha paytda u mis qazib chiqarish 
bo’yicha dunyoda birinchi o’rindan turardi, mis esa savdodagi asosiy vosita hisoblanardi
6
. Mis 
qazib chiqarishda Tirol va Saksoniya hududlari mashhur bo’lib, aynan mis sababli bu yerda 
shaharlar juda tez qad ko’targan. Misdan o’sha davrda pushkalar quyishda, kemachilik va 
idishlar yasashda foydalanilgan
7
.
Germaniya iqtisodida eng muhim bo’g’inlardan biri bu tog’-kon sanoati edi. Ushbu 
sohada taxminan 100 ming kishi mehnat qilardi. Tog’-kon sanoati bilan shug’ullanuvchi nemis 
hunarmandlari o’zlarining mohirliklari bilan dong taratgan edilar. XVI asr o’rtalarigacha nemis 
konchilari kumush qazib olish bo’yicha oldingi o’rinda bo’lganlar. Faqat buyuk geografik 
kashfiyotlardan so’ng Amerikadan tannarxi bo’lgan qimmatbaho ma’danlarning keltirilishi 
nemis konchiligini inqirozga uchratgan
8
.
Savdo yo’llaridagi qulay joylashuv hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 
o’sishiga olib keladi. Bu hol ayniqsa XVI asr boshlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. SHimoliy 
nemis shaharlari gullab-yashnaydi, boylik va zeb-ziynatlar mujassamligining ifodasiga aylanadi. 
Augsberglik Fuggerlar xonadoni to’g’risida ular urush va tinchlik taqdirini qo’llarida ushlab 
turganlar. Fuggerlar, Velьzerlar, Goxshtetterovlar, Imgoeflar kabi xonadonlar o’sha davr 
4
Ўша китоб. – С. 74. 
5
Ўша китоб. – С. 75. 
6
Эргашев Ш. Жаҳон тарихи. (Янги давр. 1-қисм. XVI-XVIIIасрлар). - Тошкент. Ўзбекистон, – Б. 218. 
7
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 76. 
8
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 75. 


o’lchami bo’yicha haqiqiy jahon savdosini olib borishar, ko’plab mamlakatlarda o’zlarining 
doimiy idoralariga ega edilar. Yirik janubiy german firmalariga ega mamlakatda va boshqa 
mamlakatlarda boy tog’-konlari ularga tegishli edi. Ular Venetsiya, Lissabon, Antverpen kabi 
yirik savdo markazlari bilan bog’langan edi. Masalan, Fuggerlar oilasining boyligi 2,5 million 
gulьden edi. Bu davrda esa Antverpen aholisining yarmi qashshoqlikda yashardi.
Nemis po’lat quyuvchilari ham juda mashhur bo’lib, ularni hatto Angliyada ishlash 
uchun ham taklif qilishar edi
9
.
Konlarda asosan yollanma mehnatdan foydalanilgan. Konlarda ilk ishlar oson bo’lganligi 
uchun asosan ko’ngillilar ishlasalar, kon chuqurlashgani sari murakkab texnologiya va ko’p 
mablag’ talab qilina boshlagan. Bu esa asosan yirik boylar bo’lgan knyazlar tomonidan amalga 
oshirilib, yer osti boyliklarini monopoliya bo’lishiga va katta boylik kelishiga sabab bo’lardi.
Germaniyada to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tarqoq manufakturalarda 
bo’lsa ham ancha rivojlangan. To’qimachilikda movut, zig’ir va paxmoq matolar ishlab chiqarish 
ancha rivojlangan. Paxmoq matolarning bir qismi Venetsiya va undan ham uzoqroqlarga eksport 
qilish uchun Janubiy Amerikadan keltirilar edi. Bu haqida shunday gap mavjud: “Butun dunyo 
Germaniyada tayyorlangan miqdordagidek mato bermaydi”. SHuningdek, nemislar pivo 
tayyorlash va kitob nashr qilishda ham mohir edilar. Ular kichik va katta kitoblarni yollanma 
ishchilar vositasida tayyorlar, bunday ishchilarning soni bitta manufakturada 150 kishigacha 
yetardi. 
10
Ko’plab nemis shaharlari qulay aloqalari bilan mashhur edi. Mashhur nemis gumanisti 
Yakov Vimpfeling o’sha paytdagi Kyolьn haqida shunday yozadi: “Bu shahar o’zining keng 
savdosi va behisob boyliklari bilan Reyn shaharlarining shohi sanaladi”. Elьzas shaharlari ichida 
Strasburg o’zining savdo aloqalari bilan, Mayn bo’yidagi Frankfurt esa Gollandiya, Flandriya, 
Angliya, Polьsha, CHexiya, Italiya va Fransiyadan savdogarlarni yig’adigan yarmarkasi bilan 
mashhur edi. XV asr oxirida Germaniya sharqidagi Leyptsig yarmarkasi katta ahamiyat kasb eta 
boshlaydi. Kichikroq shaharlar – Ulьm, Konstants, Revesbur va Augsburglar to’qimachilik 
markazlari hisoblanar, o’z mahsulotlarini faqat mahalliy bozor emas, Italiya va Ispaniya 
bozorlariga ham olib chiqar edilar. Dunay bo’yida joylashgan nemis shaharlari orqali Janubiy-
SHarqiy Yevropa bilan savdo olib borilardi.
XV asr oxiri Elzasda tashkil topgan dehqonlarning maxfiy “Bashmak” nomli tashkiloti 
XVI asr boshlarida qayta tiklanadi. 1502 yili bu tashkilotga yuzlab kishilar a’zo bo’lib, unga 
dehqon Yos Frits boshchilik qilgan. tashkilot SHpeyer yepiskoplikining bir qishlog’ida tashkil 
etiladi. Tashkilotchilar hokimiyatni egallash, cherkov va monatsirlar mulkini o’zlari orasida 
taqsimlash, hech qanday soliq to’lamaslik, ozodlikni o’rnatishni maqsad qilgan edilar. Ular 
“ilohiy sud” hukmiga topshiriladi. Bir qancha fitnachilar qatl etiladi. Lekin Yos Frits 
yashirinishga ulguradi va 1513 va 1517 yillarda yangi isyon uyushtirishga harakat qilsada, fitna 
oshokr bo’ladi va hukumat tomonidan bostiriladi.
Yana shunday yashirin tashkilotlardan biri “Kambag’al Konrad” bo’lib, Vyurtembergda 
tashkil etilgan. 1514 yili bu yerda qo’zg’olon ko’tarilib, unga soliq siyosatidan norozi bo’lgan 
shaharliklar qo’shiladilar. Qo’zg’olonchilar landtag chaqirilishini va unda kambag’allar ham 
ishtirok etishini talab qiladilar. Lekin qo’zg’olon bostiriladi. 1509-1514 yillarda Germaniyaning 
30 ta shahrida qo’zg’olonlar ko’tariladi. Qo’zg’olonchilar magistratlar zulmi, soliqlarning 
ko’pligiga, mansabdorlarning nojo’ya hatti-harakatlariga qarshi qaratilgan edi
11
.
Bu davra Germaniya shaharlarida cherkovlar soni juda ko’p bo’lgan. Masalan, Kyolьnda 
20 cherkov va 30 dan ortiq monastirlar faoliyat ko’rsatgan. O’rtacha kattalikda bo’lgan 
Braunshveyg shahrida esa 15 cherkov va 5 ta monastir faoliyat ko’rsatgan. Katolik ierarxiyaning 
asosiy qismi aslzodalardan chiqqan, ularning uchdan biri esa knyazlik urug’iga mansub kishilar 
edilar. Demak yuqori darajadagi cherkov mansabdorlari asosan aslzodalar oilalariga mansub 
bo’lgan. CHerkovning quyi organlari xodimlari ham yuqori darajadagi mansabdorlar 
9
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 76. 
10
Ўша китоб. – С. 76. 
11
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 79. 


ta’minlanganidek ta’minlangan edilar. Har bir cherkov xodimi bir necha benefetsiylar
12
ga ega 
bo’lganlar. Xizmatga oid qoidalarni bajarilishini vikariylar
13
nazorat qilganlar. Germaniyadagi 
ekin yerlarning 1/3 qismi cherkov mulki hisoblangan
14
.
Germaniyadagi cherkovning holati boshqa Yevropa davlatlaridan ancha farq qilgan. 
Masalan, Fransiyada 1516 yilgi Bolonьya konkordatiga ko’ra, cherkovning yuqori mansabdorlari 
qirol tomonidan tayinlanar edi. Angliya va Ispaniyada ham cherkovning moliyaviy masalalarga 
ta’siri cheklangandi. Germaniyada cherkovning ta’sirini umumimperiya markaziy hokimiyatini, 
sudni, yagona soliq tizimini tashkil etish harakatlari mag’lubiyatga uchragan edi. Mamlakat 
tarqoqligicha qoladi. Germaniyada cherkov uchun pul yig’imi Fuggerlar oilasi orqali amalga 
oshirilardi
15
.
Germaniyada cherkovni qayta tuzish, isloh qilish harakatiga Vittenberg universitet 
ilohiyot professori Martin Lyuter (1483-1546) nomi bilan bog’liq. U o’z qarashlari bilan nafaqat 
cherkovni tanqid qildi, balki katolik cherkovi qarashlariga zarba berdi. Martin Lyuter oddiy 
dehqon, byurger oilasidan chiqqan. Uning yoshligi yillari og’ir va shafqatsiz o’tgan. U Erfurut 
universitetini tamomlagan. Keyin monaxlarning avgustin ordeniga a’zo bo’ladi. U ancha 
bilimdon shaxs bo’lib, Muqaddas yozuvlarning bilimdoni, ilohiyot professori bo’lgan.
1517 yil oktyabrь oyining oxirida Lyuter o’zining 95 tezisi bilan indulьgentsiyaga qarshi 
chiqadi. Bu islohotchilik harakatining birinchi bosqichi (1517-1521) ning boshlanishi edi. 
Lyuterning fikrlari nemislarning keng ommasi tomonidan xayrixohlik bilan kutib olinadi, antirim 
harakatiga qattiq turtki beradi
16
.
Lyuter tezislari tez orada juda mashhur bo’lib ketadi. Lyuterning do’stlari gumanistlar va 
avgustin ordeni a’zolari tezisni lotinchadan tarjima qiladilar va tarqatadilar. 1518 yil fevralda 
Lyuter o’z tezislariga izohlar yozadi. Unda dinga e’tiqod qiluvchilar hokimiyatga bo’ysunushlari 
kerakligi ilgari suradi. Taniqli teolog olim, professor Ekk tezislarni masxaralasha harakat qiladi. 
O’zaro munozarada Lyuter birinchi marta xalqqa nemis tilida murojaat qiladi, cherkov isloh 
qilishga muhtoj ekanligini asoslashga harakat qiladi. Din masalasi faqatiga papa yoki kardinal 
qo’lida hal qilinmasligi, bunda keng xalq ommasi tarafidan muhokama qilinishi lozimligini 
uqtiradi. Lyuter qarashlarini o’zlari uchun zararli ekanligini birinchi bo’lib inkivizatorlar 
sezadilar. Ular Lyuьerni bid’atchilikda ayblaydilar.
1519 yil yozi Leyptsigda Lyuter va Ekklar o’rtasida disput bo’lib o’tadi
17
. 1520 yil esa 
Lyuter o’zining “Xristianlik dvoryanligida nemis millati xristianligi ahvolini yaxshilash” nomli 
asarida cherkov siyosatini o’zgartirishni taklif etadi. U imperator, knyazlar va dvoryanlarga 
murojaat qilib, kambag’allik qanchalik kuchaymasin Rim papasi bunga hech qanday ijobiy fikr 
bildirmaydi. Lyuter dunyoviy va diniy hokimiyatni aniq qilib ajratib qo’yilishini talab qiladi.
1520 yil iyunda papa Lev X Lyuterni haqorotlovchi bulla
18
e’lon qiladi. 1520 yil 
dekabrda papaning bullasi kuchga kiradi. Lyuter esa papaning yorlig’ini omma oldida oshkora 
gulxanga tashlaydi.
1521 yil bahorida Lyuter Vormsga reyxstagga chaqiriladi. Lyuter bu yerda yangi 
imperator Karl V Gabsburg huzurida o’z ta’limotidan voz kechishiga umid qilinadi. Bu Rim 
papasining o’lim hukmi bilan Lyuterni qo’rqitish uchun qilgan so’nggi urinishi edi. Lyuter o’z 
ta’limotidan voz kechmaydi. SHundan so’ng Lyuter hayotiga xavf bo’lganligi uchun u 
yashirinadi. Xalq uni o’ldirildi deb o’ylagan. Aslida esa Fridrix Donishmand uni Vormsdan 
qaytishida Vartburg qal’asiga yashirib qo’yadi. U o’sha yerda Muqaddas yozuvlarni nemis tiliga 
tarjima qila boshlaydi. Aynan shu asar keyinchalik cherkov islohotida, nemis tili va adabiyoti 
12
Бенефеций - феодал ёки черков ходимларига инъом этилган ерлар 
13
Викарий - католик черковда: епископ ёки поп ёрдамчиси, ўринбосари 
14
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 80. 
15
Ўша китоб. – С. 80. 
16
Ўша китоб. – С. 84. 
17
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 86. 
18
Булла - Рим папасининг ёрлиғи, фармони, фатвоси. 


rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Lyuterning yo’qligi bilan islohotchilik harakati 
to’xtab qolmaydi, aksincha endi u butun Germaniya bo’ylab tarqaladi
19
.
Qo’zg’olon 1524 yil iyunь oyida Germaniyaning janubiy-g’arbiy qismida boshlanadi. U 
asta-sekin kuchayib, G’arbiy Yevropadagi eng katta qo’zg’olonlardan biriga aylanadi. 
Qo’zg’olon Germaniyaning uch hududida – SHvabiya, Frankoniya va O’rta Germaniya, ya’ni 
Tyuringiya va Saksoniyada bo’lib o’tadi. Isyon aholi zich yashaydigan 150-250 km kenglikdagi 
hududda bo’lib o’tadi. Qo’zg’olon shimoliy-sharqda SHveytsariyagacha, g’arbda esa 
Elьzasgacha cho’zilib ketadi. Hatto tog’li hudud Tirolgacha tarqaladi. Qo’zg’olonning sabablari 
turlicha: iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy manfaatlardan kelib chiqqan. Bozor munosabatlarining 
o’zgarishi sharoitida pulga muhtojlik sababli cherkov dunyoviy hokimiyat soliqlarni ko’tarishni 
va mehnat majburiyatini ko’paytirishni mo’ljallagan.
Dastlab 1524 yil kuzida dehqonlar o’zlariga Gans Myullerni boshliq qilib tayinlaydilar. U 
800 kishilik otryadi bilan SHvartsvalьd qishlog’iga keladi. Safar so’nggida uning otryadi soni 
4500 kishiga yetadi.
1524 yil dekabrda qo’zg’olonchilarni mag’lubiyatga uchratish natija bermaydi. SHundan 
so’ng qo’zg’olonchilar bilan tinch muzokaralar olib boriladi. Muzokaralar natija bermagach, 
SHvabiyadagi 22 imperiya shahridagi yollanma qo’shin yordamida qo’zg’olonchilarni 
mag’lubiyatga uchratish mo’ljallanadi. Imperiya qo’shinlari asosan yollanma bo’lib, Italiyada 
Fransiyaga qarshi urush olib borayotgan edi. SHuning uchun qo’zg’olonni bostirishga yordam 
berolmayotgandi. Imperiya qo’shinlariga Georg fon Valьdburg boshchilik qilayotgan edi.
1525 yil bahorda SHvabiyaning 6 hududida 40 ming kishidan iborat qo’zg’olon 
boshlanadi. Qo’zg’olonchilar 12 moddadan iborat talabnoma tayyorlaydilar. Talabnomaning 
asosiy mualliflari Bibliyaning yaxshi bilahgan SHappeder va Lyuttser edilar. Ushbu talabnoma 
aholi orasida keng tarqalib, qo’zg’olon davomida 24 marta qayta nashr etilgan
20
.
Oldingi qo’zg’olonchilardan farq qilib, bu safar dehqonlar otryadi qal’a va monastirlarni 
shturm qilib oladilar va buzib tashlaydilar. 12 modda talabnomasi tinchlik muzokaralarini ham 
qo’llab-quvvatlaydi. Masalan, talabnomaning birinchi moddasida o’zlarining umumiy 
ruhoniylarini saylovi talab qilingan edi. Talabnomada cherkov desyatinasini to’lashga rozi 
bo’lingan bo’lsa-da, chorvadan olinadigan kichik desyatinani bekor qilish talab qilingan edi. 
Talabnomaning eng qat’iy talabi shaxsiy ozodlik berilishi va buning uchun to’lov talab 
qilinmasligi edi. Boshqa bir moddasida esa tortib olingan jamoa yerlarini qaytarib berish talab 
qilingan edi. Talabnomaning boshqa moddalarida barshchina va obrokni kamaytirish, vafot etgan 
odamdan meros olishni bekor qilish talablari qo’yilgan
21
.
Keyinchalik Georg fon Valьdburg boshchiligidagi 1500 otliq, 7000 piyoda, 18 to’pdan 
iborat imperiator qo’shini Leypgeym yonida to’satdan qo’zg’olonchilarga hujum qiladi va 
mag’lubiyatga uchratadi. Minglab qo’zg’olonchilar halok bo’ladi, 4 ming qo’zg’olonchi asir 
olinadi.
1525 yil martda Frankoniyada ham dehqonlar qo’zg’oloni ko’tariladi. Frankoniyadagi 
qo’zg’olon ham SHvabiya ittifoqi qo’shini yordamida mag’lubiyatga uchratiladi. Qo’zg’olon 
rahbari Florian Geyer jangda halok bo’ladi
22
.
Minglab qo’zg’olonchilar qo’lga olinib, ayovsiz jazolarga tortiladi, minglab 
qo’zg’olonchilar ko’zlari o’yib olinib, ko’r qilinadi 
Dehqonlar urushi mag’lubiyatga uchragan bo’lsa-da, mamlakatda bir qator o’zgarishlarga 
olib keldi. Janubiy Germaniyada feodallarning dehqon xo’jaliklarini tortib olish hollari to’xtadi. 
Qo’zg’olonning qaytarish xavfi ostida bir qator yig’imlar va qaramlik terlari bekor qilindi. 
Ritsarlarnig yuzlab qasrlari va monastirlar yo’q qilingani ham dehqonlarning ahvolini biroz 
yaxshiladi. Ammo Germaniyaning umumiy xalqaro siyosiy va iqtisodiy mavqei o’zgarishi 
mamlakat xo’jalik taraqqiyoti suratlarining susayishiga olib keldi. Buning ustiga XVI asr 
19
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 88. 
20
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 94 
21
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 95 
22
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 98-99. 


ikkinchi yarmidan boshlshab Buyuk geografik kashfiyotlarning ta’siri sezila boshladi. SHimoliy 
Italiya va Germaniya shaharlari orqali o’tgan savdo yo’li ilgarigi mavqeini yo’qotdi. SHimoliy 
german shaharlarining Ganza ittifoqi ham xalqaro savdoning Atlantika okeanining qirg’oqlariga 
ko’chganligidan tanazzulga yuz tuta boshladi. Niderlandiyadagi inqilob tufayli ispan 
hukmronligidan ozod bo’lgan golland savdogarlari nemislarni Boltiq bo’yidan ham siqib chiqara 
boshladi. Bu paytga kelib Gollandiya savdoda dunyoda birinchi o’ringa chiqib olgan edi
23
.
XVI asr ikkinchi yarmidan Germaniyada boshlangan iqtisodiy inqirozning sababi faqat 
savdo yo’llarining Atlantika okeanining qirg’oqlariga ko’chishi va uning oqibatida bozorlarning 
yo’qotilishi, nemis savdosining turg’unligi emasdi. Dehqonlar urushi bostirilgandan so’ng nemis 
sanoati boshqa mamlakatlar sanoati bilan raqobatga bardosh bera olmaganligida ham edi.
XVI asr ikkinchi yarmidan boshlab Germaniya xo’jaligi inqirozga yuz tuta boshladi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida nemis savdogarlarining Angliya bilan savdosi pasaydi. 
1589 yili Yelizaveta I Londondagi nemis savdogarlarining tayanchi bo’lgan Po’lat ustaxonasini 
yopadi. Ushbu inqiroz german tog’-kon sanoati inqiroziga ham ta’sir ko’rsatgan. Amerikadan 
arzon qimmatbaho rangli metallarning keltirilishi nemis rangli metallurgiyasiga salbiy ta’sir 
ko’rsatdi. Qishloq xo’aligida esa to’tovsiz ravishda narxlarning ko’tarilishi hodisasi ro’y 
beradi
24
.
Mamlakatning siyosiy hayotida esa separatizm kayfiyatining saqlanib qolishi unchalik katta 
to’qnashuvlarga olib kelmasa-da, katoliklar va protestantlar o’rtasidagi kurashni yanada 
kuchaytiradi. Lyuteranlar orasidagi ko’plab tortishuvlardan so’ng Saksoniyada 1577 yili 
“Kelishuv formulasi” nomli ortodoksal e’tiqodiga kelishildi. Sakson kurfyurstining tazyiiqi bilan 
butun ruhoniylar, o’qituvchilar, cherkov xizmatchilari uni imzolashga majbur bo’ldilar. 1580 yili 
“Kelishuv formulasi”ga Lyuterning “Kelishuv kitobi” qo’shiladi. 86 ta imperiya amaldori va 
8500 lyuterchilik vakillari lyuteranlikning ushbu dogmatik talabnomasini bajarishga majbur 
qilinadi. Bu normativlar butun nemislarning 2/3 qismiga majburiy qilib qo’yiladi. Bu esa nemis 
davlatlari orasida Saksoniya knyazining mavqeini mustahkamladi. 1580 yillarda maxfiy 
maslahatchi N.Krellь mamlakatda gabsburglar mavqeini pasaytirish uchun kalьvinistlar va 
frantsuz qiroliga tayanish yo’lini tanlaydi. Lekin kurfyurst vafotidan keyin 1601 yili uni qatl 
etishadi. SHunday qilib, Germaniya lyuterchilik va kalьvinistlik asosida birlashtirish g’oyasi 
barbod bo’ladi. 
23
Эргашев Ш. Жаҳон тарихи. (Янги давр. 1-қисм. XVI-XVIIIасрлар). - Тошкент. Ўзбекистон, – Б. 220 
24
История средних веков. 2. Ранее новое время. – Москва. ИНФРА-М, 2000. – С. 106. 

Document Outline

  • Asosiy matn:

Download 275,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish