Temir / Ferrum (Fe)
Atom raqami
26
Koʻrinishi
oqish-kumush rang, yumshoq, egiluvchan
metall
Atom xossasi
Atom massasi
(
molyar massasi
)
55,847
m. a. b.
(
g
/
mol
)
Atom radiusi
126
pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
759,1(7.87)
kJ
/
mol
(
eV
)
Elektron konfiguratsiyasi
[Ar] 3d
6
4s
2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi
117
pm
Ion radiusi
(+3e) 64 (+2e)74
pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1.83
Elektrod potensiali
Fe
←
Fe
3+
-0,04 В
Fe
←
Fe
2+
-0,44 В
Oksidlanish darajasi
6, 3, 2, 0, -2
Termodinamik xossalari
Zichlik
7,874
g
/
sm
³
Solishtirma issiqlik sigʻimi
25,1
J
/(
K·mol
)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik
80,4
Vt
/(
m·K
)
Erish harorati
1 808
K
Erish issiqligi
13,8
kJ
/
mol
Qaynash harorati
3 023
K
Qaynash issiqligi
~340
kJ
/
mol
Molyar hajm
7,1
sm
³/
mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi
kubik markazlashgan
Panjara davri
2,870
Å
Panjara/atom nisbati
n/a
Debye harorati
460,00
K
1394° da
polimorf
oʻzgarish sodir
boʻlib, uT. 8T.
ga (zichligi 7,41
g/sm³)
aylanadi; 5T
1535° da
suyuqlanadi.
Suyuq
Temirning
zichligi 7,024
g/sm³ (1538°
da), 6,962
g/sm³ (1600°),
6,76 g/sm³
(1800°). Temir
elektr tokini
yaxshi
oʻtkazadi.
Temir odatdagi
temperaturada
passiv, lekin
nam havoda
tez zanglaydi.
Qizdirilganida
deyarli barcha
metallmaslar
bilan
reaksiyaga
kirishadi. Temir
suyultirilgan
kislotalar bilan
reaksiyaga
kirishib,
kislorodsiz
sharoitda 2
valentli Temir
tuzlarini hosil
qiladi;
konsentrlangan
HNO3 va H2SO4 da Temir passivlanadi. Temir odatdagi sharoitda ishqorlarda erimaydi. Temir
oʻz birikmalarida Q2, Q3 valentli, lekin uning —2, Q4 va Q6 valentli mahsulotlari ham maʼlum.
Temir koʻpgina kompleks birikmalar hosil kiladi. Mac, kaliy geksatsianoferrat (II) — K4 [Fe(CN)6]
— sariq rangli kristall modda (sariq qon tuzi). Bu tuz eritmadagi Gʻe3Q ionini ochishda qoʻllanadi.
Kaliy geksatsianoferrat (III) — K3[Fe(CN)6] — zaharli qizgʻish kristall modda (qizil qon tuzi)
analitik kimyoda Fe2Q ionini ochishda ishlatiladi. Temir texnikada, asosan, choʻyan va poʻlat
holida olinadi. Tarkibidagi uglerod miqdoriga koʻra, Temir yumshoq Temir (<0,2%S), poʻlat
(0,21,7%S) va choʻyan (1,75%S)ga boʻlinadi. Texnikada temir va uning rudalari qora metallar deb
ataladi. Texnik sof Temir elektromagnitlar oʻzaklari va elektr mashinalari yakorlari,
akkumulyatorlar plastinalari uchun materialdir. Temir kukuni payvandlashda, shuningdek, misni
sementatsiyalashda ishlatiladi. Temirning sunʼiy radioaktiv izotoplari 55/ye(T|Gʻ2q2,6 soat) va
59/ye (T|Gʻ2q 45,6 sutka) — izotop indikatorlar.
Temir zamonaviy texnika uchun eng zarur metallardan biri. Lekin sof Temir yumshoq boʻlgani
uchun oz ishlatiladi. Temir birikmalari sanoat, qishloq xoʻjaligi. va qurilish ishlarida keng qoʻllanadi.
Hayvon organizmlari va usimliklarda urta hisobda 0,02% Temir buladi. U qondagi gemoglobin
tarkibiga kiradi, kislorod almashinuvi va oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Oʻzida koʻpgina
miqdorda Temir toʻplaydigan organizmlar (konsentratorlar) ham bor (mas., temir bakteriyalar 17
— 20% gacha Temir toʻplaydi). Hayvon va oʻsimliklar organizmidagi Temir oqsillar bilan
bogʻlangan buladi. Oʻsimliklarda Temir yetishmasa, usishi sekinlashadi va xlorofill hosil bulishi
kamayadi, koʻpayib ketsa ham zarar qiladi, mas., sholi kam don tugadi. Odam va hayvonlar
Temirni ovkatdan oladi (jigar, goʻsht, tuxum, dukkakli donlar, non, yorma, lavlagida Temir ayniqsa
koʻp boʻladi). Odam organizmi uchun bir kechakunduzda 60– 100 mg Temir kerak. Tarkibida
Temir boʻlgan dorilar (qaytarilgan Temir, Temir laktak, Temir glitserofosfat, Temir (II) sulfat,
Blo tabletkasi, ferramid, gemostimulin va boshqalar) Temir yetishmaydigan kasalliklarda hamda
kuvvat dori sifatida ishlatiladi.
Temir birikmalari. Temirning bir nechta karbonili maʼlum. Pentakarbonil Gʻe(SO)5 — sariq rangli,
uchuvchan, zaharli suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi —20°, qaynash temperaturasi 102,5°,
zichligi 1460 kg/m³; 60° da parchalana boshlaydi. Organik erituvchilarda eriydi. 180—200° va 16
—20 MPa bosim ostida GʻeQ5SO> Gʻe(SO)5 reaksiyasi asosida olinadi. Gʻe2(SO)9 —
oltinsimonsariq kristallar; parchalanish temperaturasi 100°. Organik erituvchilarda oz eriydi.
Havoda astasekin oksidlanadi. Osongina dissotsiyalanadi:Gʻe2(SO)9 ^Gʻe(SO)5 QGʻe(SO)4; hosil
boʻlgan Gʻe(SO)4 tezda turli ligandlarni (fosfinlar, toʻyinmagan organik birikmalar va boshqalar)
biriktirib olib komplekslar beradi. Gʻe(SO)5 ni fotoliz qilish yoʻli bilan olinadi. Gʻe3(SO)|2 —
qoramtiryashil kristallar; 140—150° da parchalanadi. Organik erituvchilarda oz eriydi. Gʻe2(SO), ni
qizdirish yoʻli bilan olinadi. Temir karbonillari magnitlar, magnitofon lentalariga yugurtiriladigan
oʻta yupqa qatlam, turli detallar, pigmentlar, ferritlar, katalizatorlar tayyorlash uchun
qoʻllanadigan karbonil temir kukunlari ishlab chiqarish.da, temirorganik birikmalar sintezida
ishlatiladi.
Temirning kristallogidrat koʻrinishidagi nitratlari olingan. Geksagidrat Fe(NO,)26H2O — och yashil
kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 60,5°. 100 g suvda 24° da 86,95 g (suvsiz tuz hisobida)
eriydi. Suvsiz Fe(NO,)2 va uning gidratlari beqaror, xavoda osongina oksidlanadi. Nonagidrat Fe
(NO3)39H2O — och binafsha rangli gigroskopik kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 50,1°;
zichligi 1810 kg/m³.100 g suvda 20° da 82,48 g (suvsiz tuz hisobida) eriydi. Geksagidrat
Fe(NO3)36H2O — rangsiz, gigroskopik kristallar; zichligi 1680 kg/m³; suvda, etanolda,
atsetonda eriydi. Temir nitrat gidratlari Temir qirindilariga 20—30% li HNO3 eritmasini taʼsir
ettirib olinadi. Suvni tozalashda koagulyant, gazlamalarni boʻyashda xurush sifatida, oksid
kattalizatorlar sintezida qoʻllanadi.
Temir oltingugurt bilan sulfidlar hosil qiladi: Temir (P)sulfid FeS, Temir disulfid FeS2 va boshqa
Tabiiy Temir sulfidlari (pirit va markazit FeS2, pirrotin Fe7S8) Yer poʻstida keng tarqalgan
(qarang
Oltingugurt
) Temir ning 2 ta xloridi maʼlum: Temir (II) xlorid GʻeS12 va Temir (Sh)xlordi
GʻeS13 Temir (II) xlorid GʻeS12 rangsiz kristallar; oksidlanishi sababli havoda sargʻayadi.
Suyuqlanish temperaturasi 677°, qaynash temperaturasi 1026°; zichligi 3,162 g/sm³. Suvda,
etanolda, atsetonda eriydi. Temir qirindilariga 500° da gaz holatdagi xlorid kislota taʼsir ettirib
yoki GʻeS13ni vodorod bilan kaytarib olinadi. Organik sintezda katalizator, GʻeS13 olishda,
antianemik preparatlar komponenti sifatida qoʻllanadi.
Temir(Sh)xlorid GʻeS13 — toʻq kizil tusli kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 309°, qaynash
temperaturasi 320°; zichligi 2,898 g/sm³. Suvda, spirtda, atsetonda eriydi. Tabiatda molizit
minerali koʻrinishida uchraydi. 400—500° da Temirga quruq holdagi xlor yoki 500° da Gʻe2O3 ga
xlorid kislota taʼsir ettirib hosil qilinadi. Suvni tozalashda koagulyant, gazlamalarni boʻyashda
xurish, katalizator sifatida, analitik kimyoda SCN~, Sn2Q ionlarini ochishda, fenol va yenollarni
aniklashda qoʻllanadi.
Gulyayev Temir Temir, Metallovedeniye, 6 izd., Temir, 1986; Kasoʻmova Temir S, Biogennie
elementoʻ, Temir, 1990; Temir, Rahimov TemirTemir, Muftahov Temir Temir, Anorganik kimyo,
Temir, 2003.
Rustam Maʼrupov.
Adabiyot
Fe
26
Do'stlaringiz bilan baham: |