O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

Magniy qotishmalarini
suyuqlantirish texnologiyasi.
Magniy qotishmalarini 
suyuqlantirish — ishlab chiqarishning seriyaliligi va quymalarning massasiga qarab 
yo tigelli pechlarda (yoqilgri yoki elektrda ishlaydigan), yo dupleks- jarayon: alanga 
pechi—tigelli pech yoki induksion pech—tigelli pech (3.31- rasmga q.) yordamida 


233 
bajariladi. Mayda quymalar tigelli statsionar pechlarda suyuqlantiriladi. Yirik 
quymalar uchun to‗siqqa ega bo‗lgan po‗lat tigeli olinadigan pechlardan yoki 
dupleks- jarayonlardan foydalaniladi. 
Tigelda 
suyuqlantirish 
bilan 
bir 
yo‗la 
qotishmalarni 
tozalash 
va 
modifikatsiyalash amalga oshiriladi. Statsionar tigellarda suyuqlan- tirishda ВИ 2 
flus, tigeli olinadigan pechlarda suyuqlantirishda esa ВИ З markali flus ishlatiladi. 
ВИ З ning zichligi kichik bo‗ladi, shu sababli u yuzaga qalqib chiqadi. Statsionar 
tigeldan tayyor qotishma kovshlar yordamida quyiladi, olinadigan tigellar pechdan 
chiqarib olinadi va quyiladigan joyga transportirovka qilinadi. 
Tigelli pechlarda qotishma ma‘lum ketma- ketlikda suyuqlantiriladi: tigel 
400—500 °C gacha qizdiriladi va unga shixta massasidan 10% gacha miqdorda flus 
(jarayonga qarab ВИ 2 yoki ВИ З) yuklanadi. Barcha shixta suyuqlangandan keyin 
suyuqlanma 700-720 °C gacha qizdiriladi va tozalanadi hamda modifikatsiya 
qilinadi. Suyuqlanma 10—15 min vaqt davomida saqlab turiladi, kimyoviy va 
spektral analiz uchun, shuningdek, sinishga sinash uchun texnologik namunalar 
olinadi, shundan keyin metall quyish uchun transportirovka qilinadi. Metallni 
quyishda uni flus bilan ifloslantirmaslik uchun tigelda suyuqlanmaning 20—30% 
hajmi qoldiriladi. Qolgan iflos metall izlojnitsa (qolip)larga quyiladi va tayyorlov 
qotishmasi uchun foydalaniladi. 
Suyuqlantirish texnologiyasining ikkita turi bir- biridan farqlanadi: quyma 
ko‗rinishidagi qotishmani qaytgan metallni qo‗shib qayta suyuqlantirish va ikkita 
bosqichda suyuqlantirish (dastlabki va ishchi qotishmalarni tayyorlash). Birinchi 
holda, quyma ko‗rinishidagi magniy qotishmalari shixta materiallari bo‗lib xizmat 
qiladi. Ular pechga qaytarilgan metall bilan birgalikda yuklanadi, atmosfera 
ta‘siridan himoyalanadi, suyuqlantiriladi, qotishma talab etilgan tempe- 
raturagacha yetkaziladi, so‗ngra tozalanadi va modifikatsiya qilinadi, shundan 
keyin quyishga kirishiladi. 
Ikkinchi holda, birlamchi metallar va ligaturalar shixta materiallari bo‗lib 
xizmat qiladi. Shu sababli, oldin shixta hisoblab chiqiladi, so‗ngra ligatura 
tayyorlanadi va dastlabki qotishma suyuqlantiriladi. Uni tayyorlash uchun 


234 
tozalangan va 500 °C gacha qizdirilgan tigelga shixta massasidan 0,25—1,0% 
miqdorda flus yuklanadi va suyuqlantiriladi. So‗ngra metall shixta yuklanadi, 
suyuqlantiriladi, suyuqlanma 700—720 °C gacha qizdiriladi va tozalanadi. 
Tozalash jarayoni shundan iboratki, tigel yuzasiga metall massasidan 1% 
miqdorda maydalangan quruq flusning yangi porsiyalari beriladi va qotishma kapgir 
bilan 4—6 minut davomida obdan aralashtiriladi. Bu davr ichida qotishma 
nomaqbul aralashmalardan tozalanadi, bir jinsli bo‗ladi va uning sirti ko‗zgudek 
yaltiroq bo‗lib qoladi. Yuqori temperatura chegarasini ma‘lum vaqt davomida 
saqlab turish muallaq zarrachalarning ancha to‗la suzib chiqishi hamda ajralishiga 
yordam beradi. Tozalash oxirida shlak yaxshilab so‗rib olinadi, yangi flus qatlami 
hosil qilinadi va qotishma temperaturesi 750—780 °C gacha ko‗tariladi. Bu 
temperaturada qotishma 10—15 minut saqlab turiladi va kimyoviy analiz qilish 
uchun namuna olinadi. So‗ngra temperatura 680—700 °C gacha pasaytiriladi va 
qotishma 120—150 °C gacha qizdirilgan izlojnitsa (qolip)larga quyiladi. 
Ishchi qotishma ham xuddi shunday ketma- ketlikda suyuqlantiriladi: pechga 
flus yuklanadi, so‗ngra oldindan 120—150 °C gacha qizdirilgan shixta (quyma 
ko‗rinishidagi magniy qotishmalari yoki dastlabki qotishma quymalari) yuklanadi. 
Yuklash operatsiyasi yuklanayotgan komponentlarning erishiga qarab, davriv 
ravishda amalga oshiriladi. Shixta har gal yuklangandan keyin metall 
oksidlanishining oldini olish uchun vanna yuzasiga flus sepiladi. Qotishma 
760—800 °C gacha qizdiriladi va suyuqlangan metall yuziga sepiladigan flus bilan 
tozalanadi. Magniy qotishmalari tarkibidagi mexanik aralashmalar, oksidlar va 
nitridlar 750 °C temperaturada yetarli darajada tez tigel tagiga cho‗kadi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish