O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Cho‘yan suyuqlantirishning umumiy xarakteristikasi



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

 
1.4. Cho‘yan suyuqlantirishning umumiy xarakteristikasi 
Vagrankalarda istalgan suyuqlantirish jarayoniga xos bo‗lgan operatsiya 
tegishli zonalarda amalga oshiriladi (1.5- rasm). Qizdirish zonasida qizigan gazlar 
metallni qizdiradi. Bunda metall gaz fazasi bilan o‗zaro ta‘sirlashadi, buning 
natijasida metall oksidlanadi; koks qizib uchuvchan moddalarini yo‗qotadi va h.k. 
Suyuqlantirish operatsiyasi metallni qattiq holatdan suyuq holatga o‗tishi va bu 
zonada murakkab o‗zaro ta‘sir ko‗rsatishi bilan xarakterlanadi. O‗ta qizish 
zonasida suyuq metall va hosil bo‗ladigan suyuq shlak bir-biri bilan, shuningdek, 
gaz fazasi koks hamda pech futerovkasi bilan reaksiyaga kirishadi. Va nihoyat, 
to‗planish zonasida suyuq metall shlak va koks bilan reaksiyaga kirishadi. 


27 
Zonalar 
Fazalarning o‗zaro ta‘siri 
Qizdirish 
Suyuqlanish 
O‗ta qizdirish 
To‗plash 
a) 
Davrlar 
Fazalarning o‗zaro ta‘siri 
Qizdirish va 
suyuqlanish 
O‗ta qizdirish 
va me‘yoriga 
yetkazish 
b) 
1.5

rasm.
Suyuqlantirish zonalari (a) va davrlari (b) bo‗yicha fazalar o‗zaro
ta‘siri sxemasi: 
1 — qattiq metall; 2 — koks yoki karbyurizator; 3 — flyuslar; 4 — beriladigan gaz; 5 — pech 
futerovkasi; 6 — suyuq metall; 7 — suyuq shlak; 8 — pechning gaz fazasi. 


28 
Cho‗yan elektr pechlarda suyuqlantirilganda jarayon ikkita asosiy davrga 
bo‗linadi: qizdirish — suyuqlantirish va o‗ta qizdirish — me‘yoriga yetkazish.
1.5-b rasmda induksion pechda suyuqlantirish operatsiyasini amalga oshirish 
sxemasi ko‗rsatilgan. Pechni yuklash operatsiyasidan keyin bir yo‗la amalga 
oshiriladigan qizdirish va eritish operatsiyalari sodir bo‗ladi. Shixta, odatda, oldingi 
suyuqlantirish jarayonidan qolgan suyuq metall qoldig‗iga solinadi, shuning uchun 
ham qizish va suyuqlantirish suyuq metallning qattiq metall bilan o‗zaro ta‘siriga 
bog‗liq. Bunda ishtirok etgan gaz fazasi metallni oksidlaydi. O‗ta qizdirish davrida 
barcha metall suyuq holatda bo‗ladi hamda pechning shlaki va futerovkasi bilan 
o‗zaro ta‘sirlashadi. Jarayon oxirida suyuq qotishma hosil bo‗ladi. 
Suyuqlantirish jarayonida fazalarning bir-biriga ta‘sir etishi natijasida 
cho‗yanning kimyoviy tarkibi shakllanadi. Kimyoviy tarkibning shakllanishiga 
fazalar o‗zaro ta‘sirining quyidagi turlari ta‘sir ko‗rsatadi: qattiq metallning gaz 
fazasi bilan oksidlanishi (I Ox bilan belgilaymiz); suyuq metallning gaz fazasi bilan 
oksidlanishi (II Ox); metallning shlak bilan oksidlanishi (III Ox); elementlarni koks 
yoki karbyurizator uglerodi vositasida qaytarish (I Red); uglerodni eritish (I R), 
cho‗yanning bitta elementini boshqasi bilan qaytarish (II Red). Massa uzatish 
koeffitsiyenti tegishlicha 
va 
va hokazolar bilan xarakterlanishi 
mumkin. 
Natijada, har qaysi zona yoki davr uchun qotishma kimyoviy tarkibining 
o‗zgarishini xarakterlovchi massa uzatish koeffitsiyentini topish mumkin. Uning 
qiymatiga suyuqlantirishdagi termodinamik sharoitlar (atmosfera, shlak tarkibi va 
suyuqlantirishning konkret usulini amalga oshirish bilan bog‗liq bo‗lgan 
jarayonlarning sodir bo‗lish mexanizmi) ta‘sir etadi. 
Birinchi zonada (birinchi davrda, 1.5- b rasmga q.) qattiq shixta materiallari gaz 
fazasi bilan reaksiyaga kirishadi. Bunda atmosfera temirga ta‘sir etib, uni 
oksidlaydi: 
Fe + CO
2
= FeO + CO. 
(1.12) 


29 
Shixta metall bo‗lakchalarining sirtida cho‗yanning boshqa elementlari ham 
oksidlanishi mumkin. Bundan tashqari, metall gazdagi oltingugurt bilan to‗yinishi 
mumkin: 
3Fe + SO
2
= FeS + 2FeO.
(1.13) 
Bu zonada ohaktosh quyidagi reaksiya bo‗yicha parchalanadi: 
CaSO
3
= CaO + CO
2
.
(1.14) 
Bunda yoqilg‗i namligini va uchuvchan moddalarini yo‗qotadi. 
Ikkinchi zonada (suyuqlanish zonasi) shixtaning metall komponentlari 
suyuqlanadi va oksidlanish, oltingugurtga to‗yinish hamda uglerodsizlanish 
jarayonlari birinchi zonaga qaraganda ancha jadal sodir boiadi. Bunda temir (II) 
oksidi FeO elementlarining ikkilamchi oksidlanish reaksiyasi sodir bo‗ladi, Temir 
(II) oksidi erigan metall bilan birgalikda oqib quyidagi tipdagi reaksiyalar bo‗yicha 
Si, Mn va C bilan reaksiyaga kirishadi: 
Me + FeO = Fe + MeO. (1.15) 
Uchinchi zonada (o‗ta qizdirish zonasi) suyuq metall koks bolakchalari bo‗ylab 
tomchilar va oqimlar ko‗rinishida oqib tushadi hamda o‗ta qiziydi. Natijada, 
uglerodlanish, shuningdek C va S larning erib, koksdan ajralish hamda 
elementlarning quyidagi tipdagi reaksiya bo‗yicha qaytarilish jarayonlari 
boshlanadi: 
< C > + (MeO) = [Me] + {CO}.
(1.15 a) 
Bu zonada shlak hosil bo‗la boshlaydi. 
Ozod kislorod tufayli furmalar zonasida 
tipdagi reaksiya 
bo‗yicha elementlar jadal oksidlanishi mumkin. Birinchi navbatda temir 


30 
oksidlanadi. Bunda temir (II) oksidi Mn, Si, C larni oksidlaydi (1.15 reaksiya). 
Metall tomchilari koks bilan kontaktlashganda (1,15 a) tipdagi reaksiyalar bo‗yicha 
elementlar intensiv uglerodlanadi va qaytariladi. Keyin shlak hosil bo‗lishi tugaydi. 
To‗rtinchi zonada (to‗plash zonasi) metall va shlak biroz soviydi. Metall gornda 
to‗planadi va koks bilan kontaktlashib koksdagi uglerod hamda oltingugurtni 
eritadi. Vagrankalardan (ularda metall gornda to‗planadi) olingan cho‗yan tarkibida 
C va S miqdori ko‗proq bo‗ladi. 
Barcha fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida Si va Mn ularning shixtadagi 
dastlabki miqdoriga qaraganda tegishlicha 15—25% va 25— 30% kamayadi. 
Natijada uglerod va oltingugurt miqdori ortadi. Temir miqdori ham biroz kamayadi. 
Uning oksidlari, Si va Mn oksidlari, yoqilg‗i kuli hamda futerovkaning erigan sirti 
vagranka shlakini tashkil etadi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish