O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Sharsimon grafitli yuqori darajada



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

5.2. Sharsimon grafitli yuqori darajada
mustahkam (ВЧ) 
cho

yan
olish 
Sharsimon grafitli yuqori darajada mustahkam cho‗yan olish texnologiyasi 
ikkita asosiy bosqichni o‗z ichiga oladi: suyuqlantirish va cho‗yanga grafitni 
sferoidizatsiyalaydigan qo‗shimchalar bilan ishlov berish. Talab etilgan 
mikrostrakturaga yoxud bevosita quyilgan holatda, yoxud termik ishlov berib 
erishiladi. 
Shixta tarkibi cho‗yanning talab etilgan kimyoviy tarkibini olishni ta‘minlashi 
kerak. Vagrankada suyuqlantirilganda shixtada quyma cho‗yanlarning orttirilgan 
miqdoridan foydalaniladi. 
Yuqori darajada mustahkam cho‗yan olishda cho‗yan elektr pechlarda 
suyuqlantirilsa va ayniqsa, dupleks- jarayonlar qo‗llanilsa, juda maqsadga muvofiq 
bo‗ladi. VAZda ВЧ olish uchun cho‗yan dupleks- jarayonda yoy pechi—induksion 
pech vositasida suyuqlantirib olinadi. Shixta tarkibiga qaytarilgan metall, po‗lat 
chiqindilari, grafit, ferrosilitsiy, ferromarganes kiradi. Cho‗yan induksion pechga 
qayta quyilavotganda quyidagi kimvoviy tarkibga ega bo‗ladi (%): 3,6—3,8 C; 
1,7—1,8 Si; 0,3—0,4 Mn; <0,012 S; <0,06 P; <0,05 Cr; 0,4—0,65 Ni; 0,01—0,03 
Cu. Kulrang cho‗yanga nisbatan unda uglerod 0,4% ko‗p, marganes 0,2—0,3% kam 
va oltingugurt miqdori esa juda ham kam bo‗ladi. 
Suyuqlantirish jarayoni berilgan temperaturali cho‗yan olishni ta‘minlashi 
kerak. VAZda pechdan chiqarilayotgan cho‗yanning temperaturasi 75-3 marka 
uchun 1530°C ni; 56-5 marka uchun 1480 °C ni (botiriladigan termopara bo‗yicha), 
quyish boshidagi temperatura pirometr bo‗yicha tegishlicha 1400 va 1370°C ni 
tashkil qiladi. 
Cho‘yanda sharsimon shakldagi grafit olish uchun suyuqlanmani tarkibida Mg, 
Ce, Y va boshqa RZE bo‗lgan turli modifikatorlar bilan ishlov berish usuli 
qo‗llaniladi, lekin Mg element deyarli barcha qo‗llaniladigan modifikatorlarda 
ishtirok etadi. 
Yuqori darajadagi puxta cho‗yanda grafitni sferoidizatsiyalash uchun


299 
Ni — Cu — Mg, Ni — Cu — Si — Mg, Ni — Si — Ca — Mg ligaturalar va 
shuningdek, tarkibiga Mg, Ca, Si va RZE lar kiradigan kompleks JKMK, KM 
modifikatorlar ishlatiladi. 
Yuqori darajada mustahkam cho‗yan olish uchun seriyli modifikatorlar ham 
ishlatiladi. Ular jumlasiga ferroseriv 140—55% Ce, 18— 25% La, 10—12% Na, 
5—7% Pr), mishmetall (52% Ce, 24% La, 18% Na, 5% Pr), МЦ40, МЦ65, МЦ75 
markali (raqamlar tarkibidagi Ce ning eng kam miqdorini ifodalaydi) seriyli 
mishmetall, shuningdek, tarkibida shu elementlarning o‗zi va 4,5—7,0% Mg 
bo‗lgan МЦМ-5 modifikatorlar kiradi. «Сиитмиш» va «Сцемиш» tipidagi 
kremniy- seriyli ligaturalar ham ishlatiladi. Lekin ligaturalar yordamida cho‗yanda 
grafitning barqaror sharsimon shaklini faqat yupqa devorli quyma uchun yoki 
kokilga quyishda olish mumkin. 
ЦНИИТМаш ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida quyidagi tarkibdagi 
kompleks modifikatorlar ishlab chiqilgan (%): Ц1 (6—15 RZE, 2—4 Mg, 4—12 
Ba, 10—18 Al, 17—29 Si, qolgani temir) va Ц2 (11-18 RZE, 1,5—3,5 Mg; 0,5—5,0 
Al; 0,2—1,8 Zr, 12—27 Fe, qolgani Si). Bu modifikatorlar sharsimon grafitli 
cho‗vanning barqaror olinishini va devorlarining qalinligi 150 mm gacha bo‗lgan 
quymalarda metall xossalarining qaytadan tiklanishini ta‘minlaydi. Yuqori darajada 
mustahkam po‗lat olish uchun bu modffikatorlar sarfi metall massasidan 1,2—2,0% 
ni tashkil qiladi. Modifikator 0,6—0,8% kiritilganda vermikular grafitli cho‗yan 
hosil bo‗ladi [8]. 
Sferoidizatsiyalovchi modifikatorlarga qarama- qarshi o‗laroq, ba‘zi elementlar 
demodifikator bo‗ladi, shu boisdan ularning cho‗yandagi miqdori quyidagidan ortiq 
bo‗lmasligi kerak (%): 0,009 Pb; 0,003 Bi; 0,026 Sb; 0,08 As; 0,04 Ti; 0,13 Sn; 0,3 
Al. Demodiflkatorning ta‘siri remodifikatorlar, masalan, Ce ni qo‗shib qisman yoki 
to‗la bartaraf qilinadi. 
Cho‗yanga magniy kiritilganda uning jadal bug‗lanishi sodir bo‗ladi. Magniy 
bug‗lari yonib oq tutun ajratib chiqaradi. Reaksiya juda tez o‗tadi va shiddatli 
xarakterga ega. Piroeffektni kamaytirish uchun tarkibida ko‗pi bilan 12—15% Mg 
bo‗lgan ligatura yoki tarkibida Ni va Cu lar bo‗lgan zichligi katta aralashmalar ham, 


300 
tarkibida Si va Ca lar bo‗lgan ancha yengil aralashmalar ham qo‗llaniladi. 
Oqarmagan quymalar olish uchun sferoidizatsiyalaydigan modifikator 
kiritilgandan keyin ikkilamchi grafitlaydigan modifikatsiyalash o‗tkaziladi, natijada 
kichrayish oqibatida hosil bo‗ladigan nuqsonlar hamda ichki zo‗riqishlar kamayadi. 
Bunda modifikator sifatida ФС75 ferrosilitsiy ishlatiladi. 
Ligaturalar bilan kovshda modifikatsiyalash eng sodda usul hisoblanadi. 
Masalan, VAZda Ni — Mg — Ce ligatura bevosita quyadigan kovshga kiritiladi. 
Ligatura bilan birgalikda ferrosilitsiy va legirlovchi qo‗shimchalar kiritiladi. Lekin 
Ni — Mg — Ce ligatura qimmatbaho bo‗lganligidan, sof magniy bilan 
modifikatsiyalash keng tarqalgan. 
Cho‗yanni modifikatsiyalashda oltingugurtsizlantirish va gazsizlantirish 
jarayonlari sodir bo‗ladi, shuning uchun modifikatorni dozalash uning bu 
jarayonlarga, asosan, oltingugurt bilan birikishga sarflanishi bilan aniqlanadi. Zarur 
bo‗lgan magniy miqdorini quyidagi formula bo‗yicha aniqlash mumkin: 
Mg = [(0,04 — 0,1) + 0,26(S
d
– S
q
)] ·A
-1
(5.3) 
bu yerda: S
d
va S
q
— dastlabki va qoldiq oltingugurt miqdori; 0,04 — 0,1% — 
cho‗yandagi qoldiq Mg (0,04 — quyma ko‗rinishidagi yuqori sifatli cho‗yanlar 
uchun; 0,05 — irsiy xususiyatlari yomon cho‗yanlar uchun va 0,1 gacha — qalin 
devorli quymalar uchun); 
A — magniyni o‗zlashtirish koeffitsiyenti 
(modifikatsi-yalash usuli va cho‗yan temperaturasiga bog‗liq; 1400 °C da Ni — Mg 
ligatura kiritilganda A = 0,6 – 0,7; 1500 °C da A = 0,4 – 0,5). 
Qoldiq magniy miqdori yetarli bo‗lmaganda aralash yoki vermikular grafit, 
ortiqcha bo‗lganda esa qisman yoki to‗la oqarish hosil bo‗ladi. Ochiq tipdagi 
kovshga yoki to‗plagichga qalpoqcha yordamida sof magniy ko‗rinishidagi 
modifikator kiritilganda magniy sarfi cho‗yan temperaturasiga qarab 0,4—0,7% ni 
tashkil qiladi, bunda metallning temperaturasi qancha yuqori bo‗lsa, magniy sarfi 
shuncha kam bo‗ladi. 
Ligatura tarkibiga magniy metall massasidan 2—2,5% miqdorda kiritiladi. Agar 


301 
magniy va ligaturalar maxsus avtoklavlar yoki kovshlarda bosim ostida kiritilsa
ularning sarfi kamayadi (4.7, 4.8- rasmlarga q.). Bunda magniyning qaynash 
temperaturasi ortadi, bug‗ning sekin hosil bo‗lishi ta‘minlanadi va uni mumkin 
qadar ko‗p o‗zlashtirish uchun sharoitlar yaratiladi. Avtoklavlarda yoki 
germetizatsiyalangan kovshda modifikatsiyalaganda magniy 
sarfi ishlov 
berilayotgan metall massasidan 0,2—0,35% gacha kamayadi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish