O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

Cho‘yanlarni modifikatsiyalash.
Modifikatsiyalovchi qo‗shimchalar sifatida 
ФС75 ko‗rinishida Si (kulrang cho‗yan uchun), Mg, Ce va boshqa. (ВЧ uchun), Bi, 
В, Al, Те va boshq. (КЧ uchun) dan keng foydalaniladi. Piroeffekt bermaydigan 
modifikatsiyalovchi qo‗shimchalar cho‗yan chiqarilayotganda suyuqlantirish 
pechining tarnoviga yoki kovshga kiritiladi. 
Cho‗yanga modifikatorlar kiritishning katta miqdordagi usullari ma‘lum. 
Yakkalab va seriyalab ishlab chiqarishda kichik sig‗imli kovshga modifikator metall 
bilan to‗ldirish vaqtida dozatordan foydalanmasdan kiritiladi. Katta sig‗imni 
to‗ldirish uchun shu operatsiyaning o‗zi bajariladi, lekin bunda dozatordan 
foydalaniladi. Modifikatorni vagranka korpusiga mahkamlangan dozator yordamida 


279 
kiritish usuli mavjud. Modifikator kovsh to‗ldirilayotgan vaqtda vagrankaning 
kovshiga kiritiladi. Bu usul, asosan, ko‗plab va seriyalab ishlab chiqarishda mayda 
hamda o‗rtacha kovshlar uchun qo‗llaniladi. 
Modifikatorni oraliq kovsh- eritgich orqali kiritish usuli ham ma‘lum. Kovshga 
modifikator dozatordan yoki tebranib siltaydigan tarnovdan keladi. Bu usul 
yakkalab yoki seriyalab ishlab chiqarishda katta sig‗imli (11 dan ortiq) kovshlar 
uchun qo‗llaniladi. Modifikatorni metall yuzasining ostiga ham qalpoq yoki 
cho‗ktirish uchun maxsus qurilma yordamida kiritish mumkin. Bu usuldan, asosan, 
katta sig‗imli kovshlarni bitta suyuqlantirib olingan metall bilan to‗idirish mumkin 
bo‗lmagan hollarda foydalaniladi. Yakkalab ishlab chiqarishda yirik quymalar 
uchun va seriyalab ishlab chiqarishda mayda hamda o‗rtacha quymalar uchun 
modifikator maxsus konstruksiyali litnik jomiga (to‗siqli) yoki litnik sistemasidagi 
maxsus cho‗ntakka kiritiladi. Qolipda modifikatsiyalash (inmold jarayon deb 
ataluvchi jarayon) tobora keng ko‗lamda tarqalmoqda. Cho‗yanni kovshda va litnik 
sistemasida kombinatsiyalangan tarzda modifikatsiyalash ham qo‗llaniladi. 
Donalarining o‗lchami 0,2—1 mm bo‗lgan maydalangan ferrosilitsiydan 
1350—1410°C 
quyish 
temperaturasida 
0,1—0,3% 
miqdorda 
sarflab 
foydalanilganda optimal natijalarga erishiladi. Bunda quymalarni oqartirish amalda 
bajarilmaydi, qattiqligi esa 197—218 HB ni tashkil etadi. 
Kimyoviy tarkibi turlicha bo‗lgan ikkita suyuq cho‗yanni yoki cho‘yanni suyuq 
po‗lat bilan birga quyganda modifikatsiyalashga o‗xshash murakkab jarayonlar 
sodir bo‗ladi, bu esa strukturaning maydalanishiga va mexanik xossalarning 
yaxshilanishiga yordam beradi. Ba‘zan cho‗yanga gazlar, uglevodorodlar va chang 
gaz aralashmalari bilan ishlov berish usuli qo‗llaniladi. Bu maqsadda kislorod, azot, 
argon, karbonat angidrid gazi va uglevodorodlar ishlatiladi. Gaz oqimiga 
kukunsimon qo‗shimchalar ham kiritilishi mumkin. Cho‗yanga kislorod kiritib 
tozalash usulining qo‗llanilishi uning kimyoviy tarkibi va xossalariga sezilarli ta‘sir 
qiladi. Cho‗yanni boshqa gazlar kiritib tozalashda uning tarkibidagi gaz miqdori 
o‗zgaradi. Gaz miqdori, o‗z navbatida, uning xossalariga ta‘sir qiladi, chunki 
grafitizatsiyalanish jarayonining kuchayishi yoki bostirilishi sodir bo‗lishi mumkin 


280 
(kuchayish suyuqlanmadan vodorod va azotni chiqarib yuborishda, bostirish esa 
kristallizatsiyalanish markazlarining kaogulatsiyalanishida sodir bo‗ladi). Suyuq 
cho‗yanni gazlar bilan ishlash grafit qo‗shilmalar shakliga va evtektiv dona 
o‗lchamlariga ham ta‘sir qiladi: ba‘zi hollarda u dendritlararo grafit hosil bo‗lishiga, 
boshqa hollarda esa kurtaklar sonining ortishiga hamda dendritlararo grafit 
miqdorining kamayishiga yordam beradi. Argon va azot bilan ishlov berishda 
effektiv dona yiriklashadi: vodorod, karbonat angidrid gazi, kislorod va tabiiy gaz 
bilan ishlov berganda maydalashadi [17]. 
Suyuq metallni neytral gaz yordamida barbotaj bilan ishlash turini fransuz 
firmasi Gazal-protsess ishlab chiqqan. Bu jarayondan cho‗yanni kovshda, tarnovda 
yoki induksion pechda desulfuratsiyalash va ugle- rodlash uchun, shuningdek, 
cho‗yanni 
mikserda 
aralashtiryotganda 
skrap 
va 
ferroqotishmalar 
qo‘shimchalarining erishini yaxshilash maqsadida foydalaniladi. 
Tarkibi quyidagicha bo‗lgan (%): 2,9—3,2 C; 0,8—1,0 Mn; 1,5— 1,6 Si; 
0,4—0,6 Cr; 0,2—0,3 Ni; 0,008 S; 0,08 P kam legirlangan cho‗yanni 0,8% ФС-75 
bilan modifikatsiyalab hamda C
3
H
8
propan kiritib, birgalikda ishlov berish ancha 
samaralidir. 
Propan 
bilan 
ishlov 
berilmagan, 
0,8% 
ФС-75 
bilan 
modifikatsiyalangan cho‗yanda quyidagi xossalarga erishilgan: qattiqligi HB 
212—248; cho‗zilishdagi mustahkamlik chegarasi — 33—39 kg/mm
2
; bukilishdagi 
mustahkamlik chegarasi — 65—70 kg/mm
2
; egilish strelasi — 4,0—4,7 mm. Uni 
propan berib 2—4 min davomida tozalab va keyinchalik 0,8 ФС-75 bilan 
modifikatsiyalaganda mustahkamligi 10—15% ortadi. Bunda perlitli dispers 
sistema hosil bo‗ladi va grafit propan bilan tozalanmagan cho‗yanga qaraganda 
ancha tekis taqsimlanadi. 
Tarkibida oltingugurt miqdori kam bo‗lgan suyuq cho‗yanni ba‘zi 
uglevodorodlar bilan ishlaganda grafit sharsimon shaklda kristalli- zatsiyalanishi 
mumkin. Bunda ishlatiladigan uglevodorodlarda С : H nisbat qanchalik katta bo‗lsa, 
kristallizatsiyalanish shunchalik yuqori darajada bo‗ladi. Cho‗yan naftalin (C
10
H
8

bilan ishlanganda eng yaxshi natijalarga erishiladi, lekin grafitning to‗la sharsimon 
shakli faqat cho‗yan karbid sistemasi bo‗yicha kristallizatsiyalanadigan sharoitlarda 


281 




hamda keyinchalik yumshatilganda hosil bo‗ladi. Suyuq cho‗yanga siqilgan havo 
oqimida kukunsimon grafit yoki uning asosida tayyorlangan aralashmalar bilan 
ishlov berilganda ferrosilitsiy bilan ishlov berilgandagiga qaraganda oqarishi ancha 
kamayadi, lekin quymalarda grafit spelini topish mumkin [17]. 
Piroeffekt beradigan qo‗shimchalar (masalan, Mg) maxsus qurilmalarda 
kiritiladi (1.9- rasmga q.). Qo‗shimchalar qalpoqqa joylashtiriladi, so‗ngra u 
metallga maxsus avtoklavdagi kovshda (4.7- rasm) yoki yig‗gichda kiritiladi.

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish