Microsoft Word конструкция doc qisqartirilgan doc



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/121
Sana30.04.2022
Hajmi2,37 Mb.
#599880
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121
Bog'liq
KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 
l-§. Umumiy ma’lumot
Mashinasozlikda konstruksion materiallar sifatida metall 
qotishmalari bilan bir qatorda nometall materiallardan ham 
keng foydalaniladi va ularni qo‘llanilish sohalari borgan sari 
ortib bormoqda. Ma’lum M, nometall materiallar xili ko‘p, 
lekin sanoatda keng qo‘llaniladiganlariga plastik massalar, 
rezina, lak, bo‘yoq, yelim, asbest, shisha, keramika va 
boshqalar kiradi. Nometall materiallarning yetarli puxtaligi, 
yengilligi, termik va kimyoviy chidamligi, yuqori izolatsion 
xarakteristikalari, ayniqsa, texnologik va ekspluatatsion 
xossalarining yaxshiligi ulardan metallar o‘rnida emas, balki 
zarur materiallar sifatida ham foydalanilmoqda. 
Nometall materiallar asosi polimerlar (yuqori molekular 
birikma)dan iborat bo‘lib, ular tabiiy va sun’iy xillarga 
ajratiladi. 
Tabiiy polimerlarga sellyuloza, slyuda, asbest, grafit, 
paxta va boshqalar, sun’iylariga polietilen, viskoza, sintetik 
kauchuk va boshqalar kiradi. 
 


106
2-§. Plastik massalar va ulardan detallar tayyorlash
Plastik massalar tabiiy yoki sun’iy polimerlar asosida 
olingan materiallar bo‘lib, ularni olish yoki qayta ishlashning 
ma’lum bosqichida yuqori plastiklikka ega bo‘ladi. Plastik 
massalar oddiy va murakkab xillarga ajratiladi. 
Oddiy plastik massalar yolg‘iz polimerlardan iborat 
bo‘lib, ularga polietilen, polistirol, kapron, organik shisha va 
boshqalar kiradi. 
Murakkab plastik massalarda bog‘lovchi polimerlardan 
tashqari toldiruvchilar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, 
katalizatorlar, moylovchi va bo‘yovchi moddalar ham 
bo‘ladi. Ba’zan bog‘lovchilar sifatida polimerlar o‘rniga 
bitum, asfalt, sementlardan ham foydalaniladi. 
To‘ldirgichlar plastmassalarni fizika-mexanik, kimyoviy 
va texnologik xossalarini yaxshilash bilan kam yeyiladigan 
qiladi. Ularning narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga 
zaruriyatiga ko‘ra 40–80% gacha to‘ldirgichlar sifatida 
yog‘och uni, paxta, qog‘oz, asbest, to‘qima va shisha 
tolalari, bo‘r, gips, grafit, kaolin, talk kukunlari va boshqa 
materiallar qo‘shiladi. 
Plastik massalarning plastikligi, elastikligi va oquv-
chanligini oshirish maqsadida plastifikatorlar kiritiladi va 
plastifikatorlar sifatida kamfara, kana-kunjut moyi, glitserin, 
dibutilftolat va boshqalar. 
Stabilizatorlar plastik massalarga issiqlik, nur va boshqa 
faktorlar ta’sirida turg‘unligini oshirish maqsadida oltingu-
gurtli birikmalar, fenollar va boshqalar ma’lum nisbatda 
qo‘shiladi. 
Katalizatorlar sifatida magneziya, urotropin, ohak va 
boshqa materiallardan foydalaniladi. Ular polimer material-
larning qotish jarayonini tezlatadi. 
Moylovchi moddalar plastmassalarni presslash jarayonini 


107
osonlashtirish uchun qo‘shiladi. Ularga mum, steorin, 
transformator moyi va boshqalar kiradi. 
Bo‘yoqlar plastmassaga kerakli rang beradi. Bo‘yoq 
sifatida oxra, rodanin, nigrozin va boshqalardan foydala-
niladi. 
Plastik massalar xossalariga (molekulalararo bog‘lanish 
xarakteriga) ko‘ra termoplastik va termo-reaktiv xillarga 
ajratiladi. 
Termoplastik plastmassalarda polimer molekulalari 
o‘zaro bo‘shroq chiziqli bog‘lanadi. Ular qizdirilganda 
yumshab, sovitilganda qotadi. Shu sababli, ularni takror 
qizdirib ishlov beriladi. Bu holda xossalari saqlanadi. 
Termoreaktiv plastmassalar molekulalari o‘zaro kimyo-
viy puxta bog‘lanadi. Shu sababli, ularning xossalari termo-
plastiklardan keskin farqlanadi. Bu plastmassalar qizdiril-
ganda yumshab borib, keyin ma’lum temperaturada suyuq-
lanmaydigan qattiq holatga o‘tadi. Shu sababli, ular qayta 
ishlanmaydi. Ular, odatda, maydalanib to‘ldirgichlar sifatida 
ishlatiladi. Mashinasozlikda korpus detallari, truba, shkiv, 
tishli g‘ildirak, podshipnik va boshqalarni tayyorlashda 
foydalaniladigan plastik massalar va ularning xossalari 15-
jadvalda keltirilgan. 
Plastik massalardan turli shakldagi va o‘lchamdagi 
detallarni tayyorlashda qator texnologik usullar bo‘lib, ular 
ichida metall qoliplarga qizdirib bosim bilan quyish, 
presslash, siqib chiqarish usullari ko‘proq tarqalgan. Masa-
lan, metall qolipga quyish usulidan termoplastik plastmas-
salar (polietilen, polistirol, poliamid va boshqalar)dan 
detallar tayyorlashda, qizdirib presslashdan termoreaktiv 
plastmassalar (epoksid, getinaks va boshqalar)dan detallar 
tayyorlanadi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish