O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
«Informatika» kafedrasi
Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan
MAVZU: iSpring dasturi imkoniyatlaridan foydalanib o‘quvchilar
bilimini nazorat qilish usullari.
Bajardi:
4-“G”-guruh talabasi M.A. Eshdavlatova
Rahbar:
o‘qit. F.T.Tohirov
NAVOIY - 2022
2
MUNDARIJA
KIRISH .................................................................................................................. 3
1. iSpring Suite dasturi haqida ma’lumot. ............................................................... 4
2. iSpring Suite dasturining imkoniyatlari. ............................................................. 5
3. iSpring Kinetics dasturi haqida ma’lumot. .......................................................... 7
4. iSpring QuizMaker dasturining imkoniyatlari................................................... 12
XULOSA ............................................................................................................. 26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .............................................................. 27
3
KIRISH
Hozirgi kunda ta’lim tizimiga katta e’tibor berilmoqda. Buning isboti
sifatida Prezidentimizning qarorlari, yoshlarni bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish
uchun besh muhim tashabbus va “Yoshlarga oid davlat dasturi”ning tashkil
etilganligi bunga yaqqol misol bo‘ladi. Har bir sohada qo‘llaniladigan
kompyuterning imkoniyatlaridan keng foydalanishga e’tibor berilmoqda. Bunga
yaqqol misol qilib, besh muhim tashabbusning uchinchi tashabbusi “Aholi va
yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni
tashkil etish” haqidadir.
Informatika fani tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayonlarni o‘rganish va
tahlil etishda asosiy vositalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu vositalarning
imkoniyatlaridan samarali va tez suratlar bilan foydalanishni kompyuter
texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Kompyuter – murakkab elektron qurilma, mufassal o‘rganish uchun ancha
vaqt zarur bo‘ladi.
Hozirgi kunda o‘quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida kompyuterli
testlardan ko‘p foydalanilmoqda. Ushbu testlarni quyidagi dasturlarda yaratishimiz
mumkin, iSpring QuizMaker, MyTest, PowerPoint, HotPototos, Delphi,
AdobeFlash. Ushbu dasturlarda yaratilgan testlarni o‘quvchilar ko‘rib ishlasalar,
ushbu dasturlarga va nafaqat informatika faniga qiziqishlari ortadi, ushbu
dasturlarda test va boshqa turdagi vazifalarni bajarishga harakat qiladilar.
O‘quvchilar bilimini nazorat qilishda kompyuterli testlardan foydalanish
o‘quvchilar vaqtini tejashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |