SONET tarmog‗i ustida ishlovchi paketli tarmoqlar
(Packet Over SONET,
POS) nomini oldi.
Biroq
toza IP tarmoq modelida marshrutizatorlar raqamli kanalni ishlata
olishi uchun, bu kanallarda qaysidir kanal bosqichining protokoli ishlashi kerak
bo‗ladi. Bundek protokol faqat IP-paketlarni kadrlarga joylashtirish uchun kerak
bo‗ladi, undan kommutatsiyalash xususiyati talab etilmaydi, chunki protokol
marshrutizatorlarning interfeyslari bilan ―nuqta-nuqta‖ orasidagi ulanishlarga
xizmat ko‗rsatadi. Global tarmoq qurilmalarining shu kabi ikki nuqtali ulanishlari
uchun ishlatiladigan maxsus loyihalashtirilgan kanal bosqichidagi bir necha
protokollar mavjud.
Ikki nuqtali protokollarning mavjud to‗plamlaridan bugungi kunda IP
protokolidan ikkitasi ishlatiladi: HDLC va PPP.
HDLC va PPP protokollari
.
HDLC protokoli
(High-level Data Link
Control – visokourovnevoye upravleniye liniyey svyazi – aloqa yo‗lini yuqori
360
darajada boshqarish) butun bir oila protokollarini o‗z ichiga oladi, ular kanal
bosqichining vazifasini joriy etadilar.
HDLC protokoli bo‗yicha birinchi bo‗lib aytiladigani - bu uning
vazifasining turliligidir
. U bir necha bir-biridan juda farq qiluvchi ish tartiblarida
ishlashi mumkin, u nafaqat ikki nuqta ulanishlarini quvvatlaydi, u bitta axborot
manbai va bir necha qabul qiluvchi ulanishlarini ham quvvatlaydi, unda
shuningdek muloqotdagi stansiyalarning turli vazifali ishlari inobatga olingan.
HDLC murakkabligining sababi, u 1970 yillarda yaratilgan juda ―qari‖ protokol
bo‗lib, ishonchsiz aloqa kanallari uchun yaratilgan edi. Shuning uchun HDLC
protokolining ish tartiblaridan biri TSR protokoli kabi mantiqiy ulanishni o‗rnatish
amalini va kadrni uzatishni nazorat qilish amalini quvvatlaydi hamda shuningdek
chetlatilgan va shikastlangan kadrlarni tiklaydi. Shuningdek HDLC deytagramma
ish tartibi ham mavjud. Unda mantiqiy ulanishlar o‗rnatilmaydi va kadrlar
tiklanmaydi.
IP- marshrutizatorlarda ko‗pincha HDLC protokolining Cisco kompaniyasi
ishlab chiqqan versiyasi ishlatiladi. Bu protokol versiyasi firma ishlab chiqarganiga
qaramay u ko‗pchilik ishlab chiqaruvchilarning IP- marshrutizatorlari uchun
standart bo‗lib qoldi. HDLC ning Cisco versiyasi faqat deytogramma ish tartibida
ishlaydi, bu esa hozirgi vaziyatdagi shovqinsiz ishonchli aloqa kanallariga mosdir.
HDLC ning Cisco versiyasiga standart protokollarga nisbattan bir necha
kengaytirishlar kiritilgan, ulardan asosiysi ko‗p protokolli quvvatlashdir. Bu
bildiradiki, Cisco HDLC ning kadr sarlavhasiga protokol turi maydoni kiritilgan,
Ether Type maydoni kabi, protokol kodini o‗z ichiga olgan bo‗lib, uning
axborotlarini Cisco HDLC ning kadri o‗tkazadi. Standart HDLC da bundek
maydon yo‗q.
RRR protokoli
(Point-to-Point Protocol) standart Internet protokolidir.
RRR protokolining boshqa kanal bosqichidagi protokollardan ajratib turuvchi jixati
– bu ulanishlar ko‗rsatkichini qabul qilishni moslashuvchan va ko‗p vazifali
Do'stlaringiz bilan baham: |