67
Eski o’zbek tilida ham qaratqich aniqlovchilar belgisiz qo’llangan.
Belgisiz qaratqich, asosan, ot va olmoshlar bilan ifodalangan:
Va el fayzы uchun
vazn silkigә nazm bermәk (MQ). Muammā fanыda ham risāla bitibdүr (Navoiy,
MN).
Hol.
Hol ham gapning tarkibiy va uzviy bo’laklaridan bo’lgan
ikkinchi
darajali bo’lakdir. Hozirgi o’zbek tili sintaksisiga oid ishlarda holning ma’no
turlarini belgilashda turlicha tasniflar mavjud. F.Ubaeva o’rin, sabab, payt,
maqsad, natija, miqdor, tartib, birgalik-yolg’izlik, ravish, o’xshatish, shart,
to’siqsizlik, inkor hollarini farqlaydi (Ubaeva F. Hol kategoriyasi.T., 1971, 19-b).
Bu tasnifdagi natija holi sabab holining bir ma’no guruhi, tartib va birgalik,
o’xshatish hollari esa ravish holining bir ma’no guruhi ekanligini hisobga olinsa,
an’anaviy holning ma’no tasnifi o’zining ilmiy qimmatini yo’qotmaganligini
sezish qiyin emas.
Eski o’zbek tilida ham holning quyidagi ma’no turlari qo’llangan:
O’rin holi.
O’rin holi hozirgi o’zbek
tilidagidek, kelishikli va ko’makchili
shakllar bilan ifoda qilingan:
Qubād Rumg’a cherik tartыb, muzaffar va mansur
yandы (Navoiy, TMA).
Ul Tabaristān sarы tartыb urushmadы (Navoiy, TMA).
Payt holi.
Payt hollari asosan payt ravishlari bilan ifodalangan:
Emdi sөzniң
aslыg’a shuru’ qыlalы (Navoiy, MQ).Va hamesha faqыr musāhыb erdi (Navoiy,
MN).
Ravish holi.
Bu bo’lak uchun holat ravishi morfologik ashyodir:
Gayыbāna
shatranjnы xub oynar (Navoiy,MN). Va qasidanы puxta aytur (MN).
Xuddi hozirgi o’zbek tilidagidek, sifat bilan ham ifodalanadi:
Qāfiyasыnы
yaxshы aytmaydur erdi (MN).
Sabab holi.
Sabab holi uchun maxsuslashgan so’z turkumi yo’q. Bunday
hollar ish-harakatning, kengroq ma’noda belgining mavqe’iga
nisbatan boshqa
so’z shakllarining tutgan mavqe’idan, ya’ni predikatga nisbatan sabab
munosabatini bildirgan so’z shakli va iboralarning mavqe’idan belgilanadi.
Sabab holi ham kelishikli va ko’makchili shakllar bilan ifoda qilinadi:
Alar
vahhmdыn ul tiflni bir qыymatыy nimәgә chirmәb, ul chāh bashыda qoyub
qachtыlar (Navoiy, TMA). Ul xalāyыq taajjub yүzidin andыn ul hāl kәyfiyәtin
sorubturlar (Navoiy, NM).
Maqsad holi.
Maqsad hollarining ham kelishikli va ko’makchili
shakllari
mavjud:
SHikāyatg’a bu faqыr qashыg’a keldilәr (MN).Ilm tahsili uchun
shahrg’a kelibtүr (MN).
Darja-miqdor holi.
Ma’lumki, bunday hol uchun daraja-miqdor ravishi ifoda
ashyosi bo’lib xizmat qiladi, lekin sifat va boshqa so’z
turkumlari ham daraja-
miqdor holi mavqe’ida kelgan:
Tab’i asru xub vāqe’ bolubtur (MN). G’azal
kөprәk aytur (MN).
Xulosa qilib aytish mumkinki, gap bo’laklarining tarkibiy va ma’no
xususiyatlarida hozirgi o’zbek adbiy tiliga o’xshash va yaqin turadigan o’rinlar
anchagina. Bu, o’z navbatida, hozirgi o’zbek adabiy tili sintaksisi eski o’zbek tili
sintaksisining bevosita davomi ekanligini ko’rsatib turadi.
Savol va topshiriqlar
68
1.
Teng va tobe birikmalarga Alisher Navoiy asarlaridan 10 ta misol yozing.
2.
Gap bo’laklarining har biriga uchtadan misol yozing.
3.
Eski o’zbek tili sintaksisi bilan hozirgi o’zbek tili sintaksisi o’rtasida
qanday farqli tomonlar mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: