Inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning



Download 25,69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.02.2021
Hajmi25,69 Kb.
#59668
Bog'liq
Tafakkur - Vikipediya



Tafakkur

Tafakkur — inson aqliy faoliyatining

yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning

ongda aks etish jarayoni. T. atrof muhitni,

ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli,

shuningdek, inson faoliyatini amalga

oshirishning asosiy sharti sanaladi. U

sezgi, idrok, tasavvurlarta qaraganda

voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi

yuksak bilish jarayonidir. T. — inson



miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv

fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal

sistemalarining oʻzaro munosabatidan

iborat. T. jarayonida insonda fikr,

mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga

keladi va ular shaxsning ongida

tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida

ifodalanadi (qarang Ong). T. til va nutq

bilan chambarchas bogʻliq ravishda

namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq

shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi

jarayonida insonning hissiy mushohada

doirasi kengayib qolmay, orttirilgan

tajriba boshqa kishilarga ham beriladi.




Inson oʻzining T.i, nutqi hamda ongli xatti-

harakati bilan boshqa mavjudotlardan

ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida

oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur

etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini

aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar,

tushunchalar, xulosalar chin yoki chin

emasligini belgilab oladi. Inson T.i orqali

voqelikni umumlashtirib, bevosita

(bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar

oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar,

munosabatlar, xususiyatlarni anglab

yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun,

qonuniyat va qoidalarga asoslangan




holda ijtimoiy voqea va hodisalarning

vujudga kelishi, rivojlanishi hamda

oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga

ega.


T. koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq,

jamiyatshunoslik, ped., fiziologiya,

kibernetika, biol.)ning tadqiqot obʼyekti

hisoblanadi. Psixologiyada T. voqelikni

umumlashtirish darajasiga, muammoni

yechish vositasi xususiyatiga,

holatlarning inson uchun yangiligi,

shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga

koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali



harakat, koʻrgazmaliobrazli, amaliy,

nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy

va h.k.) ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy

hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab

chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa

va munosabatlar ham T. yordamida

namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy

qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash,

tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat

qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy

mulohaza yuritishdan iborat T. sifatlari

vujudga keladi. Insonning inson

tomonidan idrok kilinishi ham T. bilan

uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar,




kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar T.ning

mahsuli hisoblanadi. Psixologiya T.ning

filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi

davri), ontogenetik (kishi umri davomida)

bilishga oid tarixiy jihatlarini ham

oʻrganadi. Hozirgi zamon fanining juda

koʻp murakkab masalalari T.dagi mantiqiy

jarayonlarni yanada chuqurroq

oʻrganishni taqozo etmoqda.

Ergash Gʻoziyev.



Download 25,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish