Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati
1.“Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish”. Toshkent, Ibn Sino 2003yil
2.Елинов Н.П. «Рецептура для медицинских сестер и фельдшеров». Toshkent.
Ibn Sino, 1990 yil
Internet saytlari:
www.histolchuvashia.com
www.ziyo.net
www.google.ru
MAVZU: NARKOZ PAYDO QILUVCHI VOSITALAR. INGALYATSION VA
NOINGALYATSION NARKOTIK VOSITALAR. ETIL SPIRTI UNING
TIBBIYOTDA ISHLATILISHI.
Reja:
1.
Narkoz haqida umumiy ma`lumot
2.
Ingalyatsion narkotik vositalar. Ularning ta`sir mexanizmi afzallik va kamchilik
tomonlari.
3.
Noingalyatsion narkotik vositalar. Ularnng ta`sir mexanizmi afzallik va kamchilik
tomonlari.
4.
Narkoz davridagi asoratlar.
5.
Etil spirti, tibbiyotda va farmatsiya amaliyotida qo`llanilishi: alkogolizmda
farmokoterapiya jarayoni.
Tayanch iboralari:
Anestetiklar
- Narkoz xolatini yuzaga keltiradigan moddalar
Ingalyatsion narkoz
- Narkoz paydo qiluvchi moddalarning nafas yo`llariga
yuborish
Noingalyatsion narkoz
- moddalarning narfas yo`llaridan boshqa yo`llar orqali
yuborish
Analgeziya
- Og`riq sezgilarning yo`qolishi
GAMK
- Gamma amino kislota
Mononarkoz
- Bitta narkotik moddani yuborish
Kombinirlangan narkoz
- Ingalyatsion va noingalyatsion birgalikda qo`llanilishi
Turli yo`l bilan yuborilganda qaytar narkoz holatini yuzaga keltiradigan moddalar
umumiy anestetiklar
deb ataladi. Narkotik holatda es-hush, sezuvchanlik yo`qoladi,
reflektor faoliyat, mushaklar tonusi kamayadi. Qadim zamonlardan beri narkotik holatni
yuzaga keltirish uchun har xil moddalar qo`llanib kelingan, lekin umumiy anesteziya
1846 yil 16 oktyabrda bunyodga kelgan.
Narkotik moddalarga organik va noorganik alifatik, aromatik, atsiklik, geterotsiklik
birikmalar, ular orasida gazli (azot oksid, siklopropan), suyuqliklar(efir, ftorotan,
propanidid) hamda qattiq moddalar (barbituratlar, natriy oksibutirat) kiritiladi.
Narkotik moddalar moddalar almashinuviga ta`sir etadi, ya`ni ular hujayralarning
kislorodga bo`lgan ehtiyojini kamaytiradi — moddalar almashinuvini susaytiradi, degan
nazariya sifatida alohida o`rin olgan.
Hozirgi kunda narkotik holat markaziy nerv sistemasi neyronlararo sinaptik
o`tkazuvchanligining falajlanishiga bog`liq deb tushuntiriladi. Narkoz paydo qiluvchi
moddalar neyron membranalari bilan fizikaviy hamda kimyoviy bog`laniish tufayli
neyronlararo sinaptik o`tkazuvchanlikni susaytiradi. Narkoz paydo qiluvchi moddalar
membrana lipidlariga, oksidlariga, membranani qoplagan suyuqlikka ta`sir ko`rsatadi,
shu tufayli membranalar faoliyati izdan chiqadi, ularda qaytar ultrastruktur o`zgarishlar
paydo bo`ladi. Keyingi ma`lumotlarga ko`ra nsyronlar membranasi lipid qatlamidagi
fosfolipidlarda fizikaviy hamda kimyoviy o`zgarishlar
;
paydo bo`lishi bilan sinapslararo
o`tkazuvchanlik falajlana boshlaydi, fosfolipidlar narkotik moddalar tufayli gel holatidan
suyuq kristall holatga o`tadi, natijada membranalardan ionlarning o`tishi falajlanadi,
chunki ion kanallari fosfolipidlarni faqat gel holatida o`tkazadi.
Narkoz paydo qiluvchi moddalar hujayralar ichida kalsiy ionlarini kamaytiradi,
membranalar giperpolyarizatsiyaga uchraydi, kaliy ionlariga nisbatan kanalchalarda
o`tkazuvchanlik oshib boradi, shunga ko`ra neyronlar qo`zg`aluvchanligi kamayib ketadi.
Narkoz paydo qiluvchi moddalarning falajlovchi ta`siri miya po`stlog`idan
boshlanadi, keyin o`rta miya, undan keyin orqa miyaga o`tadi, narkozdan uyg`onishdan
oldin orqa miya faoliyati, keyin o`rta miya, oxirida miya po`stlogi faoliyati tiklanadi, es-
hush asliga qaytadi.
Narkoz holati organizmga yuborish yo`llariga qarab 2 turga bo`linadi:
1
Do'stlaringiz bilan baham: |