‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V psixologiya



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/96
Sana30.04.2022
Hajmi5,98 Mb.
#595873
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96
Bog'liq
hjacki 440 Psixologiya (Umarov B.M.)

IX BOB
B O SH Q A R U V PSIX O LO G IY A SI A SO SLA RI VA 
P E D A G O G IK JAM O ALARN I B O S H Q A R IS H
Bobning qisqacha m azm uni
Boshqaruv psixologiyasi fa n i haqida

Boshqaruvda inson omili
bosh tayanch sifatida, boshqaruv faoîiyati va uning psixologik jihaîlari,
rahbar va xodim iar o ‘rtasidagi o'zaro shaxslararo munosabatlar
psixologiyasi, rahbaming muhim shaxsiy-kasbiy sifatlari, guruhiarda
rahbarlik va liderlik. Boshqaruv uslublari haqida tushuncha
0*quv faoiiyatini tashkil etish va boshqarish. 0 ‘quvchilar guruhida
o ‘zaro munosabatlarni boshqarish, ta ’lim jarayonini boshqarishda
guruhning va o ‘quvchilaming xususiyatlarini hisobga olish, pedagogik
jamoalar faoîiyati samaradorligini oshirish yo ‘llari.
9.1. Boshqaruv psixologiyasi, boshqaruvda inson omili bosh
tayanch sifatida
Oxirgi yiUarda inson omiliga e ’tiboming ortib borishi munosabati 
bilan boshqarish psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. 
Shu asosda ijtimoiy psixologiyaning maxsus bo‘limi — boshqarish 
psixologiyasi paydo b o ‘ldi. Boshqarish psixologiyasi psixologiyaning 
shunday tarm og‘iki, u boshqaruv faoîiyati bilan bog‘liq bo‘lgan 
muammolami, shaxs va shaxslar guruhi tom onidan boshqa guruhlar 
faoiiyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoiiyatini amalga 
oshirishning psixologik mexanizmlarini o‘rganadi.
Boshqarish m uam m olari ham bir q ancha fanlar tom onidan 
o ‘rganiiadi, jum ladan, falsafa, tarix iqtisod, xuquqshunoslik va psixo- 
logiya uning o‘ziga xos tomonlarini ochish bilan shug‘ullanadi. Psixo- 
logiya boshqarishni ham ob’ekti, ham subyektini o‘rganadi. Psixologik 
tadqiqotlarda o‘rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ulaming 
psixologik holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaniv 
o b ’ekti deb aytiladi. Boshqaruvning subyekti o‘rganilganda esa, odatda, 
boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi.
Psixologiya ko‘proq boshqaruvchi shaxs faoliyatining psixologik 
asoslarini o‘rganadi va shu asosda bo‘ysunuvchilar ishlarinn samarali 
tashkil etish, aniq va to ‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun qanday 
psixologik holat vajarayonlam i o‘zida tarbiyalash lozimligi kabi qator


muammolami echadi. Masalan, konkret hayotiy sharoitlarda agar 
boshliq majlis olib borayotgan b o ‘lsa, har bir so‘zga chiquvchilaming 
fikrlari, m a’ruzalari va hokazolar orqali ulaming psixologik holatlari 
aniqlanadi, yangi ish dasturlari ishlab chiqariladi, qabul qilingan 
qarorlarga ko‘ra, boshliqning va xodimlaming har biriga alohida ilmiy 
ko‘rsatmalar va maslahatlar beriladi.
Boshqaruv psixologiyasi boshliq faoliyatini analiz qilganda asosiy 
diqqatni boshqarish uning ehtiyoji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos 
emasligi, qaysi individual xususiyatlariga ko‘ra, u boshliq darajasiga 
ko‘tarildi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning 
qay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta ’sir ko‘rsatish 
maqsadida u qanday ta’sir uslublarini qo‘llayapti kabi qator masalalarga 
qaratadi. Boshliq b olish ishiga turli shaxslaming munosabatlari har 
xil, chunki kimdir boshliqda b o ‘lgan im tiyozlarga beriladi, kim 
uchundir unga berilajak huquqlami afzal ko‘rish xos, kimgadir yuksak 
mas’uliyatlami bo‘yinga olish m a’qul keladi. Shaxslaming boshliq 
funksiyalari haqidagi tasavvurlari qanchalik xilm a-xil boMmasin, 
boshliqdan real sharoitlarda odamlar guruhini aniq maqsad asosida 
faoliyatga yo‘Uash, ularga bosh bo‘lish, turli tadbirlami amalga oshirish, 
obro‘ga ega bo‘lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o ‘z 
bo‘yniga olish kabi ko‘plab sifatlaming mujassam bo‘lishi talab qilinadi.
Ayniqsa, boshliq uchun turli guruhlardagi, ko‘p holda bir boshliq 
uchun bir vaqtning o‘zida bir qancha guruhlardagi shaxslararo muno- 
sabatlaming xarakteriga javobgar bo'lish qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki 
o‘sha guruhlami tashkil etgan har bir shaxsning o'ziga xos individualligi, 
boshqaruvchi haqidagi ular tasawurining har xilligi va guruhlarda norasmiy 
liderlaming borligi boshliqdan odamlar bilan ishlash borasida ham 
tajribaning, ham psixologik fahm-farosatning va sabr-qanoatning bo‘lishini 
talab qiladi. Shuning uchun ham kundalik hayotimizda, ham ilmiy 
adabiyotlarda tez-tez yonma-yon ishlatiladigan „lider“ va „boshliq“ 
tushunchalarining pswologik mazmunlarini bilish maqsadga muvofiqdir.
Boshqarishning umumiy nazariyasini kibemetiJca fani o ‘rganadi. 
Kibemetika (grekcha so'zidan olingan bo‘lib, „kibem etike“ — korablni 
boshqarish san’ati demakdir). Boshqarishning obyekti bu alohida 
shaxslar yoki guruhlar bo‘lib, ularga maxsus tashkil etilgan, sistemali 
va rejalashtirilgan usullar orqali ta’sir etiladi.
Boshqarishda gorizontal va vertikal jihatlar mavjud. Masalan: 
gorizontal bu psixologik bilimlami asos qilib olsa, vertikal esa yuridik 
huijatlarga asoslangan bo'ladi. Boshqaruv — bevosita ijtimoiy psixo-


logiya bilan bog‘liq bo‘lib, eng aw alo, shaxsni boshqarish va shaxs 
orqali uning faoliyatini boshqarish demakdir. Boshqaruvning asosini 
ijtim oiy, h u quqiy, psixologik va nazariy bilimlar tashkil etadi. 
Boshqaruvning nazariyasi va uning tizimi kibemetika fani bilan uzviy 
bog‘liq. Boshqaruv nazariyasi o ‘ziga xos genezisga ega b o ‘lib, aw alo, 
ijtimoiy hayotiy tajribalarga suyanadi. Boshqarish — o‘zi san’at, san’at 
esa — qobiliyatdir. Demak, shaxs doimo boshqarishga muhtojdir.
Boshqaruvda rahbaming doim o ob’ekti mavjud bo‘lib, qonun, 
buyruq va ko‘rsatmalaiga asoslanib, o ‘z faoliyatini olib boradi. Faoliyat 
esa ko‘p hollarda xabarlar yig‘indisidan iboratdir. Boshqaruv nazariyasi 
qonun, bo'yruq va ko‘rsatmalarga asoslangan bo‘lsa, psixologik bilimlar 
esa boshqaruvning asosiy quroli va usuli hisoblanadi. Boshqaruv 
faoliyatida rahbar o ‘zining ijtimoiy xatti-harakatini tartibga solib boradi. 
Boshqaruv faoliyatini o ‘ziga xosligi shundan iboratki, agar boshqaruv 
faoliyati to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmas ekan, har qanday qaror, ko‘rsatmalar 
yo‘lda pala-partish bo‘lib ketishi barchaga ma’lum.
N azariya qachon ijtimoiy hayotga tadbiq etiladi-ki, u qachonki 
hayotiy va aniq maqsadga qaratilgan bo‘lsa. Boshqaruvda nazariya empirik 
hodisalam i tushuntirishga tadbiq qilish mumkin b o ig an mavhum 
talqinlami yaratishni taqozo qiladi. Boshqaruvga nazariy yondashuv — 
ulami em pirik jihatdan tekshirish mumkin bo‘lgan taqdirdagina o‘rin- 
lidir. H ar qanday nazariya boshqaruvda nazariy savollar, dalillami 
anglab idrok qilishga yordam beradi. Aslida rahbarlar empirik masalalar, 
m uam m olar bilan shug‘ullanadilar, lekin o‘rgani!ayotgan hodisa- 
laming, m uam m olam ing sababini nazariy jihatdan tahlil qilishmasa, 
o'ylagan natijalariga erisha olmaydilar.
R ahbar g ‘oya va nazariy fikrlarga e ’tibor bermasliklari mumkin, 
biroq am aliyotda yuzaga keladigan muammolaming echimi asosida 
nazariya yotadi. Nazariya grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, teoriya — 
tadqiqot m a ’nosini anglatadi, boshqacharoq aytganda, fanni u yoki 
bu yo‘nalishi b o ‘yicha g‘oyalar tizimi degan mazmunda tushunishimiz 
mumkin. N azariya — haqiqat m e’zoni va rivojlanishning asosidir. 
„Boshqaruv — bu doimo ikki jarayonni o‘z ichiga oladi, ya’ni nazariya 
va am aliyot“ . Nazariya doimo amaliyot bilan ziddiyatda bo‘lib boradi, 
chunki b a ’zida nazariya amaliyotdan ilgarilab ketadi, b a’zi hollarda 
esa uning aksi bo‘lishi mumkin. Nazariya ko‘pincha amaliyotda yuzaga 
kelgan yangiliklami takomillashtirishga bevosita yordam beradi.
Boshqaruv nazariyasi qachon yuzaga keldi degan savol tug‘ilishi 
tabiiydir. Am aliy faoliyatda shaxs o ‘zining mehnatini samarali tashkil 
etishni xohlaydi, samarali tashkil etish esa, albatta mantiqiy fikrlashga 
212


majbur etadi. Mantiqiy fikrlash boshqaruvning eng oliy darajasi va 
qurolidir shu sababdan jamiyatni, jam oani, taraqqiyotning b arch a 
bosqichida, qobiliyatli, bilimli kishilar tom onidan boshqarish ehtiyoji 
mavjud bo‘lgan. Boshqaruv nazariyasini takom illashtirib b o rish
natijasida barcha sohani boshqarish usuli va mehnat metodologiyasi 
yuzaga keladi. Boshqaruv nazariyasida boshqaruv tizimi, bosqichi
muddati va javobgar shaxslar ko‘rsatiladi.
Boshqaruvda nazariyaning samarasi ko‘p jihatdan ushbu jaray on - 
ning asoslanganligiga bog'liqdir. Boshqaruv nazariyasi boshqaruvning 
asosi sifatida barcha rahbarlarga birdek taalluqli yoki har-bir rahbarga 
shablon shaklida ta’sir qilishi kerak bo‘ladi degan fikrdan biz uzoqdamiz. 
Boshqaruv psixologiyasining nazariyasi va metodologiyasida maqsadga 
erishish uchun o ‘zaro uyg‘unlik mavjuddir. Psixologiyada 

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish