82
bo’lgan masshtabli to’rdan (balandlik arfasidan) foydalaniladi (5.16-rasm).
Masshtab
to’ri
kalkada
chiziladi.
To’rdagi
chiziqlar
oralig’idagi masofa 1-2 mm ga
teng qilib olinadi.
Masshtabli to’rdan oson foydalanish uchun undagi chiziqlarga raqam qo’yib
chiqiladi. Aytaylik, 1 va 15-quduqlar orasidagi chuqurliklarni interpolyatsiya qilish
zarur bo’lsin (5.15-rasmga qarang). Izogips kesimini 10 m ga tengini tanlaymiz.
Tayanch gorizont 1 (593 m chuqurlikda) va 15-quduqda (625 m chuqurlikda)
uchraydi. CHuqurlik belgilari orasidagi farq 625-593=32 m ni tashkil etadi. Izogips
kesimi 10 m ga teng bo’lganda, 1 va 15-quduqlar orasidagi masofani 10 ga bo’lamiz,
natijada quduqlar oralig’idagi masofaning 3,2 qismiga ega bo’lamiz.
Balandlik arfasini quduqlar joylashtirilgan planga shunday tushirish lozimki, 1-
quduq nolga teng bo’lsin va masshtab to’rining birinchi chizig’i oralig’idagi 0,3
masofada joylashsin. So’ngra to’rni 1-quduq nuqtasining atrofida 15-quduq to’rning
uchinchi va to’rtinchi chiziqlari oralig’ining o’rtasida joylashguncha aylantiramiz.
Masshtab to’rining parallellari 1 va 15-quduqni birlashtiruvchi chiziq bilan kesishgan
nuqtalar izlanayotgan nuqtalar bo’ladi. Bu nuqtalardan izogipslar o’tadi. Bularni
chizmaga tushirib, ustiga yozib qo’yiladi. Qatlamlarning yotish chuqurligining
mutlaq qiymatlarini quduqlar oralig’ida interpolyatsiya qilishda, ularning o’zgarishi
chiziqli qonun bo’yicha bo’ladi, deb taxmin qilinadi.
Bunday sharoitda quduqlardan boshlab, ularni tutashtiruvchi to’g’ri chiziq bilan
kesishguncha bo’lgan masofani izlanayotgan izogipslar orqali quyidagi formula bilan
hisoblash mumkin
x
D
h
h
h
h
1
15
1
x
, (5.9)
bunda h
x
izlanayotgan izogipslar qiymati, m; h
1
1-quduqdagi qatlam ustki
qismining d-quduqdagi mutlaq chuqurligi, m; h
15
15-qatlam ustki qismining 15-
quduqdagi mutlaq chuqurligi, m; D - 1 va 15-quduqlar orasidagi masofa, m;
х
-1 va
15-quduqlarning nuqtalarini birlashtiruvchi to’g’ri chiziqda 1-quduqdan boshlab
izlanayotgan izogipslargacha bo’lgan masofa.
(5.9) formulaga ko’ra, 1-quduqdan izlanayotgan izogipsgacha bo’lgan
masofa
1
15
1
x
h
h
)D
h
(h
х
ga teng. (5.10)
1 va 15-quduqlar oralig’idagi masofa 500 m ga teng bo’lsa, 1-quduqdan
600 m
izogipsgacha bo’lgan masofa ko’rilayotgan misol uchun
110
м
593
625
593)500
600
(
х
1
ga teng bo’ladi.
610 m izogipsgacha bo’lgan masofa
266
м
593
625
593)500
610
(
х
2
ga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: