Boshlang’ich tabiiy geografiyasini o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy masalalari



Download 152,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.04.2022
Hajmi152,24 Kb.
#595680
  1   2
Bog'liq
KLicfY30tPM4E1gn62zeQBgbTH6Jvs6QiQkEu48A



Boshlang’ich tabiiy geografiyasini o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy 
masalalari. 
Boshlangich tabiiy geografiya kursida o‘quvchilar joyda mo‘ljal olish, kartalar 
bilan ishlash, kartalarning turlari, ularning shartli belgilarini olish bo‘yicha yetarli 
bilimlarga ega bulsagina ular yuqori sinflarda o‘rganiladigan kartalarni puxta bilib 
olishlariga zamin yaratadi. 
Kurs tarkibida topografik va kartografik, ilmiy tadqiqot metodlari, geografik 
bilimlarning amalda qo‘llanilishi bilan bog’liq bo‘lgan bilimlar tizimi mavjud. 
Kursdagi mavjud bilimlarni egallashda xilma – xil metodlardan foydalaniladi.
Bilimlarni egallash ma`lum reja tarzida bajariladi. Rejaning har bir punkti bitta harakat 
koidasini aks ettiradi. Bilimning egallanganlik darajasi esa uni yangicha o’quv 
sharoitlarda qo‘llay olish bilan belgilanadi. Bilim mazmunini egallashning dastlabki 
bosqichlarida o‘qituvchining og’zaki nutqi yetakchi hisoblanadi. 
Ushbu kursning mazmuni o’quv predmeti va dasturda to’la keltirilgan. Tabiiy 
geografiya fani uchun xos bo’lgan xususiyatlardan biri shuki, fanning mazmuni 
darslik va dastur bilan cheklanib qolmaydi. O’qituvchi o’z ish faoliyatida muntazam
ravishda o’quv materiali mazmunini boyitib boradi.
Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan ma`lumotlarni, jumladan yirik foydali qazilma 
konlari, o’z joyini boshqa joy bilan qiyoslash va xokazolarni bo’rttirib kursatadi.
Masalan, orolning eng muhim belgilarini faqat kartadan ko’rsatish bilan cheklanilsa
uning litosferada, dengiz va okeanda bo’rtib chiqqan qismi ekanligini o’qtirilmasa, 
orolning okean tagidagi sxematik profili doskada chizib kursatilmasa o’quvchida orol 
haqida to’g’ri bilim va tushuncha hosil bo’lmaydi.
O’QUV PREDMETI TUZILISHIDAGI HUSUSIYATLAR. 
Tabiiy geografik bilimlarni o’quvchilar ongiga yetkazishda ikkita muhim 
yo’nalish asosiy o’rinni egallaydi. Bular induktiv va deduktiv yo’llar. Induktiv yo’lda 
yakka tushunchalarni o’rganish ustun bo’ladi. Bu yo’l bilan nazariy bilimlarni 
o’rganish murakkablik qiladi. Deduktiv yo’l orqali umumiydan yakkaga ya`ni avval 
umumiy qonuniyatlar o’rganilib keyin mamlakatshunoslikka (rayonlarga) o’tiladi. 
Boshlang’ich tabiiy geografiya ta`limining dastlabki bosqichlarida tushuncha va 
aloqadorlikka xos bo’lgan bilimlar konkret ob`ektlarni o’rganish orqali ko’proq 
shakllanadi. Umumiy tushunchalarni shakllantirishda ko’rgazmali qo’llanmalar, har hil 
rasmlar, illyustrativ materiallarning roli katta.
Ma`lumki, har qanday geografik ob`ekt va hodisa kattaligi, hajmi, geografik o’rni 
bilan xarakterlanadi. Shu tufayli ham o’quvchilar eng avvalo topografik va kartografik 
tushunchalarni egallashlari kerak. Ob`ekt va xodisalarning plan va kartadagi o’rnini,
ularning makonda egallagan o’rni bilan qiyoslamasdan turib, kutilgan natijaga erishib 
bo’lmaydi. 
Tabiiy geografiyani o’rganishda eng asosiy maqsad avvalo geografik qobiq va 
uning qismlari va TTK ga xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni bilib olishdan iborat.
Buni bilish uchun avvalo uning qismlarini bilish zarur. Shu tufayli ham geografik 
qobiq qonuniyatlarini anglash uchun avvalo uning qismidagi litosfera, atmosfera, 
gidrosfera, biosfera o’rganiladi va ular o’rtasidagi aloqadorlik tadqiq etiladi.


Geografik kobiqlar o’rtasidagi aloqadorlik materiklar va okeanlar geografiyasida 
birmuncha to’lik ochib beriladi. Oquvchilar tabiiy geografiya boshlang’ich kursida o’z 
joyining TTK lari bilan tanishadilar. Ular dastlab shu joyning yer yuzasi, tog ’ jinslari 
va ularning yetish shakllari, o’z joyidagi yer osti va yer usti suvlarining vujudga 
kelishi, ularning rel`efga bog’liqligi, tog jinslari va ob - havo rejimi, o’z joyi iqlimini 
vujudga kelishidagi yetakchi omillarni bilib oladilar. Iqlimning tuproq, o’simlik, 
hayvonot dunyosiga bog’liqligini, TTK dagi o’zaro aloqadorlik, tabiat kom-
ponentining inson xo’jalik faoliyatidagi ishlatilishi, TTK komponentlarining o’zgarishi 
kabi masalalar bilan tanishadilar.
Boshlang’ich tabiiy geografiya kursi Atmosfera mavzusida dastlab yer yu zida 
quyosh yo’rug’ligining va haroratning taqsimlanishi, okeanlarning asosiy iqlim hosil 
qiluvchi omil ekanligi o’rganiladi. Ammo iqlim tushunchasining shakllanishi
materiklar va okeanlar geografiyasida ham davom etadi. Geografik qobiqlarni 
o’rganish muntazam ravishda joy plani va geografik kartani qo’llanishi bilan amalga 
oshiriladi. Bu topografik va kartografik bilimlarni takomillanishiga yordam beradi.
Kursda umumiy tabiiy geografik tushunchalarni o’rganishning turli xil darajalarini 
ajratish mumkin. Birinchi darajada konkret geografik ob`ekt misolida tushunchaning 
belgilari va turlari ajratiladi. Masalan, ko’l tabiatda suv bilan to’lgan berk tabiiy havza. 
O’zlashtirish ko’rsatkichi tabiatda, rasmda, kartada tashqi ko’rinishiga ko’ra ajratiladi. 
Qaysi ko’l oqar yoki oqmas ekanligi, kattaligi, chuqurligini ajrata oladi. Buni bilimni 
egallashning birinchi darajasi deb atash mumkin. 
II.- Darajada oquvchilar bu tushuncha mazmunini birmuncha keng hajmda 
egallaydilar. Masalan, ko’llarning kelib chiqishiga ko’ra turlari, ularning litosfera, 
atmosfera bilan bog’liqligi 
III- Darajada tushuncha mazmunini to’liq egallaydilar. Ular sabab-oqibat, genetik 
kelib chiqishdagi aloqadorlikni aniqlay oladilar. Masalan, Ural tog’lari-burmali va 
o’rtacha balandlikdagi tog’, yoki Baykal ko‘li-eng chuqur, tektonik ko’l.
Gidrosfera mavzusida okeanlar, dengizlar, ularning qismlari orollar, yarim orollar,
dengiz, qo’ltiq, bug’uz, okean suvlarining sho’rligi, dengiz to’lqinlari, suv qalqishi,
okean va dengizlar foydalanish muammolarini o’rganadilar. Darslikda gidrosfera 
mavzusiga oid eng muhim atamalarini va nomlarini kartalardan topishni o’rganadilar.
Yo’ginlar va ularning turlari, havodagi suv bug’i, mutloq va nisbiy namlik, bulutlar,
ularni turlari, yog’inlar kabi bilimlarni egallaydilar. Yerda issiqlikni taqsimlanishi, 
tropiklar qutb doiralari, issiqlik mintaqalari, 21-mart, 23-sentabr, 22-dekabr, 22-
iyunda yerning quyoshga nisbatan holati kabi bilimlarga ega bo’ladilar. 
O’quvchilar amaliy mashg’ulotlarda ushbu mavzuga oid asbob uskunalar, 
termometr, barometr, flyuger va bilan tanishadilar.
TABIAT KOMPLEKSLARINI O’RGANISH 
Tabiat kompleksi mavzusi yer qobiqlarini o’rganish bilan yakunlanadi. Yer 
qobiqlarining tarkibi, xususiyati, kattaligi xaqidagi ma`lumotlarga ega bo’lingach,
ular o’rtasidagi aloqadorlik qonuniyatlarini o’zlashtirish birmuncha oson bo’ladi.
Litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera orasidagi bog ’liqlik geografik qobiq 
mavjudligini vujudga kelishini o’quvchilar tushunib yetadilar.


Geografik qobiqning xilma-xilligining asosiy sababi joyning geografik o’rni 
ekanligi, rel`ef va iqlimning ham sezilarli ta`sir qilishi, TTK da bitta komponentning 
o’zgarshi boshqa komponentning ham o’zgarishiga sabab bo’lishi qonunlarini
o’quvchilar anglab yetishlari kerak. Bularni o’quvchilarga mahalliy materiallar 
misolida yetkazish maqsadga muvofiq
Amaliy mashg’ulotlar paytida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligi va kuzatuvida
uncha katta hududni egallamagan ikki-uchta tabiat kompleksiga tavsif yozishlari 
kerak. O’quvchilar bunday komplekslarni mustaqil o’rganishlari haqidagi bilimlarni 
oydinlashtiradi. O’quvchilar o’zlari yashab turgan joydagi ikkita tabiat kompleksni 
qiyoslovchi jadvalni tuldirishi bu tushunchaning mukammal shakllanishiga yordam 
beradi. 

Download 152,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish