E. M. Colocassides College of Tourism & Hotel Management, Doctor of Science in


Tasviriy san’at mahoratlarining bo’lajak tasviriy san’at



Download 32,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/402
Sana30.04.2022
Hajmi32,47 Mb.
#595351
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   402
Bog'liq
Science and Education Volume 2 Issue 12 (2)

Tasviriy san’at mahoratlarining bo’lajak tasviriy san’at 
o’qituvchisini kasbiy tayyorlashdagi ahamiyati 
 
Shoxidaxon Odiljonovna Botirova 
Namangan DU
 
Annotatsiya:
Maqola oliy ta’limda tasviriy san’at sohasida yuqori malakali 
pedagog kadrlar tayyorlashda tasvirlash texnikasi va mahoratlarini shakllantirishga 
qaratilgan. Shuningdek, unda qadimgi usta rassomlarning mashhur san’at asarlariga 
qarab nusha olish orqali malakalarini takomillashtirish haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Tasviriy san’at, metodika, tasvirlash texnikasi, texnik mahorat, 
akademik vazifa, kompozitsiya, chiziq, konstruksiya. 
The importance of fine arts skills in the professional training 
of a future fine arts teacher 
Shoxidahon Odiljonovna Botirova 
Namangan SU 
Abstract:
The article focuses on the formation of visual techniques and skills in 
the training of highly qualified teachers in the field of fine arts in higher education. It 
also talks about improving the skills of ancient masters by copying from popular 
works of art. 
Keywords:
Fine arts, methodology, visual techniques, technical skills, academic 
task, composition, line, construction. 
So‘nggi vaqtlarda uzluksiz ta’lim tizimida eng ko‘p muhokama qilinadigan 
muammolardan biri o‘qituvchining kasbiy kompetentlikligini takomillashtirishdir. 
Shu nuqtai nazardan bo‘lajak o‘qituvchi-rassomning kompetensiyalari eng dolzarb 
ahamiyat kasb etadi. L.L.Malinskaya, V.S.Kuzin, S.P.Lomov, B.M.Nemenskiy, 
N.N.Rostovsev, N.V.Sokolnikova va boshqa ko‘plab tadqiqotchilar va olim, 
professional-amaliyotchilar mazkur muammo borsida uzoq yillardan buyon ilmiy 
ishlar olib borganlar va olib bormoqdalar. Ular nafaqat umumiy pedagogik etuk 
mutaxassisni tarbiyalash, balki kasbiy faoliyatning bir qismi sifatida ijodiy o‘z-o‘zini 
ro‘yobga chiqarish uchun ham yuqori darajadagi tayyorgarlikning muhimligini 
ta’kidlaydilar.
Bo‘lajak rassom-o‘qituvchining ijodiy faoliyati nafaqat yuqori sifatli pedagogik 
ishlarni amalga oshirish, balki ularning o‘quvchilari bilan ma’naviy aloqalarni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
736


rivojlantirish uchun ham juda muhimdir. Demak, o‘z o‘qituvchisining ijodkorligini 
ko‘ra olish qobiliyatiga ega bo‘lgan sari o‘quvchilar uning ichki his-tuyg‘ulari va 
kechinmalari bilan aloqaga kirishadilar. Rassom-o‘qituvchining ijodi uning 
o‘quvchilari, hamkasblari va tashqi dunyo bilan muloqot qilish usulidir. 
Ma’lumki, tasviriy san’atning nazariy asoslarini puxta egallash talabaga 
tabiatdagi barcha shakllar tuzilishi xaqidagi qonuniyatlarini to‘g‘ri ko‘rish va 
tushunishga, ko‘rganini mahorat bilan to‘g‘ri tasvirlashga yordam beradi hamda 
bo‘lajak pedagogik faoliyatga puxta tayyorlaydi. Ammo kelajakda mahoratli rassom-
pedagog bo‘lish uchun bular hali yetarli emas. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, talaba 
naturadan rasm chizishning asosiy nazariy qonun-qoidalarini yaxshi tushunib eslab 
qolsada, lekin olgan nazariy va amaliy bilimlarini amalda qo‘llay olmaslik hollari 
uchrab turadi. Shuning uchun u nazariy bilimlardan tashqari tasviriy san’atda 
tasvirlay olish ijro va texnik mahoratiga ham ega bo‘lishi kerak. Texnik ko‘nikmalar 
rassomga xuddi umumta’lim maktabiga borgan yosh bolaning husniat yozishda 
harflarni bilishi kerak bo‘lgani kabi muhimdir.
Texnik mahoratlarni erkin va mohirlik bilan egallash talabaning ijodga to‘la 
berilishini, ijodiy qobiliyatlarni amalga oshirishni va yuqori malakali rassom-pedagog 
bo‘lish imkonini beradi. Tasvirlash mahorati va texnikani bo‘sh egallagan talaba 
o‘zini amaliy ish jarayonida erkin his eta olmaydi va natijada o‘z fikri, hissiyotlarini 
to‘la ifoda etib bera olmaydi. Qadimda rassomlar o‘z o‘quvchilari bilan birinchi bor 
tanishishda shogirdlarga vazifa sifatida usta rassomlar namunalaridan nusha 
bajarishni vazifa sifatida berganlar va unda asosiy e’tibor tasvirlash texnikasiga 
qaratilgan. Bularni Julen, A.T.Skino, V.V.Pukirev, A.K.Savrasov qo‘llanmalarida 
ko‘rish mumkin. Shuningdek, bunday ajoyib tarzda ishlangan san’at asarlarini biz 
Sharqning buyuk musavviri Kamoliddin Behzodning Xuroson podshosi Sulton 
Xusayn Boyqaro portretining oddiy chiziqlar texnikasi orqali naqadar tugal va nafis 
tarzda yaratilganligining guvohi bo‘lamiz.
 
Asar qahramonining portreti tana qism bilan ajoyib garmonik tarzda tuzilgan 
bo‘lib, u sharqona cho‘kka tushib o‘tiribdi. Uning naqshinkor shohona libosi 
o‘simliksimon naqshlar bilan bezatilgan. Bu esa ustoz Kamoliddin Behzodning 
tasviriy va amaliy bezak san’atida yuqori darajadagi musavvir bo‘lganligidan dalolat 
beradi. Asarda Yevropa maktablarida o‘rgatilajak perspektiva qonuni, yorug‘-soya 
munosabatlari kabi realistik san’at talablariga rioya qilinmagan bo‘lsada, oddiy lokal 
chiziqlar orqali qahramonning baland bo‘yli, qaddi-qomati kelishgan, nozik didli 
go‘zallikni hush ko‘radigan qiyofada tasvirlanganini ko‘ramiz. Bu esa sharqning 
betakror musavviri Kamoliddin Behzodning tasviriy san’atda yuqori texnika va 
mahoratga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Akademik mashg‘ulotlarda yosh pedagog-rasomning ijodiy faoliyatni 
rivojlantirish usullaridan biri yetuk rassomlar mahoratini va ijodiy jarayonini 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
737


o‘rganish mashg‘ulotlariga e’tibor qaratish hisoblanadi. Talabaga taniqli o‘zbek 
rassomlardan 
O’.Tansiqboyev, R.Axmedov, M.Nabiyev, G’.Abdurahmonov, 
Z.Inog‘omov, 
A.Mirzayev, 
B.Jalolov, 
J.Umarbekov, 
R.Xudoyberganov, 
A.Nuritdinov va boshqalar, chet ellik rassomlar: 
Leonardo da Vinchi, Salvador Dali, 
Anri Matiss, Pol Gogen, Klod Mone, Pablo Pikasso, Pol Sezann, 
V.Surikov, 
K.Bryullov, A.Ivanov, V.Shishkin 
va boshqalarning tasvirlashda 
qanday yuqori 
texnik mahoratga ega bo‘lganliklarini misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
Shuning uchun pedagog auditoriyada bajariladigan akademik vazifalardan 
tashqari uyga vazifa sifatida buyuk rassomlar ishlagan namunaviy asarlaridan nusha 
olish uchun mustaqil topshiriqlarni berib borishi kerak. Bu topshiriqlar talabaga 
obrazlarni yanada ifodaliroq tasvirlashga o‘rgatish bilan bir qatorda usta-rassomlar 
tasviriy vositalardan qanday mohirona foydalanganliklarini o‘rgatadi. Kasb jihatdan 
mahoratni egallamagan rassom mukammal badiiy obraz yarata olmaydi, demakki, 
qo‘yilgan masalani muvafaqqiyatli hal eta olmaydi.
Ko‘p hollarda bo‘lajak rassom-pedagogni kasbiy tayyorlashda tasvirlash 
texnikasi haqidagi muhim masala ba’zan esdan chiqarib qoldiriladi. Shuning uchun 
texnik ko‘nikmalar va mahoratning rivojalanishi ijodiy faoliyat hisoblanmaydi deb 
ta’kidlash - bu biror bir ilmiy asosga ega bo‘lmagan hato, yanglishishdir. Talabaning 
egallab borayotgan mutaxassislik mahorati nafaqat uning pedagogik, ta’lim jarayoni 
sifatini belgilaydi, balki uning ijodiy qobiliyatlarini namoyon bo‘lishiga yordam 
beradi. Qobiliyat har qanday buyuk shaxs iste’dodining asosini tashkil etadi.
Ko‘nikmalar - bu har qanday ijodiy ishning, shuningdek tasviriy faoliyatning 
asosidir. Ko‘nikmalar mashqlar bajarish jarayonida mustahkamlanib boradi. 
Mashqlar aniq ishlab chiqilgan va tartibga ega tizimiga asoslangan bo‘lishi kerak. 
To‘g‘ri bajarilgan mashqlar va ishlar bajarish usullarini egallab olish natijasida 
kerakli texnik ko‘nikmalarni egallab olish mumkin. Bu borada buyuk fransuz rassomi 
va me’mori Le Korbyuze shunday degan edi: “Tasvirlash jarayonida buyumlarning 
qanday dunyoga kelishini, ularning qanday rivojlanishini, o‘sishini, gullab-
yashnashini ko‘rasan. Bu borliqni kuzatish, avvalo, buyumlarning “ichki” dunyosini, 
so‘ngra “tashqarisini” o‘rganish natijasida amalga oshiriladi - buyumning haqiqiy 
go‘zalligini, avvalo, tashqarisiga e’tibor berib, so‘ngra tayexnik mahorat bilan 
tasvirlash jarayonida idrok etamiz. Tasvirlash - kuzatish, yaratish, ixtiro qilish 
demakdir”.
 
Har bir pedagogning rasm chizishga o‘qitish metodikasi va individual tizimi 
qanday bo‘lmasin, lekin talaba to‘g‘ri texnik tayyorgarlikka ega bo‘lsa, u har qanday 
pedagog-rassom rahbarligida saboq olmasin, kelgusida muvaffaqqiyatli rassom bo‘lib 
yetishib chiqadi va rivojlanib boradi. Lekin, pedagogning mahorati shunda 
belgilanadiki, u har bir talabaga uning tasvirlash texnikasiga mos ravishda ko‘rsatma 
berib, ta’lim tarbiya usullaridan keng foydalana olishi va talabaga to‘g‘ri ko‘rsatma 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
738


berishidadir. Tasvirlash mahorati - bu insonning ilgari olgan tajribasi asosida ma’lum 
usul va uslublarni qo‘llash bilan qandaydir bir shaklni haqqoniy bajara olish 
qobiliyatiga aytiladi. Badiiy ijodiy faoliyatda mahorat avvaldan olingan bilim va 
ko‘nikmalar asosida yuzaga keladi. Yoshlar bilan ishlashda ularning mahoratini asta-
sekinlik bilan rivojlantirish va takomillashtishni doimo yodda tutish kerak.
Boshlang‘ich kurslarda talabada dastlab mahorat juda bo‘sh ifodalanadi, 
keyinchalik esa to‘g‘ri ko‘nikmalar ishlab chiqish jarayonida ular mustahkamlanib 
boradi. Shuni ham alohida takidlash kerakki, tasviriy jarayonda xatolarga yo‘l 
qo‘yilganida ularni qanday bartaraf etish uchun, tasvirlashning “harakatlar namunasi” 
bo‘lishi kerak. Mahorat va ko‘nikmalar to‘g‘risda taniqli psixolog B.F.Lomov 
shunday deb yozadi: “Mahorat murakkab psixik jarayon asosida tashkil topadi. Biror-
bir faoliyat turiga tegishli ko‘nikmalar tizimi bilan birgalikda mashqlar bajarish 
jarayonida amalga oshiriladi. Bunga erishish uchun, odam faqatgina kerakli 
ko‘nikmalar hamda bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi kerak. «Mahorat bilan 
bajarilgan harakat” - bu har doim ham ishning muvaffaqiyatini belgilaydi. Tasviriy 
san’at borasidagi bilimlar tizimi (perspektiva qonuni, shakllarning nisbatlari, chiziqli 
konstruktiv tuzilish, yorug‘-soya munosabatlari, shakl plastikasi v.b.) ko‘nikmalar 
tizimi bilan birgalikda talabaning o‘z oldiga qo‘ygan masalalarni mustaqil yechishga 
tayyorligini belgilaydi [4].
Xulosa o‘rnida shularni qayd qilish mumkinki, talabaga rasm chizish ko‘nikma 
va mahoratini egallashiga yordam berish uchun unga qo‘lini, ko‘zini va aqlini mashq 
qildiruvchi maxsus topshiriqlar berish kerak. Bu mashqlar samarali bo‘lishi uchun 
quyidagilar talab etiladi: 
o
Talabaning har bir amaliy mashq bajarish jarayonida uning sifatini oshirishga 
intilishi.
o
Har gal yana yaxshiroq ishlashga harakati.
o
Natijalarni hisobga olish va har bir vazifada yo‘l qo‘ygan xatolari sabablarini 
tushunishi.
o
O’z-o‘zini nazorat qilishi. 
o
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlagan holda oddiydan murakkabga usulda asta-sekin 
murakkab vazifalarga o‘tib borishi.
o
O’z ishiga tanqidiy munosabatda bo‘lishi, atrofdagi tengdosh rassomlarning 
muvafaqiyatlarini tan ola bilishi, hamda ularga teglashishga harakat qilishi.
o
O’z guruhdoshlari orasida ijodiy jihatdan doimo sog‘lom raqobatdosh 
bo‘lishi.
Texnik usullarni o‘rganish asab tizimi va bosh miya faoliyati bilan uzviy 
bog‘liqdir. Rassom qo‘l harakatlarini ko‘p yillar davomida amaliy mashqlar bajarish 
jarayonida puxta tayyorlab boradi. 
 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
739



Download 32,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish