E. M. Colocassides College of Tourism & Hotel Management, Doctor of Science in



Download 32,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/402
Sana30.04.2022
Hajmi32,47 Mb.
#595351
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   402
Bog'liq
Science and Education Volume 2 Issue 12 (2)

Birinchidan,
tadbirkor tovar va xizmatlar 
ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va “katalizator” 
vazifasini bajaradi. 
Ikkinchidan,
biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul 
qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. 
Uchinchidan,
tadbirkor - tashkilotchi 
shaxs bo‘lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar 
ishlab chiqarishga intiladi. 
To‘rtinchidan,
tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U 
nafaqat o‘z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o‘z sheriklari, hissadorlari 
qo‘shgan mablag‘lar bilan ham tahlikaga boradi.
4
Bozor sharoitida tadbirkor o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil tanlaydi, belgilaydi, 
rejalashtiradi va uyushtiradi. Uning faoliyati boshqalar tomonidan, ayniqsa, 
yuqoridagi 
tashkilotlar 
tomonidan 
rejalashtirilmaydi. 
Tadbirkor 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko‘rsatilayotgan xizmatga bo‘lgan 
talablarni hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini o‘zi shaxsan belgilaydi. Bunday 
vazifani bekamu ko‘st amalga oshirish undan barcha holatda yuqori malakali 
qobiliyat va faol tashabbus ko‘rsatishni talab qiladi. 
“Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining 
negizini xilma xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarining huquqi 
ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, 
barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar 
muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va 
davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan xollarda va 
tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin”
5
- deb ko‘rsatilgan. SHunga ko‘ra 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, xo‘jalik sub’yektlari faoliyati 
qonun bilan himoya qilinadi.
Konstitutsiyada belgilab qo‘yganiga qaramay noqonuniy tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‘ullanayotgan shaxslar uchrab turibdi, hozirda ularni davlat ro‘yhatidan 
3
O’zbekiston Respublikasi Qonuni.Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida.
4
Макконнелл К., Брю С. Экономика. Принципы, проблемы и политика.- М.: Республика, 1992, с.38. 
5
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston,2014 y 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
516


o‘tkazish va qonuniy asosda mazkur faoliyat bilan shug‘ullanishini ta’minlashga 
qaratilgan sa’y-harakatlar, ya’ni profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. 
Korrupsiya barcha ijtimoiy institut va mexanizmlarning izchil faoliyat 
yuritishiga to‘sqinlik qiladi,fuqarolar xuquqlari,yerkinliklari va qonuniy manfaatlari 
buzilishiga olib keladi.Ayni chog‘da fuqarolarda demokratik institut va qadriyatlar 
adolatga bo‘lgan ishonchni susaytirib, amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan 
salbiy munosabat va davlat hokimiyatiga ishonchsizlik kayfiyati tug‘ilishiga sharoit 
yaratadi.SHunday ekan bunga panja orasidan qarash hech bir jihatdan o‘zini 
oqlamaydi. 
Bunday illatlarga barham berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun 
imzolandi. Bu qonunchilik tashabbusi dolzarb va chegara bilmas global muammoga 
qarshi qat’iylik bilan kurashish yo‘lida muhim qadamdir. Mohiyatiga ko‘ra unda 
fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy adolatga ishonchini 
mustahkamlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini demokratik 
mezonlarga mos holda takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha huquqiy kafolatlarni 
yaratish ko‘zda tutilgan. 
Umuman, bu yangiliklar tadbirkorlar, xususiy sektorda mehnat qilayotgan 
xodimlar huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytiradi, ya’ni sohaga davlat hamda 
nazorat organlari, mahalliy hokimliklar e’tiborini yanada oshirish orqali 
tadbirkorlikning jadal rivoji uchun mustahkam kafolat bo‘lib xizmat qiladi. 
Prezidentimizning 2017 yil 1 fevral kuni matbuotda e’lon qilingan “Tadbirkorlik 
sub’yektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bu boradagi islohotlarni yanada 
chuqurlashtirishga qaratilgani tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish tartib-taomillarini 
soddalashtirilib, ishbilarmonlarning erkin faoliyat ko‘rsatishlari uchun qo‘shimcha 
imtiyozlar berdi.
Mazkur qarorda 2018 yil 1 yanvardan boshlab “Yagona darcha” markazlari 
orqali taqdim etiladigan litsyenziya hamda ruxsatnomalarni qog‘oz shaklidagi 
maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilinishi ko‘zda tutilgan. 
Bu chora-tadbirlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida sansalorlik, byurokratik 
to‘siqlar va rasmiyatchilik holatlari vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka, zamonaviy 
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqari ularning sifati va 
samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 
Andijon viloyatida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror 
rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Viloyatdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining zamonaviy 
ishlab chiqarish sohalariga, xususan, avtomobilsozlik va avtomobillarga xizmat 
ko‘rsatish tarmog‘iga keng jalb etilayotgani, umuman, zamonaviy servis sohasini 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
517


rivojlantirishga katta e’tibor berilayotgani aholini ish bilan ta’minlashda, odamlarning 
daromadini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Aholi daromadlarining asosiy qismi, 
ya’ni 54 foizga yaqini tadbirkorlik hisobidan izchil oshib borayotgani buning yaqqol 
misolidir.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, yoshlarining tadbirkorlik faoliyatini 
faollashtirishda quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak : 
-
birinchidan, yoshlarni tarbiyalash jarayonida ularda axloqiy va mehnat 
ta’limini tadbirkorlik bilan bog‘lashga o‘rgatish zarur;
-
ikkinchidan, yoshlarning tabiati ham uning ma’naviy-axloqiy yuksalish 
darajasini ko‘rsatadi. Iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik bevosita kishilar ehtiyojiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsning rivojlanishiga intilishi tadbirkorlikda ijobiy 
o‘zgarishlarga olib keladi. Iqtisodiy holatning qay darajada rivojlanganligi 
tadbirkorlar tashabbuslariga ham bog‘liq bo‘ladi;
-
uchinchidan, iqtisodiy tarbiya bevosita mehnat tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lib 
yoshlarda iqtisodiy bilimlar asosida tadbirkorlik madaniyati yuzaga keladi. Aholi 
tarkibida tadbirkor yoshlarning ko‘payishi jamiyat rivojini va iqtisodiy taraqqiyotni 
nihoyatda kuchaytiradi. 
Yoshlarimizning Vatan ravnaqi, yurt farovonligi uchun amalga oshirayotgan 
ezgu ishlari,har bir inson, u qaysi shakldagi mulkchilik asosida mehnat faoliyati bilan 
shug‘ullanishidan qat’iy nazar, shaxsiy manfaatlarini xalq va Vatan manfaati bilan 
o‘zaro uyg‘unlashtirib yashashga undaydi.
Yuqoridagi mezonlar asosida esa pedagoglar bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatga 
tayyorlash jarayonini, barcha ta’lim-tarbiya ishlarini mustahkam aloqada, hozirgi 
zamon talablariga mos holda olib borishi taqozo etiladi. 
Shunday qilib, O‘zbekistonda yoshlarni kichik biznes, xususiy tadbirkorlik 
faoliyatiga keng jalb qilish va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid davlat 
siyosati samarali tarzda amalga oshirib kelinmoqda. 

Download 32,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish