Iqtisodiyot va turizm fakulteti Dekan I f. n., dots. D. Sh. Yavmutov



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana29.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#593603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
iqtisodiy osishni vaqtli qatorlar asosida prognozlash

 
 
 
 
 



 
 
 
 
 
KIRISH 



Mavzuning dolzarbligi
. Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha 
muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror 
rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi 
ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Shu sababli 
ushbu bob iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi 
ko’rsatkichlar, iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlarini bayon qilish 
bilan boshlanadi. Bob davomida iqtisodiy o’sishning omillari, milliy boylik va uning 
tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy o’sish borasida mavjud bo’lgan turli modеllar mazmunini 
yoritib bеrishga ham o’rin ajratiladi. 
Iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va pul-kredit 
siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning 
yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, barcha tarmoq va sohalarda tadbirkorlik uchun keng 
imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi. 
O‘tgan davrda taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, jahon miqyosida raqobat 
tobora kuchayib borayotgani mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada barqaror va jadal 
sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni 
ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. 
Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilish, iqtisodiy islohotlarni 
yanada 
chuqurlashtirish 
hamda 
mamlakat 
taraqqiyotini 
jadallashtirishning 
imkoniyatlari va aniq belgilangan maqsad yuqori natijalarga erishishning asosiy 
me’zoni bo‘lmoqda. 
Kelgusi vazifalarni belgilab olish maqsadida, jamoatchilik vakillari, davlat 
organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar 
olib borilishi, amaldagi qonun hujjatlari, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi 
o‘rganilishi natijasida 2017 yil 7 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmonda 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi tarkibiy 
qismlari aniq yoritilgan bo‘lib, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish 
deb nomlangan uchinchi ustuvor yo‘nalishda makroiqtisodiy barqarorlikni 



mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy 
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish hamda investitsiyaviy muhitni 
yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy 
sarmoyalarni faol jalb etish va boshqa iqtisodiy masalalarga e’tibor qaratilgan. 
Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish, aholi farovonligini 
oshirishning asosiy omili iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2018 yilning 28 
dekabridagi Oliy Majlisga Murojaatnomalarida 2019 yilda mamlakatimizni 
rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida to‘xtalib, makroiqtisodiy 
barqarorlik va iqtisodiy o‘sish muhim ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar: 
“Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 
ta’minlashimiz shart. O‘tish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni to‘g‘ri 
yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir. SHu orqali 
yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin”
1

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori 
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashda yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga 
erishish, uning vaqt ta’sirida o‘zgarishi, yalpi ichki mahsulotga yuqori ta’sir etuvchi 
omillar asosida regression va korrelyasion tahlillar o‘tkazish orqali ekonometrik 
model, yaqin kelajakda yalpi ichki mahsulot o‘zgarishi prognozini ishlab chiqishning 
muhimligi tadqiqot dolzarbligini asoslaydi. 
Bitiruv malakaviy ishida itisodiy o’sishning nazariy asoslari tadqiq qilingan 
bo’lib, O’zbekiston respublikasining so’nggi yillarda yalpi ichki mahsulotining 
o’zgarishi, uning tendensiyasi bo’yicha model tuzilgan.
Vaqtli qatorlar asosida model va prognoz ishlab chiqish prognozlashning 
muhim yo’nalishi bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonning vaqtga bog’liq o’zgarishi o’z 
aksini topadi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish