5-masala.
1. Bolada D gipovitaminozi - raxit mavjud.
2. MAT qo‘zg‘aluvchanIigining oshishi raxitga xos. Shuning uchun bemorda
tez achchiqlanish, yigiash, yomon uxlash kuzatiladi. Vegetativ asab tizimi
qo‘zg‘aluvchanligining oshishi tomirlar spazmi (teri qoplami oqargan), terlash,
ich ketish bilan kechadi. 0 ‘sishdan orqada qolish, suyaklar va tishlar
patologiyasi suyaklarda kalsiy miqdorining kamayishi bilan tushuntiriladi (D
vitamini suyaklar mineralizatsiyasini kuchaytiradi).
3. Bola davolash tavsiyalaridan tashqari, vitamin D ga boy ovqatlami (tuxum
sarig‘i, jigar, baliq, sariyog4) iste’mol qilishi zarur, quyosh nuri tushadigan, sof
havoli joylarda ko‘proq bo‘lishi kerak.
6-masala.
1 .Vitamin B, ketokislotalaraing (pirouzum, ketoglutar) dekarboksillanishi
uchun zarur, chunki u bu jarayonda ishtirok qiiuvchi koferment tarkibiga kiradi;
atsetilxolin sintezi va parchalanishi, pentoz siklining me’yoriy ishlashi uchun
zarur.
2. Asab tizimining buzilishi ketokislotalar, ayniqsa, pirouzum kislotaning
to‘planishi bilan bogiiq. Uning konsentratsiyasining 2-3 marta ko‘payishida
sezuvchanlikning buzilishi, nevritlar, falajlanish va b.lar rivojlanadi. Atsetilxolin
sintezining kamayishi asab impulslarining uzatilishini buzadi.
3. Odam uchun vitamin B, ning asosiy manbasi boiib dag(al maydalangan
undan tayyorlan-gan non va non mahsulotlari, dukkaklilar, jigar, yog‘siz cho'chqa
go‘shti hisoblanadi. Sabzavotlar va sutda vitamin B,kam boiadi.
7-masala.
1. Bemorda Pp gipovitaminozi (nikotin kislota yetishmovchiligi) mavjud.
2. Vitamin Pp tanqisligining asosiy belgilari - derm atit (term ing
jarohatlanishi), diariya (ich ketish), demensiya (asab tizimi funksiyasining
buzilishi).
8-masala.
1. Bola kasallangan kasallik kvashiorkor deyiladi.
2. Kasallik ovqatlanishning oqsil yetishmovchiligi natijasida og‘ir buzilishi
tufayli rivojlanadi. Juda kerakli bo lg an aminokislotalar tanqisligi uning
patogenezida asosiy rolni o‘ynaydi: hayotiy muhim oqsillar sintezi, o'sish, a’zo
va to'qimalar rivojlanishi buziladi.
17-mashg‘ulot
1-masala.
1. Sichqonda gipoksiyaning gistotoksik tipi rivojlangan.
2.2,4 - dinitrofenol hujayrada oksidlanishni fosforlanishdan ajratadi. Natijada
ATF sintezi buziladi. Qondagi energiya erkin issiqlik shaklida tarqaladi, biologik
oksidlanish effektivligi esa kamayadi.
2-masala.
1. Gemoglobin inaktivlanishi natijasida gipoksiyaning gemik tipi
rivojlangan.
2. Qonning «shokolad» rangi, unda metgemoglobin b o iis h i bilan
tushuntiriladi, u nafas funksiyasini bajara olmaydi.
3. Metgemoglobin molekulasida, gemoglobindan farqli ravishda, ikkivalentli
temir uchvalentli bilan almashgan, metgemoglobin kislorod bilan qaytar
reaksiyaga kirish xususiyatiga ega emas.
4. Askorbin kislota va glutation ishlatilishi mumkin, ular metgemoglobinni
qayta tiklaydi.
3-masala.
1. Ekspeditsiya ishtirokchilarida rivojlangan gipoksiyaning sababi, havoda
3000 m balandlikda kislorod parsial bosimining kamayishidan iborat.
Gipoksiyaning tipi - gipoksik (yoki ekzogen).
2. Hansirash, xemoretseptorlaming qonda kislorod parsial bosimining
pasayishiga nisbatan qitiqlanishiga javoban rivojlanadi.
3. Baland togli joylarda hansirashning og‘ir asorati gipokapniya hisoblanadi,
u giperventilatsiya natijasida rivojlanadi va alkalozga olib kelishi mumkin.
4.
Gipokapniyani muvaffaqiyatli davolash vositasi sifatida karbogen-
kislorodning (95 %) karbonat-angidrid gazi (5 %) aralashmasi bilan nafas olish,
shuningdek kislotali preparatlami yuborish tavsiya qilinadi.
4-masala.
1. Bu holda gipoksiya rivojlanishi asosida gemoglobin inaktivatsiyasi yotadi.
2. Gipoksiya tipi - gemik.
3. Qon gaz tarkibining o‘zgarishi gipoksemiya va giperkapniya rivojlanishi
bilan tavsiflanadi. Qonning kislorod sig‘imi kamayadi.
5-masaIa.
1. Bemorda, gipoksiyaning kichik qon aylanish doirasida qonning dimlanishi
bilan bog‘liq, sirkulator tipi rivojlangan.
2. Eritrotsitlar va gemoglobin miqdorining ko'payishi organizmning
gipoksiyaga kompensator reaksiyasi hisoblanadi va gemopoez kuchayishi bilan
bog‘liq.
3. Me’yorida gemoglobinning kislorodga to‘yinish darajasi 97 % ni tashkil
qiladi. Oksigemo-metriya ko‘rsatkichlarining kamayishi arterial qonning
kislorodga yetarli to‘yinmasligidan, ya’ni dekompensatsiyadan dalolat beradi.
6-masala.
M. oilasi a’zolari kasallanishining sababi - is gazi bilan zaharlanish.
Mexanizmi - gemik gipoksiyaning rivojlanishi. Gemoglobin is gaziga kislorodga
nisbatan 300 marta yaqinroq, gemoglobin inaktivatsiyasi yuzaga keladi, u kislorod
tashish xususiyatini yo‘qotadi. Kasallikda rivojlangan belgilar hayotiy muhim
a’zolaming, ayniqsa, markaziy asab tizimining gipoksiya natijasida buzilishidan
dalolat beradi.
18-mashg‘ulot
1-masala.
1. Bemorda chap ko‘krak sut bezining xavfli o‘smasi.
2. Shish, limfa oqib ketishining buzilishi natijasida hosil bo'ladi, chunki
qoitiq osti tugunlariga berilgan metastazlar limfatik tomirlami qisib qo‘yadi.
3. Organizmning ozib ketishi yoki rak kaxeksiyasi o‘smaning organizmga
tizimli ta’siri natijasida ro‘y beradi.
2-masala.
1. Bemor bosh terisi ostida xavfsiz о‘sma, ehtimol lipoma.
2. 0 ‘smaning o‘sishi ekspansiv, shuning uchun ham o‘midan qo‘zg‘aladigan,
atrofdagi to‘qimaIar bilan yopishgan emas va kapsulasi bor.
3-masala.
1. Teratoma bir necha tipdagi to‘qimaIardan tashkil topgan, rivojlangan a’zo
va anatomik sohalarga xos bo‘lmagan o‘smadir. Embrional davrda to‘qima
shakllanishining buzilishi natijasida hosil bo(ladi.
2. Kongeym disontogenetik nazariyasiga binoan xato embrional kurtaklardan
embrional hujayralar unga xos bo'lmagan joylarga tushadi, tug‘ilgandan keyin
juda tez o‘sma rivojlana boshlashiga sabab bo‘ladi.
4-masala.
1. Ichak polipozi obligat rak oldi hisoblanadi.
2. Shuning uchun malignizatsiya hosil boiishigacha o'smani olib tashlash
maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |