Science and education scientific journal


CHIQINDI SILIKAGELNI TARKIBI VA XOSSALARI



Download 19,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/231
Sana29.04.2022
Hajmi19,76 Mb.
#589711
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   231
Bog'liq
Science and Education Volume 1 Issue 9

CHIQINDI SILIKAGELNI TARKIBI VA XOSSALARI 
 
Abduvaxob Vohid o’g’li Jumayev
A’zam Anvarovich Alimov
aaanvarovich@gmail.com 
Lochin Ismatilloyevich Tilloyev
tilloyevl@mail.ru 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 
 
Annotasiya:
Ushbu maqolada gazkimyo sanoati majmuasi polietilen ishlab 
chiqarish 
jarayoni 
polimerlanish 
zonasida 
hosil 
bo’ladigan 
ketonlarni 
adsorbsiyalashda ishlatilib, bir necha marotaba qayta tiklanib yaroqsiz holga kelgan 
silikagelni tarkibi va xossalari o’rganilgan. 
Kalit so’zlar:
silikagel, chiqindi, polietilen, keton, adsorbsiya, polimerlanish.
 
 
COMPOSITION AND PROPERTIES OF WASTE SILICA GEL 
 
Abduvahob Jumaev 
Azam Alimov
aaanvarovich@gmail.com
Lochin Tilloev
tilloyevl@mail.ru 
Bukhara engineering technological institute 
 
Abstract: 
This article examines the composition and properties of silica gel, 
which has been used several times in the gas chemical industry to adsorb ketones 
formed in the polymerization zone of the polyethylene production process. 
Key words:
silica gel, waste, polyethylene, ketone, adsorption, polymerization. 
Dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik masalalardan 
biriga aylanib bormoqda. Tahlillarga ko’ra, so’nggi yillarda maishiy va sanoat 
chiqindilarining yildan-yilga ortayotgani yer yuzidagi ekologik barqarorlikka salbiy 
ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda chiqindilarning 900 ga 
yaqin turi qayd etilgan. Har yili dunyoda chiqindilar hajmi 3 foizga ko’paymoqda. 
Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga 
tatbiq etish muammolari bilan uzviy bog’liqdir. Ko’p asrlar davomida chiqindilarni 
noto’g’ri boshqarish tabiiy resurslar o’zgarishiga, tabiat hodisalarining buzilishiga 
sabab bo’lmoqda. Bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi va 
"Science and Education" Scientific Journal
December 2020 / Volume 1 Issue 9
www.openscience.uz
163


ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni 
ishlab chiqarish mumkin. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta 
ishlash mumkinligini ko’rsatmoqda. 
Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi 
salomatligini himoyalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik 
xavfsizlikni ta’minlashga yo’naltirilgan izchil ekologik siyosat yuritilmoqda. 
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha muhim huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-
iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
sohasidagi munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi 15 dan ziyod qonun, tabiiy 
resurslarning ayrim turlaridan foydalanish mexanizmlari va shartlari, shuningdek, 
davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish, turli toifadagi qo’riqlanadigan 
hududlarni tashkil qilish va ularda alohida foydalanish rejimini o’rnatish tartib-
taomillari va boshqa masalalarni belgilab bergan 30 dan ortiq normativ-huquqiy 
hujjat qabul qilingan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-
apreldagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi 
tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi farmoni hamda «2017-2021-yillarda maishiy 
chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori bu boradagi ishlar ko’lamini 
yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. 
Chiqindi silikagel haqida so’z yuritishdan oldin silikagel o’zi nima degan 
savolga javob bersak. Silikagel-kremniy ikki oksidning amorf va g’ovakli shakli, 
o’zgaruvchan kremniy va kislorod atomlarining nanometrli o’lchamdagi bo’shliqlari 
va teshiklari bilan o’zgaruvchan uch o’lchovli panjaradan iborat. G’ovaklarga suv 
yoki boshqa suyuqliklar, gaz yoki havo yutilishi mumkin.O’rtacha teshik hajmi 2,4 
nanometr bo’lgan kremniy gidrogel suv molekulalariga kuchli yaqinlikka ega va 
qurituvchi sifatida keng qo’llaniladi. Bu qattiq va shaffof, ammo silikat shishasi yoki 
kvartsga qaraganda ancha yumshoq, u suv bilan to’yinganda qattiq bo’lib qoladi. 
Kremniy gidrogel odatda bir necha millimetr diametrli granulalar ko’rinishida 
sotiladi. Ba’zi granulalar tarkibida oz miqdordagi indikator moddalar kiritiladi, ular 
suvni singdirganda rangini o’zgartiradi. Kremniy gidrogel granulalarini o’z ichiga 
olgan, odatda "to’yinmagan" degan ogohlantiruvchi kichik qog’oz konvertlarga 
solinib, oziq-ovqat mahsulotlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan 
namlikni yutish uchun quruq oziq-ovqat paketlariga kiritiladi. 
Silikagellarga 1640-yillarda ilmiy qiziqish paydo bo’la boshlandi. Birinchi jahon 
urushi vaqtida, gazdan himoya niqoblarida bug’ va gazlarni adsorbsiyalovchi sifatida 
ishlatilgan. Silikagel ishlab chiqarishning sintetik yo’li 1918 yilda Jons Xopkins 
"Science and Education" Scientific Journal
December 2020 / Volume 1 Issue 9
www.openscience.uz
164


universitetida kimyogar professor W.A. Patrik tomonidan patentlangan. Hozirgi 
kunda quydagi turdagi sintetik silikagellar ishlab chiqariladi. 

A turi – shaffof garanulasimon, teshik diametri 2,5 nm, quritish va namlikka 
chidamli xossalari uchun katalizator tashuvchisi va adsorbenlar sifatida ishlatiladi. 

B turi - shaffof oq granulali, teshiklarning diametri 4,5- 7,0 nm, suyuqliklarni 
yutuvchi adsorbentlar va katalizator tashuvchilari sifatida ishlatilishi mumkin. 

C turi - shaffof, mikro-g’ovakli tuzilishga ega, adsorbent va katalizator 
tashuvchisi sifatida ishlatiladi. 
Silikagelning yuqori o’ziga xos sirt maydoni (750-800 m
2
/g atrofida ) suvni tez 
adsorbsiyalaydi, bu esa uni qurituvchi sifatida foydalanish mumkinligini anglatadi. 
Silikagel ko’pincha namlikni «yutuvchi» deb ta’riflanadi. Silikagel moddadagi 
namlikni gelning asosiy qismiga 
singdirish
orqali emas, balki uning ko’p sonli 
g’ovaklari yuzasiga 
adsorbsiyalash
orqali yutadi. Suv bilan to’yinganidan so’ng, 
gelni 1-2 soat davomida 120 °C (250 °F) ga qadar qizdirib, qayta tiklash mumkin. 
Silikagelning ba’zi turlari suvga ko’p to’yinganda tuzilishi o’zgaradi. Bunga suv 
bilan aloqa qilishda kremniy panjaralari sinishi sabab bo’ladi. Silikagellar quydagicha 
tartibda ishlab chiqariladi: natriy silikatning suvli eritmasiga kislota bilan ishlov 
beriladi natijada silikagel cho’kmasi hosil bo’ladi, cho’kma yuviladi, so’ngra quritilib 
rangsiz silikagel hosil bo’ladi. Agar silikagelni namlikdan to’yinganligini ko’rsatish 
zarur bo’lsa, ammoniy tetraxlorokobaltat (NH
4
)
2
CoCl
4
yoki kobalt xlorid CoCl
2
qo’shiladi. Bu gel nam bilan to’yinganda pushti rangga, quriganida ko’k rangga ega 
bo’lishiga olib keladi. 
1-rasm. Ishlatilgan silikagel 
Biz fikir yuritmoqchi bo’lgan chiqindi silikagel, polietilen ishlab chiqarishda 
polimerlanish zonasida hosil bo’ladigan ketonlarni adsorbtsiyalashda ishlatiladi. 
Ishlash muddatini o’tab bo’lgan silikagel yangisiga almashtiriladi, qayta 
ishlatilmaydi. Hosil bo’ladigan silikagel chiqindisining miqdori bir yilda 50 tonnani 
tashkil qiladi (1-rasm, 1-jadval).
 
"Science and Education" Scientific Journal
December 2020 / Volume 1 Issue 9
www.openscience.uz
165


1-jadval 
Silikagelning texnik tasnifi 
№ Sifat ko’rsatkich nomi 
Ko’rsatkich qiymati 
1
Shakli 
shariksimon 
2
Granulaning massa ulushi, % mas. 
94 
3
O’lchami, mm (

)
2–5 
4
Uyilgan zichligi, kg/m
3
400 
5
Mexanik mustaxkamligi, % mass.
86 
6
Quritish paytida yo’qotishlarning massa ulushi, % mass. 5 
Ushbu chiqindi silikagelni qayta ishlash bo’yicha bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari 
olib borilgan, biroq ishlab chiqarishga joriy qilish mumkin bo’lgan effektiv natijaga 
hozircha erishilgani yo’q. Shunday ekan, ushbu chiqindining tarkibini o’rganish, 
qayta tiklash yoki ishlab chiqarishning boshqa sohalarida foydalanish yil sayin 
yig’ilib boradigan chiqindidan unumli foydalanish hamda uning atrof-muxit va 
tabiatga zararini kamaytirish kabi dolzarb muammolarni hal qilish mumkin bo’ladi. 

Download 19,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish