96
joylashtiriladi. Bu kartoteka bankda 1-kartoteka deb yuritiladi. Talabno-
maning ikkinchi nusxasi tovar-transport hujjatlari bilan birga keyingi ish
kunidan kechiktirilmasdan hujjatni akseptlash uchun qabul qilingan sana
ko„rsatilgan holda va to„lov to„g„risida ma‟lumot sifatida to„lovchiga
beriladi. Agar mijoz 10 kun ichida bankka tashrif buyurmasa va to„lov
talabnomasi kelganligi to„g„risida xabar topmasa, talabnoma ijrosiz mol
sotuvchi korxona bankiga qaytariladi.
Agar banklarda 1-kartotekaning hisobini yuritish dasturiy yo„l bi-
lan olib borilmasa, bunday talabnomalar qabul qilingan kuni “To„lov
uchun akseptlanishi kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”ni
hisobga olib
borish daftarida ikki nusxada quyidagi rekvizitlarni ko„rsatgan holda
bank tomonidan qayd etiladi:
– to„lov talabnomasining bankka kelib tushish sanasi va to„lov muddati;
– to„lovchining hisobvaraq nomeri;
– to„lovchining nomi;
– bank kodi;
– talabnomaning nomeri;
– to„lov maqsadi va summasi.
To„lov talabnomasini 1-kartotekaga joylashtirishda quyidagi ba-
lansdan tashqari provodka bajariladi:
Debet – 90962 “To„lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”
Kredit 96319 – “To„lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjat-
lari bo„yicha kontr. hisobvaraq”
Daftarda har bir to„lov muddati bo„yicha talabnoma summalari va
bu summalarning yig„indilari ko„rsatilgan bo„lishi lozim. 1-kartoteka-
ning hisobi dasturiy yo„l
bilan amalga oshirilsa, talabnoma bo„yicha
ko„rsatilgan rekvizitlar kompyuterga kiritiladi.
Yuqorida eslatib o„tganimizdek, to„lovchi to„lov talabnomasining
ikkinchi nusxasini olgandan keyin, uning to„g„ri rasmiylashtirilganligini,
shartnoma shartlariga to„g„ri kelish-kelmasligini tekshirib chiqadi.
To„lovchi belgilangan muddatda tovar moddiy qiymatliklarni jo„natish-
da, xizmatlar ko„rsatishda amaldagi qonuniy hujjat talablariga hamda
shartnoma shartlariga amal qilinmagan hollarda talabnomani qisman
yoki to„liq to„lashdan bosh tortishi mumkin.
Buning uchun bankka
yozma ravishda raddiya arizasi topshirilishi lozim. Agar belgilangan
muddatda bankka raddiya arizasi topshirilmasa, ya‟ni yozma ravishda
akseptlashni rad etmasa talabnoma akseptlangan hisoblanadi.
Aksept-
lashni rad etish huquqiga ega bo„lgan mansabdor shaxslar doirasini bank
97
bo„limi boshqaruvchisi belgilaydi. Banklar akseptlashni rad qilish mohiyati
bo„yicha kelib chiqqan bahs va nizolarga aralashmaydilar.
To„lov talabnomasini to„lashdan bosh tortib yozilgan raddiya
arizasi to„lovchi tomonidan bankka topshirilganda talabnomalar shu
kunning o„zidayoq 1-kartotekadan olinadi hamda tovar-transport hujjat-
lari va boshqa ilovalar bilan birga mahsulot yetkazib beruvchi korxona
bankiga ijrosiz qaytarib yuboriladi. To„lovchi
talabnomani akseptlash-
dan qisman bosh tortganda, to„lovchi tomonidan akseptlangan summa
bo„yicha to„lovlar o„tkaziladi. To„lovchi hisobvarag„ida talabnomaning
akseptlangan qismini to„lashga yetarli pul mablag„lari bo„lmaganda
talabnoma “Muddatda to„lanmagan hisob-kitob hujjatlari” kartotekasiga
joylashtiriladi. Bu kartoteka 2-kartoteka deb yuritiladi.
Bunda talab-
nomaning dastlabki summasi o„chiriladi va yonida to„lovchi akseptlagan
summa yozib qo„yiladi. Kartotekaga kirim qilingan summa to„lovchi
korxona hisobvarag„iga pul mablag„lari kelib tushgandan so„ng to„lanadi.
Agar 1-kartotekaga joylashtirilgan to„lov talabnomasi bo„yicha
to„lovchi tomonidan raddiya arizasi kelib tushmasa, to„lov talabnomasi
akseptlash uchun berilagn 3 kun muhlat o„tgandan so„ng to„lanadi. To„-
lov talabnomasini to„lashdan avval to„lovchi korxonaning depozit hisob-
varag„ini yurituvchi mas‟ul ijrochi talabnomani to„lash uchun yetarli pul
mablag„larining to„lovchi hisobvarag„ida mavjudligini tekshiradi. Agar
depozit hisobvarag„ida yetarli pul mablag„lari bo„lsa, talabanoma
to„lanadi. To„lov talabnomasini to„lash quyidagi buxgalteriya yozuvi or-
qali amalga oshiriladi:
Debet 20210 – “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab
qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag„i”
Kredit 10103 – “ Bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag„i”
Balans ichidagi hisobvaraqlar bo„yicha bajarilgan ushbu buxgalte-
riya yozuvlaridan avval balansdan tashqari ko„zda
tutilmagan holatlar
hisobvaraqlar bo„yicha buxgalteriya yozuvlari bajariladi, 1-kartotekadagi
to„lov talabnomasining o„zi kartotekadan olinadi va hisobdan chiqariladi:
Debet 96319 “To„lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari
bo„yicha kontr. hisobvaraq”
Kredit ............. “To„lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”
Do'stlaringiz bilan baham: