www.ziyouz.com kutubxonasi
68
Husayin Imom Xatib maktabini yetti sinfini yaxshi bitirdi.
Bir kun Fotimaxonim Xusayinni yoniga o‘tqizdi. Uning nima to‘g‘risidadir maxsus
gaplashmoqchi ekanligi yaqqol sezilib turardi. Odila va Samiha bog‘da edi.
— O’g‘lim, bugun sen bilan Odila va Samixa eshitishini istamaganim bir masalani
gaplashamiz.
— Gaplashaylik ona, marhamat.
Fotimaxonim dona-dona qilib so‘z boshladi:
— Bu yil o‘n to‘qqizga kirayapsan, o‘g‘lim. Bolaliging ortda qoldi. Endi azamat bir yigit
bo‘lding. Past-balandni o‘rganding, yaxshini yomondan ajratadigan bo‘lding. Endi bir
haqiqatni bilishingni istayman. Yillar davomida bu haqiqatni sendan, Odiladan va
Samihadan maxfiy tutdim, yashirib keldim. Menimcha, bunday qilinishida foyda bor edi.
Bugun esa bu haqqatning ochilishida foyda bor deb uylayman va shuning uchun ham
aytmoqchiman.
Husayin tashvishlanib tinglardi. Fotimaxonim davom etdi:
— Bundan ancha yillar avval bo‘lib o‘tgan ikki hrdisani eslaysanmi, yo‘qmi, bilmadim. Bir
kuni: Bir ayol menga yetimligimni, onamning oti Xayriya ekanligini aytdi», — deganding.
Undan ko‘zing mening ko‘zimga o‘xshamasligini eshitgan ekansan. O’sha kun otangdan
mening ikkinchn ismim Xayriya ekanini bilganding va masala hal bo‘lgandi. Bir gal:
«Samihaning ko‘zlari boshqacha, biznikiga o‘xshamaydi», — deganingda, men senga
otangning sochlarining bir qismi qora, bir qismi oqligini ko‘rsatgandim. Bularni
eslaysanmi?
— Biroz eslaganday bo‘lyapman, ona.
— Eslayolmasliging ham mumkin. Ammo bilishing lozim bo‘lgani shulki, o‘sha ayoldan
eshitganing, har qun holam deb haqqiga duo qilganing Xayriyaxonim sening va
Odilaning haqiqiy, o‘zingizningonalaringizdir. Vafot etganiga o‘n to‘rt yilga yaqin vaqt
o‘tdi. Men esa sizning o‘gay onangizman, bolam.
Xusayin g‘alati bo‘lib ketdi. Ko‘z o‘ngida yuz-ko‘zi o‘zinikiga o‘xshash ayol paydo
bo‘lganday bo‘ldi. Faqat boshlang‘ich maktabdagi snnfdoshi yetim Yilmaz xayolida undan
aniqroq gavdalandi. Demak, o‘zi ham unga o‘xshash. Lekin uning yetimligi bilan o‘zining
yetimligi orasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin? Farq esa yer bilan osmoncha.
Aytgani ikki bo‘lgani yo‘q. Yilmaz chekkan jafolar esa, eh-he... Nimasi o‘xshash buning?!
Uning onasidagi insoniylikdan uzoq fe’l bilan o‘z onasining farishtalarga yaqin sifatlari
orasida tog‘larcha masofa bor.
— Ona, hazillashmayapsizmi?
— Nega xazillashay, o‘g‘lim?!
— Ammo, bizning nimamiz yetimga o‘xshaydi? Samihaning nimasi o‘zingiznikiyu, bizning
qaerimiz o‘gay?! O’gay bo‘lsak shuncha vaqtdan beri bilinmasmidi?! Sizning
ismingizXayriya emasmi?
— Mening asosiy ismim Xayriya emas, o‘g‘lim. Bu uyga kelgach, onangni Xayriya ekanini
eshitsang, hayronu xafa bo‘lmagin deb o‘zimga Xayriya degan ikkinchi ismni oldim.
Sizning o‘gaylarday o‘smaganligingizga kelsak, otangga turmushga chiqishimning asosiy
sababi sizning yetimga o‘xshamasligingizni, yaxshi unib-ulg‘ayishingizni ta’minlash edi.
Yillar davomida sizni o‘z zurriyotim sifatida bag‘rimga bosish, sizga yetimliklaringizni
sezdirmaslik uchun ko‘limdan kelganini qildim. Agar o‘zim bexabar qusurlarim bo‘lsa,
Alloh kechirsin, sen ham menga buni anglashim uchun yordam ber, qo‘zichog‘im.
Husayinning qo‘zlari yoshlandi, Bu onaning o‘gay emas, o‘z onasi bo‘lishini shu qadar
istardiki...
— Endi nima bo‘ladi, ona? Bundan keyin biz o‘gay bo‘lamizmi?
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |