www.ziyouz.com kutubxonasi
40
* * *
Husayin bir run maktabdan qaytib papkasini uloqtirganday tashladi-da, ko‘chaga jo‘nadi.
Fotimaxonim ortidan chaqirdi:
—Husayin namozingni o‘qidingmi?
— Yo‘q, ona, kelib o‘qiyman.
— Bo‘lmaydi, hozir o‘qiysan. Husayin qocha boshladi.
— Qochsang, tutib olib kaltaklayman, Husayin, — deyishiga qaramasdan eshiqdan
chiqib, juftakni rostlab qoldi.
Husayin ikki oy avval namoz o‘qishni boshlagandi. Fotimaxonim kechalari yotarkan
ularga namoz suralarini o‘qitardi. Ora-sira yoniga o‘tqizib, namoz o‘qishni o‘rgatardi. Bir
kun Fotimaxonim Husayin uchun ham bir joynamoz to‘shadi. Husayin onasi barobar
yotib-tura boshladi. Keyinroq har kim o‘z-o‘zicha o‘qib ketdi.
Bugun maktabdan qaytayotib, do‘stlari bilan o‘ynamoqqa kelishgan edilar. So‘zining
ustidan chiqish uchun onasiga quloq solmay qochib qoldi.
Oradan o‘ndaqiqacha o‘tib, eshik taqilladi. Fotimaxonim eshikni ochdi-yu, xushi boshidan
uchdi. Rangi bo‘zday oqardi. Ikki o‘rtog‘i Husayinning ko‘ltig‘idan suyab turardi.
Boshidan oqqan qon yuz-ko‘zini qizil rangga bo‘yagan. Do‘stlari nima deganini hatto
eshitmadi. Yarasini artdi, tozaladi, malham surdi va bog‘lab, Husayinni yotqizdi. Ko‘p
qon ketganidan va qo‘rquvdan Husayinning yuzi sarg‘ayib qolgandi. Yoniga o‘tirib
sochlarini mexr bilan silab tuzatayotgan Fotimaxonimga qaradi.
— Sizga quloq solmaganimdan bo‘lmadimi bu, ona?! Kechirasizmi?
— Kechirdim, o‘g‘lim. Lekin boshqa bunday qilma. Kechasi Husayin isitmaladi. Ba’zan
ko‘zi ochiq alahsiraydi. Fotimaxonim tunni uning yonida o‘tkazdi. Bir narsa kerak bo‘lsa,
so‘rashini tayinladi. Ko‘zi ilingan ekan, Husayin g‘udrandi:
— Ona, suv...
Fotimaxonim uyg‘ondi, turib suv keltirdi. Husayin uxlab qolgandi.
— Husayin, Husayin... Suv so‘rovding, o‘g‘lim. Husayin suv ichdn. Fotimaxonim
to‘shagiga keldi. Uxlamoqchi bo‘ldi .
— Ona!
Turdi. Tungi chiroq nurida Husayinni aniq ko‘rib turardi. Uyg‘oq emasdi. Demak,
alaxsiramoqda. Yana o‘rniga yotdi.
U kechani qanday o‘tkazdi, qancha uxladi, qancha uxlamadi bilmaydi. Tongda
ko‘zlaridagi mudroq, boshidagi og‘irlikdan hech uxlamaganday holda ekanini his etdi.
Yotib-turaverish holdan toydirgandi.
Husayinning issig‘i tongga yaqin biroz tushib, uxlab qoldi.Tushga yaqin uyg‘onib, yonida
onasi o‘tirganini ko‘rdi.
— Ona, soat nechchi bo‘ldi?
-O’n bir bo‘lyapti, o‘g‘lim.
— Vaqt o‘tibdi... maktabga bormaymanmi?
— Vugun yot, ertaga borasan.o‘g‘lim. Otang maktabga uchrab xastaligingni
aytmoqchiydi.
— O’qituvchim xafa bo‘lsachi?
— Kasalligingni eshitsa, nega xafa bo‘ladi, o‘g‘lim? Ammo onasining aytganini qilmagani
uchun tobi qochibdi deb eshitsa, albatta, xafa bo‘ladi. Inshoolloh, ertagacha tuzalib
ketasan.
Fotimaxonim Husayinga dars tayyorlashda yordam berishdan charchamasdi. O’zining
ham ancha-muncha yumushlari bor edi. Shu orada namozlarini o‘qir, so‘ng xayotida
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |