www.ziyouz.com kutubxonasi
29
Fotimaxonim bolalarning bu ishlaridan xafa bo‘lmasdi deyish noto‘g‘ri bo‘lardi. U ham
oddiy inson-bandai ojiza, uning ham xush, noxush paytlari, yaxshilikdan suyunib,
yomonlikdan kuyunishlari bor. Faqat bola larning bu qilmishlaridan xafa bo‘lish boshqa,
bu xafachilik tufayli yaxshi yoki yomon harakatda bo‘lish, sab etish yoki sabr etmaslik
yana bir boshqa gapdir. Insonlik mezoni xafa bo‘ladigan, qayg‘uli xodisalar oldida g‘am
chekib-chekmaslik emas, bu hodisalarni sabr va matonat bilan qarshilash va afv etishdir.
Fotimaxonim jajji go‘daklardan yetuk nnsonlardek harakatlarni kutish nojoiz ekanligini
yaxshi anglaydi. Shu sababda ularning noxush qilmishlaridan xafa bo‘lsada, yomon so‘z
aytmoqdan o‘zini tiya olardi. Albatta, bolalar bunda ishlarni atay qilmaydilar. Ya’ni
Fotimaxonimga aziyat beraylik deb qilmaydilar. Qolaversa, Fotimaxonim bu uyga ularni
urmoq, qarg‘amoq, ko‘ngillarini qoldirmoq uchun kelmadiku... Ularning yaralariga
malham ko‘yish niyati bilan keldiku. Bunda Alloh rizoligi mavjudligidan umid qildi.
Ikki kecha avval o‘tgan voqea Fotimaxonimning bu xususdagi fikrini ochiqroq ko‘rsatadi.
Dasturxon atrofida o‘tirisharkan, Odilbek Odilaga peshband tutishni buyurdi, qizaloq
akslik qilib, solmadi, ikkinchi qoshiqni olayotganda ovqat ust-boshiga to‘kildi, Odnlbek
asabiylashib, ikki shapaloq urdi.Qizaloq chinqira boshladi. Fotimaxonim yemaqdan
chekinadi.
— Ovqatingizni yemaysizmi, Fotimaxon?!
— Yemayman.
Birozdan so‘ng Fotimaxonim turib, dahlizga chiqdi. Orqasidan Odilbek ham chikdi:
— Nega ovqatingizni yemadingiz, Fotimaxon?
— Nega bolani urdingiz? U bilib, xohlab to‘kdimi?
— Men unga aytdim, peshband tutmadi.
— Bolalik degani shunday bo‘lmaydimi? Yigirma yoshli qizdan kutish kerak bo‘lgan
narsalarni kutmaysizku shu go‘dakdan. Bola bo‘lmaganmisiz, bolaligingizni
unutdingizmi? Hammaning bolasi shunday,hamma bolalar shunday qilishadi. Men ursam,
siz meni qaytarish o‘rniga, teskarisi bo‘lyapti, bunday keyin siz o‘gay ota bo‘lasiz, men
o‘z onasi...
— Fotimaxon, hammasi sizning ziyoningizga. Endi uni artib-yuvadigan siz emasmi?
— Albatta, men.
— Joningizni bunchalik qiynab, sizga nima zarur?
— Achinishga mendan ko‘ra bolalar ko‘proq muhtoj. Yer yuzida bularga achinadigan,
qaraydigan bir siz va men. Buni yolg‘izz menga tashlab qo‘yasizmi? Bunga Alloh rozi
bo‘ladimi? Modomiki, kirlarini yuvadigan men ekanman, sabrim tugaguncha siz ham
sabr qilasiz. Yaxshi bo‘lib ketadi. Tarbiyamizga Alloh yordam beradi. Men bunga
ishonaman. Endi borib uning ko‘nglini oling, shunday qilsangiz men ham ovqatlanaman.
Boring.
Odilbekning boshi egildi:
— Fotimaxon, meni uyaltirdingiz, — deya ichkariladi.
* * *
Kelganlarga mavlud ta’siri katta bo‘ldi. Mamnun ketdilar. Bundan so‘ng Fotimaxonim
to‘g‘risida nari-beri so‘zlaydiganlar topilsada, bolalarga yetimligini eslatishga o‘xshagan
hodisalar nihoyasiga yetdi.
Mavlud o‘qitilgan kechasi edi. Fotimaxonim tun yarmida uyg‘ondi. Soat bir yarimni
ko‘rsatmoqda. Boqqa chikdi. Osmonni bulut qoplagandi. Shamol esar, shamolda
daraxtlarning shoxlari chayqalar va yengilgina fig‘on qilib ko‘yardi. Bu manzara kunduz
kunlari xis etish qiyin bo‘lgan tuyg‘ularni ko‘zg‘ardi. Butalar orasidagi qochirgan ovi
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |