www.ziyouz.com kutubxonasi
24
Yomon gapirdimmi? Aytganingni ikki qildimmi, ko‘zichog‘im? Onang bo‘lmasam
shunday
qilarmidim? Menga ona deganingda, bor onangni top, men sening onang emasman
demasmidim? Meni xafa qilding, ko‘nglimni vayron qilding. Ket, qarshimda turma.
Qachon kelib ko‘limni o‘psang, shundagina yarashaman.
Fotimaxonim shularni aytib boqqa chiqib ketdi.Bolaga bularni gapirgan xotinga nisbatan
ichidan bir g‘azab ko‘zg‘alib kelardi. Agar yomonlikka odatlangan bo‘ls edi, hech qursa u
xotinning ortidan yomon so‘zlar aytardi. Lekin uning tili yomon so‘zga aylanmaydi.
Fotimaxonning irodasi xislaridan g‘olib keldi, u xotinni duoibad etmakdan tiyilib,
yetimlarini yaxshilik yo‘lida duo qilishga kirishdi: «Yo Rabbiy, go‘daklarim holini O’zing
isloh et, ularga nisbatan ko‘nglimni marhamat bilan to‘ldir, bubolalarni o‘z onasi kabi
ulg‘aytirishim uchun Senga sig‘inaman!» Ko‘nglidan chiqqan duolari yuksak maqomlarga
ko‘tarila boshladi. Ko‘zlari ravshanlashdi.
Oradan yarim soatcha vaqt o‘tdi. Bu orada Husayin ichkarida nima qildi yoki
Fotimaxonimning o‘zi qay daraja iztirob cheqdi, bilish qiyin. Insonning ichida kechadigan
shunday tuyg‘ular borki, ta’rifiga til ojiz,tariflash sanoqli kishilargagina nasib etgan.
Husayin tashqariga chiqdi. Fotimaxonimga yaqinlashdi va uch odimcha berida to‘xtadi.
Qo‘llari shimining cho‘nchagida. Harakatlaridan biroz ulg‘ayganday tuyulardi.Bir muddat
Fotimaxonimga qarab turdi. Fotimaxonim boshini ko‘tarmas va unga boqmasdi. Bir pas
o‘tgach, so‘radi:
— Mendan xafamisiz?
Ona demasdi. Fotimaxonim javob bermadi. Husayn bir-ikki lahza kutgach, takror
so‘radi:
— Xafamisiz, mendan ranjidingizmi? Fotimaxonim boshini ko‘tardi. Ko‘zlari nam edi.
— Yig‘layapsizmi?
Hanuz ona demasdi. Fotimaxonim boshini yana egdiyu Husayin yaqinlashdi. U ham
yig‘laguday edi. Insonga xos xususiyatlardan biri shu: yoshli ko‘zlarga boqqanda ko‘zlari
yoshlanadi. Qo‘lini Fotimaxonimning boshiga qo‘yli.
— Nega yig‘layapsiz?
Ona demaslikka qattiq harakat qilardi.
— Men sening onang emasman. Nega suykanasan menga? Qoch,yaqinlashma. So‘ng
qo‘zlarini artib, uni yengilgina itardi:
— Ket yonimlan.
— Ketmayman. Yarashing men bilan.
Ovozi hozir yig‘lab yuborishidan xabar berardi.
— Yarashmayman.
Yoshli ko‘zlar bir-biriga bir pas qaradi. Fotimaxonim qo‘lini Husayinga uzatdi, Husayin
tutdi, o‘pdi va peshoasiga qo‘ydi.
— Onam de.
— Onam.
— Jonim onam de.
— Jonimonam.
— Yagona onam de.
— Yagona onam!
— Onangni kuchoqla, qani, ko‘rayin. Husayin quchoqladi, o‘pdi. Fotimaxonim ham uni
bag‘iga bosdi:
— Yana shunday ish qilsang ko‘rasan, seni Qanday savalayman. So‘ng uni qo‘llaridan
ushlab, qarshisiga turg‘azdi:
— Gapir, yana shunday haqsizlik qilib, meni ranjitasanmi?
— Yo‘q, ona.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |